IvaII- GURUH KATIONLARI ARALASHMASINING TAHLILI.I va II- GURUH KATIONLARI NOMA’LUM ARALASHMASINING TAHLILINI AMALDA BAJARISH VA ISH YUZASIDAN HISOBOT YOZISH
Ishning maqsadi: I va II- guruh kationlari aralashmasining sistematik tahlilini o`rganish.
Avvalo NH4+ kationini bor-yo`qligini aniqlab olamiz zarur.Chunki keyingi ishimizda II- guruh kationlarini aniqlash maqsadida ammoniy karbonat eritmasi (NH4+ kationi)ni qo`shishamiz. Buning uchun probirkaga 1-2 tomchi nazorat aralashmadan solib, ustiga 3-4 tomchi Nessler reaktividan qo`shiladi. Qizil-qo`ng’ir cho`kmaning hosil bo`lishi aralashmada NH4+ kationi borligini bildiradi. Agar aralashmada og`ir metallarning kationlari bo`lsa, NH4+ kationini aniqlashga halaqit berishiga e’tibor qaratish kerak.
I va II- guruh kationlarini bir-biridan ajratish.
Sentrifuga qilinadigan (yoki kichkina) probirkaga 10 tomchi kontrol aralashmadan solinadi, ustiga 5-6 tomchi ammoniyli bufer aralashma va 15 tomchi (NH4)2CO3 eritmasdan qo`shiladi va suv hammomida qizdiriladi.
Hosil bulgan cho`kma (II- guruh kationlari) sentrifugalanadi va cho`kma ustidagi eritmaga 2-3 tomchi (NH4)2CO3 qo`shib to`liq cho`kma tushganligi tekshirib ko`riladi. Agar eritmada loyqalanish kuzatilsa, yana 5-6 tomchi (NH4)2CO3 eritmasidan qo`shib takroran sentrifugalanadi.
Cho`kma ustidagi tiniq eritma boshqa probirkaga quyib olinadi va probirkaga “Eritma № 1” deb yozib qo`yiladi.Bu eritmada I- guruh kationlari bo`ladi.
Ish cho`kma bilan davom ettiriladi.Cho`kma ustiga probirkani 1/4 qismiga suv solinib, yaxshilab aralashtirib, qaytadan sentrifugalanadi.So`ngra cho`kma ustidagi eritmani to`kib, cho`kmaga 3-4 tomchi CH3COOH dan qo`shib yaxshilab silkitiladi.
Agar cho`kma erimasa yana 2-3 tomchi CH3COOH dan qo`shilib suv hammomida qizdiriladi (sirka kislotani mumkin qadar kamroq miqdorda qo`shishga harakat qiling!).
Cho`kma to`liq eriganidan so`ng eritma 5 tomchi suv bilan suyultirilib, boshqa probirkaga quyib olinadi va probirkaga “Eritma № 2” deb yozib qo`yiladi. Bu eritmada II- guruh kationlari bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |