Toshkent kimyo-texnologiya instituti analitik, fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi


Reaktivlar bilan ishlashda ko`riladigan xavfsizlik choralari


Download 1.46 Mb.
bet3/26
Sana27.02.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1234682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Барно методичка янги 2022 йил

Reaktivlar bilan ishlashda ko`riladigan xavfsizlik choralari

  1. Reaktivlarni oziq-ovqat solinadigan idishda saqlamang.

  2. Reaktivlar saqlanadigan idishlar o`ziga xos korinishga ega bo`lishi va yorliq yopishtirilgan bo`lishiga e’tibor qiling.

  3. Reaktivlarni qo`l bilan ushlash va tatib ko`rish mumkin emas. Tajribani yakunlaganingizdan so`ng qo`lingizni yuvishni unutmang.

  4. Laboratoriya xonasida yeyish va ichish qat’iyan taqiqlanadi!

  5. Laboratoriya idishlarida oziq-ovqat mahsulotlarini saqlamang.

  6. Reaktivdan har doim faqat belgilangan miqdorda oling. Mabodo ortiqcha olingan bo`lsa, uni idishiga qaytarib quymang.

  7. Umumiy foydalanish uchun qo`yilgan uskuna va reaktivlar solingan idishlarni o`z joyidan siljitmang.

  8. Issiq asbob va idishlarni tajriba stoliga qo`ymang. Buning uchun maxsus tagliklardan foydalaning.

  9. Sulfat kislota bilan ishlaganda suvni kislotaga emas, aksincha, kislotani suvga tomchilatib quying.

  10. Reaktivning hidini bilish uchun unung bug`i bo`lgan havoni kaftingiz bilan burningiz tomonga ohista yelping.

  11. Zaharli, badbo`y hidli, oson alangalanuvchan, uchuvchan moddalar bilan bajariladigan tajribalarni albatta ishlab turgan mo`rili shkaf ichida o`tkazing.

  12. Tez o`t oladigan moddalar bilan tajriba olib borayotganingizda uning yaqinida ochiq olov (yonib turgan gaz, elektr isitgich va boshqa shu kabilar) bo`lmasligiga e’tibor qiling.

  13. Tez o`t oladigan moddadan keragicha olib bo`lishingiz bilan idishning og`zini darhol tiqin bilan berkiting va xavfsiz joyga olib qo`ying.

  14. Biror narsa quyilayotgan idish ustiga engashib qaramang. Chunki suyuqlikning mayda tomchilari ko`zga sachrashi mumkin.

  15. Bug`latuvchi chinni idish ustiga engashib qaramang. Chunki suyuqlik tomchilari va uchayotgan quruq zarrachalar yuzni kuydirishi mumkin.

  16. Suyuqlik bor probirkani qizdirilayotganingizda uning og`iz tomonini o`zingizdan va yoningizdagilardan chetga qarating. Chunki o`ta qizdirilib yuborilganida suyuqlik qaynab chiqib, yuzga sachrashi mumkin.

  17. Probirkalarda moddaning eritmalarini qizdirish uchun ularni probirkaning 1/3 qismiga quying.

  18. Qattiq moddalarni faqat quruq probirkalarda va chinni idishlarda qizdiring.

  19. Shisha idishlarni qizdirilganda ularni spirt lampasining piligiga tegib ketishidan saqlang. Chunki pilik sovuq bo`lib idishni sindirib yuborishi mumkin.

  20. Qalin devorli shisha idishlar (bankalar, sklyankalar, silindrlar) va o`lchov idishlar hamda chinni hovonchalarni alangada qizdirmang.

  21. Spirt lampasini faqat qalpoqchasi bilan o`chiring (puflamang).

  22. Ichida suyuqlik bor probirkani chayqatishda probirkani barmoq bilan berkitish yaramaydi. Chayqatish uchun probirka, kolba yoki stakanning yuqori qismidan ushlab sekin tebrating.

  23. Ishlatilgan kislota va ishqor eritmalarini rakovinaga emas, maxsus idishlarga bo`shating.

  24. Reaksiyani kuzatayotganda probirkani ko`zingizdan uzoqroq tuting.


Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling