7-Mavzu: I, II, III,guruh anionlarini biologik ahamiyati. Nitrat anionini aniqlash reaksiyasi.
Reja:
Dastlabki sinovlar.
. Ayrim anionlarni topish.
Quruq modda tarkibidagi anionlarni topish
Ishqoriy metallarning tuzlaridan tashkil topgan, tekshirilayotgan eritmadan 30-tomchi (1,5 ml) olib, analiz qilinadi. Eritmaning qolgan qismi tekshirishning oxirigacha va ish natijalarini topshirguncha saqlanadi.
I. Dastlabki sinovlar: Eritmani muhiti universal indikator qog`ozi bilan o’lchab ko’riladi.
1. Birinchi guruh anionlari borligini tekshirish
Eritmaning muhiti kislotali bo’lsa, bu Ba(OH)2 eritmasi bilan neytrallanib, p=7-9 ga yetkaziladi. Neytral yoki kuchsiz ishqoriy eritmadan 4-5 tomchi olib, shuncha hajmda bariy xlorid eritmasi qo’shiladi. Cho’kma hosil bo’lishi birinchi guruh anionlari borligini ko’rsatadi. Bunday holda birinchi guruhning har bir anioni uchun xususiy reaksiyalar qilib ko’riladi.
2. Ikkinchi guruh anionlari borligini tekshirish
Tekshirilayotgan eritmaning 4-5 tomchisiga bir necha tomchi nitrat Kislota va kumush nitratning eritmasidan 4-5 tomchi qo’shiladi. Cho’kma hosil bo’lsa, ikkinchi guruh anionlari topiladi.
Anion-oksidlovchilar borligini tekshirish.
Tekshirilayotgan eritmaning 5-6 tomchisiga sulfat Kislotaning 2N eritmasidan Kislotali muhit hosil ilish uchun qo’shiladi. So’ng KJ eritmasidan 2-3 tomchi va kraxmal kleystridan bir necha tomchi qo’shiladi. Anion-oksidlovchi NO3- bo’lsa eritma ko’k rangga kiradi.
4. Anion-qaytaruvchilar borligini tekshirish.
Tekshirilayotgan eritmaning 5-6 tomchisiga H2SO4 ning 1N eritmasidan 2 tomchi qo’shiladi. So’ng KMnO4 ning suyultirilgan eritmasidan 2-3 tomchi qo’shiladi. Agar kaliy permanganat eritmasi rangsizlansa, tekshirilayotgan eritmada anion-qaytaruvchilar - CO32- NO2-, I- (HCl- am) bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |