3. Karbonat ion CO32- ni toppish. Tekshirilayotgan eritmaning ayrim ulushidan CO32- anioni topiladi. Agar eritmada SO32- anioni borligi aniqlangan bo’lsa, uni dastavval SO42- anionigacha oksidlash kerak. Buning uchun tekshirilayotgan eritmaning 2-3 tomchisiga 8% li vodorod peroksid eritmasi qo’shilib, suv hammomida isitiladi. Shundan so’ng CO32-ni xususiy reaksiyalari asosida topiladi.
Silikat ion SiO32- ni topish. Tekshiriladigan eritmaning ayrim ulushidan SiO32-anionini topish uchun 3-4 tomchi eritmaga 3-tomchi ammoniy xlorid yoki xlorid kislota ta`sir ettiriladi. Suv hammomida 2-3 minut isitiladi. SiO32- anioni ishtirokida oq cho’kma hosil bo’ladi.
Fosfat ion PO43- ni topish. Tekshiriladigan eritmada ikkinchi guruh anionlari bo’lsa PO43- anionini topish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Tekshirilayotgan eritmadan 3-4 tomchi olib, shuncha miqdorda BaC12 eritmasi qo’shiladi. Cho’kmani ajratib olib, suv bilan yuviladi va HCl ning 2N eritmasi qo’shilib, eritiladi. Olingan eritmani ammiak bilan p = 7-8 bo’lguncha neytrallanadi, so’ng bir necha NH4C1 kristallaridan qo’shiladi, ozgina isitiladi. Agar silikat kislota cho’kmasi hosil bo’lsa, eritma filtrlab, ajratib olinadi. Eritmadan PO43- anionlarini topish uchun molibden suyuqligidan ortiqcha qo’shiladi, suv hammomida isitiladi. Eritma tarkibida PO43- anionlari bo’lsa sariq cho’kma tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |