Toshkent kimyo-texnologiya instituti analitik, fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi


Birinchi yordam ko`rsatish choralari


Download 1.46 Mb.
bet4/26
Sana27.02.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1234682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Барно методичка янги 2022 йил

Birinchi yordam ko`rsatish choralari
l. Agar teriga (qo`l, yuz va boshqa joylarga) konsentrlangan kislota (nitrat, sulfat, xlorid va sirka kislota) sachrasa yoki to`kilsa, darhol o`sha jarohatlangan tana qismini ko`p miqdordagi suv oqimi bilan 3-4 daqiqa davomida yuving, so`ngra shikastlangan joyga kaliy permanganatning 3 % li eritmasi shimdirilgan paxta qo`ying. Agar kuchli shikastlanish holatlari ro`y bersa, bemor tezda shifokorga murojaat qilishi lozim.
2. Agar teriga ishqor to`kilgan bo`lsa, o`sha joyni avval toza suv bilan (toki teridagi silliq ta’sir yo`qolguncha) yuvish kerak. So`ngra zararlangan joyga kaliy permanganatning 3 % li eritmasi shimdirilgan paxta qo`yib bog`lanishi lozim.
3. Agar ko`zga kislota yoki ishqor tomchilari sachrasa, ko`zni yaxshilab suv bilan yuvish, so`ngra tezda shifokorga murojat qilish kerak.
4. Agar terini issiq narsalar (issiq shisha yoki issiq metall) tegib kuydirsa, shu joy kaliy permanganatning 5–10 % li eritmasi bilan yuvish, so`ngra 5 % li tannin moddasida ho`llangan doka bilan bog`lash yoki unga maxsus surtma moy surtish kerak.
5. Fosfor ta'sirida kuygan joyga mis (II)- sulfatning 2 % li eritmasi shimdirilgan paxta qo`yib bog`lash kerak.
6. Xlor, brom, vodorod sulfid, uglerod (II)- oksidi va boshqa kimyoviy birikmalar bilan zaharlanganda tezda ochiq havoga chiqish, shifokorga murojaat qilish kerak.
7. Kimyoviy laboratoriya ishlari tugagach, qatiq iste’mol qilish kerak.
8. Kislota yoki ishqor to`kilgan joy avval ko`p miqdordagi suvda yuviladi, keyin kislota to`kilgan bo`lsa, 3 % li natriy bikarbonat bilan, ishqor to`kilgan joy bo`lsa 1-2 % li sirka kislota bilan yuvib tozalanadi.
Kimyo laboratoriyasida foydalaniladigan jihozlar va idishlar
Kimyo darslarida moddalar va ularning xossalarini o`rganish uchun bir qator fizik va kimyoviy jarayonlarni amalga oshirish, kuzatish va xulosa chiqarish yuzasidan ko`nikma va malakalarni egallash lozim. Buning uchun avvalo kimyoviy jarayonlarni oshirishga imkon beradigan jihozlar va vositalar bilan tanishib, ularning qanday maqsadda ishlatilishini bilib olish zarur bo`ladi.
Kimyo laboratoriyasida ishlatiladigan jihozlarni toifalarga bo`lib o`rganamiz. Siz ularning har biri bilan tanishib chiqishingiz, nima maqsadda ishlatilishi va ulardan qanday foydalanishga doir fikrlarni qo`llanmadan o`qib, daftaringizga yozib olmog`ingiz lozim.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling