Toshkent kimyo texnologiya instituti neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi kafedrasi


Download 15.96 Kb.
bet1/5
Sana02.06.2024
Hajmi15.96 Kb.
#1836225
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-ma\'ruza neftkimyosintez Microsoft Office PowerPoint


TOSHKENT - KIMYO TEXNOLOGIYA INSTITUTI
NEFT VA GAZNI QAYTA ISHLASH KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI KAFEDRASI
1-MAVZU: NEFT KIMYO SANOATI VUJUDGA KELISHI TARIXI VA RIVOJLANISH NING ASOSIY YO’NALISHLARI
Reja:
  • Neftkimyo sintez fanining maqsadi va vazifalari.
  • Respublikamiz Mustaqilligidan keyin neft va gazni qayta ishlash sanoat korxonalari
  • Neftkimyo sanoati vujudga kelishi tarixi va rivojining asosiy yo’nalishlari.


Fanning maqsadi
“Neftkimyoviy sintez” fanini o’qitishdan maqsad talabalarni turli moddalar, birikmalar, monomerlar, reagentlar va preparatlarning turli reaksiyalarni qo’llab sintez qilish usullarini o’rgatishdir.
Neftkimyo sanoati o’z ichiga quyidagi bo’limlarni oladi:
- neftkimyoviy sintez uchun xomashyo ishlab chiqarish;
-uglevodorodlarni oksidlab va boshqa usullar (gidratatsiya, formilirlash va boshqalar) bilan kislorod saqlovchi mahsulotlar ishlab chiqarish;
-poliolefinlar va plastmassalar ishlab chiqarish;
-sintetik smolalar va tolalar ishlab chiqarish
Kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishda uglevodorod xom-ashyosini keng qo'llash xalq xo'jaligi uchun muhim bo‘lgan quyidagi vazifalarni yechadi:
  • Kimyoviy ishlab chiqarish uchun o'lchamsiz xomashyo bazasini vujudga keltirish;

  • 2. Avvallari kimyoviy sanoatga xomashyo qilib ishlatilgan ko'p miqdordagi qimmatli oziq-ovqat materiallarini tejash;
    3. Kimyoviy mahsulotlar tannarxini va ularni ishlab chiqarishdagi mehnat sarflarini hamda zavodlar qurilishida ketadigan kapital xarajatlarni kamaytirish;
    4. Ishlab chiqarilayotgan kimyoviy mahsulot hajmini bir necha bor ko'paytirish;
    5. Mavjud bo‘lgan xomashyo manbalari asosida ilgari amalda mumkin bo'lmagan yangi neftkimyoviy jarayonlami vujudga keltirish.
  • O‘zbekiston hududida 1900 yilda Chimyon koni ochilgan va 1901 yil sentyabr oyidan chuqurligi 287 m bo‘lgan neft qudug‘i ishga tushgan. Undan sutkasiga 130 tonna neft fontan usulida qazib olingan.
  • 1904 yilda O‘zbekistonda (o‘sha paytda Turkiston o‘lkasi) dastlabki neft koni Farg‘ona vodiysidagi Chimyon neft koni ochildi va o‘sha yili Vannovsk (hozirgi Oltiariq shahri) temir yo‘l stansiyasi yaqinida birinchi neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi.
  • 1905 yildan neftli hududlarning egalari fransuz va amerika kapitalistlari sindikati ishtirokida o‘z maydonlarini sotish haqida kelishuv olib bordi. Shu bilan o‘lkaga chet el kapitali kirib keldi.
  • 1906 yilda (“Turkiston qishloq xo‘jaligi” jurnali axborotiga ko‘ra) Farg‘ona vodiysida “Chimyon” aksionerlik jamiyati, “Rishton” neft va zavod sanoati hamdo‘stligi, “Bitum” Turkiston neftsanoati hamdo‘stligi, “Vladimir Alekseev” Moskva firmasi kabi neft qidiruvchi va qazib oluvchi tashkilotlar mavjud bo‘lgan.
  • 1907 yilda Chimyon neft qazib chiqarish va Vannovsk neftni qayta ishlash zavodini Bokuning “Aka-uka Nobellar” firmasi sotib oldi va Farg‘ona vodiysidagi asosiy neft konlarini boshqaruvchisiga aylandi.
  • 1908 yilda Farg‘ona vodiysida Yorqo‘ton, Santo, Sel-Roxo va undan g‘arbroqda Alekseev erlaridagi konlari ochildi. Sel-Roxo hamda Alekseev konlaridan chuqurligi 248 metrdan sutkasiga 7 tonna neft qazib olingan. Shuningdek shu yili Chimyon-Vannovsk neft quvuri qurildi, neftni qayta ishlash zavodi kengaytirildi. Shu davrda rus va chet el kapitali neft qazib olish, uni qayta ishlash, neft mahsulotlarini sotishni to‘la o‘z nazoratiga oldi. «SANTO»-O‘rta Osiyo neft savdo jamiyatini tashkil etildi.
  • 1933 yil 14 iyulda Farg‘ona viloyatining Xonobod maydonida (chuqurligi 547 m), 1934 yili 6 fevralda Surxondaryo viloyatida Xauzag (chuqurligi 158 m, sutkasiga 100 tonna neft qazib olingan) konlari o‘zlashtirilgan.
  • 1980 - yillarda Respublikamizga har yili chetdan 6 million tonna atrofida neft mahsulotlari tashib kelingan. Mustaqilligimizning dastlabki yillarida valyuta tushumimizning asosiy manbai hisoblangan paxta tolasining 600 ming tonnasini Rossiyaga yoqilg‘i mahsulotlariga ayirboshlashga majbur edik.
  • Istiqloldan keyin iqtisodiy mustaqillikka erishish uchun islohotlarning dastlabki bosqichidanoq yoqilg‘i-energetika majmuasining yuqori sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minlash, neft va gaz ishlab chiqarish hajmlarini oshirib borish hisobiga mamlakatimizda energetika mustaqilligiga erishish vazifasi qo‘yildi. Chunki, O‘zbekiston hududida neft sanoatiga asos solinganiga qaramasdan, biz neft mahsulotlariga bo‘lgan talabimizni ta’minlay olmay kelardik.

Respublikamiz mustaqilligidan keyin suyuq uglevodorodlarni qazib chiqarish sur’atlari sezilarli darajada o’sdi va buning natijasida nafaqat ichki ehtiyojni qondfirish balki eksport bozorlariga mahsulotimizni taklif qilish imkoniyati tug’ildi.
1992 yil 3 mayida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan “O’zbekneftgaz” - “O’zbekiston davlat neft va gaz sanoati konsernini tashkil etish to’g’risida” farmon imzolandi va “O’zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasiga (MXK) asos solindi.
Hozirgi kunda Respublikamizda yoqilg’i energiyasiga bo’lgan talabni to’la qondirishda “O’zbekneftgaz” MXK asosiy o’rin tutadi.

Download 15.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling