Toshkent kimyo-texnologiya instituti analitik, fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi


Download 1.46 Mb.
bet12/26
Sana27.02.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1234682
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
Барно методичка янги 2022 йил

III- GURUH KATIONLARI ARALASHMASINING TAHLILI.


Ishning maqsadi: III- guruh kationlari aralashmasining tahlilini o`rganish.
1. Fe+2 kationini aniqlash.
2-3 tomchi nazorat (kontrol) aralashma ustiga 3-4 tomchiK3[Fe(CN)6] eritmasidan qo`shiladi. To`q ko`k rangli cho`kma (“Turnbul ko`ki”)ning hosil bo`lishi Fe+2 kationi borligini bildiradi.
2. Fe+3 kationini aniqlash.
2-3 tomchi nazorat aralashma ustiga 3-4 tomchiK4[Fe(CN)6] eritmasidan qo`shiladi. To`q zangori cho`kma (“Berlin lazuri”)ning hosil bo`lishi Fe+3 kationi borligini bildiradi.


3. Ni+2 kationini aniqlash.
2-3 tomchi nazorat aralashma ustiga 1-2 tomchi NH4OH dan va 3-4 tomchi dimetilglioksim eritmasidan qo`shiladi. Lola-pushti rangli cho`kma hosil bo`lsa, Ni+2 kationi bor bo`ladi.
Agar kontrol aralashmada Fe+2 kationi bo`lsa, u ham dimetilglioksim bilan shusharoitda reaksiyaga kirishib, qizil rangli cho`kma hosil qiladi va Ni+2 kationini aniqlashga halaqit beradi. Bunday holda reaksiya filtr qog’ozida bajariladi.
Filtr qog’ozining o`rtasiga 1 tomchi ammoniyli bufer aralashma, 1 tomchi Na2HPO4va 1 tomchi nazorat aralashmadan tomiziladi.
Har bir tomchi tomizilganda tomchini filtrga shimilishi kutiladi va filtr qo`lda gorizontal holda ushlab turiladi, chunki bu sharoitda Fe+2 kationlari natriy gidrofosfat bilan cho`kma hosil qilib, filtrning markazida qoladi, nikel (II) kationi esa filtrda hosil bulgan halqaning chetiga shimiladi. Sungra nikelning qoldiqlarini filtrdagi halqaga yuvib tushirish uchun 1 tomchi suv tomiziladi. Dimetilglioksim kappiliar naycha (yoki pipetka) bilan hosil bo`lgan nam halqaning ichki tomoni atrofi bo`yicha tomiziladi. Agar nikel kationi bor bo`lsa, qizil halqa hosil bo`ladi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling