Toshkent kimyo-texnologiya instituti analitik, fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi


Download 1.46 Mb.
bet16/26
Sana27.02.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1234682
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Bog'liq
Барно методичка янги 2022 йил

7 - laboratoriya ishi


I, II va III- GURUH ANIONLARI NOMA’LUM ARALASHMASINING TAHLILINI AMALDA BAJARISH VA ISH YUZASIDAN HISOBOT YOZISH


Ishning maqsadi: I, II va III- guruh anionlari aralashmasini tahlil qilishni o`rganish.
1. I- guruh anionlarini aniqlash.
2-3 tomchi nazorat aralashma ustiga I- guruh anionlarining guruh reagenti BaCl2 eritmasidan 2-3 tomchi qo`shiladi. Agar oq cho`kma hosil bo`lsa, demak I- guruh anionlari bor bo`ladi.
Hosil bo`lgan cho`kmaning bir qismiga 3-4 tomchi sirka kislotasi qo`shiladi. Agar cho`kma gaz ajralishi bilan erisa, demak, CO32- anionlari bor bo`ladi. Agar cho`kma kuchsiz kislotada erimasa, CO32- anioni nazorat aralashmada yo`q ekan degan hulosaga kelamiz.
Cho`kmaning qolgan qismiga 2-3 tomchi nitrat kislota qo`shiladi. Agar cho`kma erisa, gidrofosfat (HPO42–) anionlari bor bo`ladi. Agar cho`kma kuchsiz va kuchli kislotalarda erimasa, u holda SO42- anioni bor bo`ladi.
2. II- guruh anionlarini aniqlash
2-3 tomchi nazorat aralashma ustiga II- guruh anionlarining guruh reagenti AgNO3 eritmasidan 2-3 tomchi qo`shiladi. Agar cho`kma hosil bo`lsa, demak II- guruh anionlari bor bo`ladi. Cho`kma ustiga 3-4 tomchi ammoniy gidroksid eritmasidan qo`shiladi. Agar cho`kma to`liq erisa, aralashmada xlor ionlari bor bo`ladi, cho`kma ustidagi eritmani boshqa probirkaga quyib olib ustiga 2-3 tomchi nitrat kislota qo`shiladi. Agar oq cho`kma qaytadan hosil bo`lsa, demak xlor ionlari bor bo`ladi.
Yod ionlarini aniqlash uchun 2-3 tomchi nazorat aralashma eritmasi ustiga 2-3 tomchiPb(NO3)2 eritmasidan qo`shiladi. Agar tilla sariq rangli cho`kma hosil bo`lsa, yod ionlari bor bo`ladi.


3. III- guruh anionlarini aniqlash
Nitrat va asetat ionlarining borligi yuqorida ko`rsatilgan reaksiyalar bo`yicha aniqlanadi, ya’ni nitrat ioni temir (II)- sulfat quruq tuzi va kontsentrlangan sulfat kislota ishtirokida, atsetat ioni esa, temir (III)- xlorid eritmasi ta`siri bilan aniqlanadi.


Savollar

  1. Uchguruxanoionlariniaralashmasininganalizi.

  2. Tuzlargidrolizi, mislollarvagidrolizninganalizdaqо‘llanilishi.

  3. Oksidlanish- qaytarishreaksiyalarninganalizdaaxamiyati.



8- laboratoriya ishi

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling