6. Sulfid ioni S2- ni topish. Tekshirilayotgan eritmani ishqoriy muhitga keltirib, uning 1 tomchisiga natriy nitroprussid eritmasidan 1 tomchi qo’shiladi. S2- ioni ishtirokida binafsha-qizil rang paydo bo’ladi.
Sulfid S2- ionlari xlor, brom va iod ionlarini topishga halaqit beradi. Shu sababli S2- ionlarini yo`qotish uchun neytral yoki kuchsiz ishqoriy tekshirilayotgan eritmadan 5-6 tomchi olib, ZnSO4 eritmasi qo’shiladi va isitiladi. hosil bo’lgan pyx sulfid ZnS cho’kmasi sentrifugalanib ajratib tashlanadi va sentrifugatdan HCl- , Br- va J- ionlari topiladi.
7. Xlorid ioni HCl ni, Br ioni va I ionini topish. Qaytaruvchi anionlar: SO32-, S2O32- va S2- ionlari C1-, Br-, va J- ionlarini topishga xalaqit bermaydi, chunki ularni kumush nitrat ta`sirida cho’ktirilgan cho’kmadagi kumush galogenidlardan laboratoriya ishi №5 da ko’rsatilgan tartibda topiladi.
8. III guruh anionlari NO2- NO3-, CH3COO- larni topish ham laboratoriya ishi №5dagi ikkinchi va uchinchi guruh anionlari aralashmasini analiz ilishda ko’rsatilgan tartibda topilishi mumkin.Quruq moddani, ya`ni tuzlar aralashmasini sifat jihatdan analiz qilish tartibini ko’rib chiqamiz. Analiz uchun qattiq holatdagi moddadan, odatda 0,1-0,3 g olinadi. Moddani analizga tayyorlash uni chinni havonchada maydalashdan boshlanadi, chunki kukun holidagi modda oson eriydi. Agar analizga berilgan namuna mayda kristallar holida bo’lsa, uni maydalashga hojat qolmaydi, faqat uni shisha tayoqcha bilan yaxshilab aralashtirish lozim. Maydalangan namuna uch qismga bo’linadi: bir qismi kationlarni aniqlash uchun, ikkinchi qismi anionlarni topish uchun ishlatilsa, uchinchi qismi qisman dastlabki sinovlarga ishlatiladi va ba`zi tajribalarni qayta bajarish uchun zaxiraga oldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |