Ba+2 kationini aniqlash.
Sentrifuga qilinadigan (yoki kichkina) probirkaga 2-3 tomchi eritma № 2 dan solinadi va ustiga 2 tomchi CH3COONa va 3-4 tomchi K2Cr2O7 dan qo`shiladi. Sariq cho`kmaning hosil bo`lishi aralashmada Ba+2 kationi borligini bildiradi.
Ba+2 kationini yo’qotish va Ca+2 kationini aniqlash.
Agar BaCrO4 tarkibli sariq cho`kma tushsa, uni sentrifugalab, cho`kma ustidagi eritmani boshqa probirkaga ajratib olib, ustiga 3-4 tomchi (NH4)2C2O4 dan qo`shiladi. Agar oq cho`kma hosil bo`lsa, Ca+2 kationi bor bo`ladi.
Mg+2 kationini aniqlash.
Buning uchun probirkaga 2-3 tomchi eritma № 1 (I- guruh kationalari eritmasi)dan solib ustiga 2 tomchi ammoniyli bufer aralashma va 3-4 tomchi Na2HPO4 eritmasidan qo`shiladi. Agar oq kristall cho`kma tushsa Mg+2 borligini bildiradi.
NH4+ kationini yo`qotish va K+ kationini aniqlash.
Sentrifuga qilinadigan (yoki kichkina) probirkaga 2-3 tomchi eritma № 1 dan solinadi va ustiga 1 tomchi indikator fenolftalein, 5 tomchi formalin eritmasidan va tomchilab, eritmaning rangi och pushti bo`lguncha Na2CO3 eritmasidan qo`shiladi. So`ngra rangsizlanguncha sirka kislotasidan tomchilatib qo`shamiz. Agar loyqalanish bo`lsa, aralashma sentrifugalanadi, tiniq eritma boshqa probirkaga quyib olinib, ustiga 3-4 tomchiNa3[Co(NO2)6] eritmasidan qo`shiladi. Agar sariq cho`kma hosil bo`lsa, K+ kationi borligini bildiradi.
Savollar
Guruxreagentinima
I-IIguruxkationlariniajratishsharoitlar
Birin –ketinvasestematikanaliz
4- laboratoriya ishi
Do'stlaringiz bilan baham: |