QURUQ TUZNI (NOMA’LUM TARKIBLI ) TAHLIL QILISH VA ISH YUZASIDAN HISOBOT YOZISH
Ishning maqsadi : Noma’lum aralashmaning tarkibiy qismini aniqlash
Quruq tuzni eritish
Berilgan quruq tuzni bir qismini probirkaga solib, ustiga probirkani to`rtdan bir qismiga suv qo`shib yaxshilab silkitiladi.Agar tuz suvda erimasa, avval sirka keyinchalik esa nitrat kislotada eritiladi.
III. Kationlar analizi
III guruh kationlariga Fe+2, Fe+3, Ni+2, Co+2, Mn+2, alyuminiy guruhining kationlari va boshqa kam tarqalgan elementlar kationlari kiradi. Ularning guruh reagenti (NH4)2S.
1. Fe+2 kationini ochish
2-3 tomchi kontrol aralashma ustiga 3-4 tomchiK3[Fe(CN)6] eritmasidan qo`shiladi. To`q ko`k rangli cho`kma (“Turnbul ko`ki”)ning hosil bo`lishi Fe+2 kationi borligini bildiradi.
2. Fe+3 kationini ochish
2-3 tomchi kontrol aralashma ustiga 3-4 tomchiK4[Fe(CN)6] eritmasidan qo`shiladi. To`q zangori cho`kma (“Berlin lazuri”)ning hosil bo`lishi Fe+3 kationi borligini bildiradi.
3. Ni+2 kationini ochish
2-3 tomchi kontrol aralashma ustiga 1-2 tomchi NH4OH dan va 3-4 tomchi dimetilglioksim eritmasidan qo`shiladi. Lola-pushti rangli cho`kma hosil bo`lishi, Ni+2 kationi borligini bildiradi.
4. Co+2 kationini ochish.
2-3 tomchi kontrol aralashma ustiga 1 shpatel NaNO2 quruq tuzidan, 2-3 tomchi KCl eritmasidan va 1-2 tomchi CH3COOH qo`shiladi. Sariq cho`kmaning hosil bo`lishi Co+2 kationi borligini bildiradi.
5. Mn+2 kationini ochish
2-3 tomchi kontrol aralashma ustiga 3-4 tomchi 6N HNO3va 3-4 tomchi suv qo`shiladi. So`ngra aralashma ustiga 1 shpatel quruq NaBiO3 quruq tuzidan solinadi. Agar hosil bo’lgan cho`kma ustida binafsha-qizil eritma hosil bo`lsa, Mn+2 kationi borligini bildiradi.
II guruh kationlariga Ba+2, Ca+2, Sr+2va boshqa kationlar kiradi. II guruh kationlarining sulfatlari, fosfatlari, oksalatlari va karbonatlari suvda qiyin eriydi. II guruh kationlarining guruh reagenti (ummiy cho`ktiruvchisi) ammoniyli bufer aralashma ishtirokida (NH4)2CO3 bo`lib, guruh kationlarini CaCO3, BaCO3 va SrCO3shaklida cho`ktiradi (pH = 9,2).
Do'stlaringiz bilan baham: |