Toshkent kimyo texnologiya instituti neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi kafedrasi
«Shurtan gaz kimyo majmumasi» УШК
Download 15.96 Kb.
|
1-ma\'ruza neftkimyosintez Microsoft Office PowerPoint
- Bu sahifa navigatsiya:
- NEFTKIMYO SANOATI. VUJUDGA KELISH TARIXI VA RIVOJINING ASOSIY YONALISHLARI
«Shurtan gaz kimyo majmumasi» УШК
Nufuzli “Dilodjik” konsaltining kompaniyasi (Buyuk Britaniya) tomonidan e’lon qilingan reytingga ko’ra Surg’il koni negizida Ustyurt gaz-kimyo majmuasini qurish loyihasi 2012 yil yakunlariga ko’ra, dunyoning 10 ta global investitsion loyihasi qatoridan joy oldi. Ustyurt gaz-kimyo majmuasini qurish loyihasi Surg’il konini o’zlashtirishni yanada jadallashtirish, tabiiy gazni ajratib olish, kreking va yakuniy mahsulot ishlab chiqarish zavodlarining barpo etilishi nazarda tutilgan. Ushbu majmua 4,5 mlrd. kubmetr tabiiy gazni qayta ishlash natijasida 400 ming tonna polietilen, va 100 ming tonna polipropilen ishlab chqarish imkonini beradi. Yillik eksport hajmi 750 million dollardan oshadi. Mahsulotning asosan Yevropa, Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyo bozorlarida sotishni mo’ljallamoqda. Ustyurt gaz-kimyo majmuasi 2016 yil ishga tushiriladi. Mazkur qo’shma korxona “O’zbekneftgaz” MXK hamda Janubiy Koreaning “Ko’gaz”, “Lotte group” va “STEks enerdji” kompaniyalari investitsiyaviy konsorsiumi tomonidan ta’sis etilgan. Loyihaning umumiy qiymati 4 mlrd. dollardan ortiqdir. NEFTKIMYO SANOATI. VUJUDGA KELISH TARIXI VA RIVOJINING ASOSIY YO'NALISHLARI Neftkimyo sanoati - kimyoviy sanoatning yangi sohasi bo'lib, arzon xomashyo bo'lmish neft va gaz uglevodorodlarini qimmatli kimyoviy moddalar bo'lgan plastmassalar, kauchuklar, sintetik smolalar va tolalar, sintetik yuvish vositalari hamda ko'pgina boshqa moddalarga aylantirib beradi Neftkimyo sanoati XX asrning 30-40 yilligida rivojlana boshladi. Neftkimyoviy ishlab chiqarishlar Hamdo'stlik mamlakatlarida Ikkinchi Jahon urushi arafasida vujudga keldi. 1936-yili Bokuda etilenni sulfat kislota ishtirokida gidratatsiya qilish yo'li bilan etil spirt ishlab chiqarish bo'yicha birinchi sanoat qurilmasi ishga tushirildi. 1970-yili neft xomashyosini piroliz qilish orqali etilen va propilen ishlab chiqarish qurilmasi birinchi bor ishga tushirildi. Ushbu qimmatli xomashyolarni olish hozirgi paytda ham asosiy usul bo'lib kelmoqda. Kimyo sanoatini rivojlanish ko'lamlarim va jarayonlart mazmun-mohiyatini neftkimyo rivoji tubdan o'zgartirib yubordi. Kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish arzon va keng xomashyo manbalari va kimyoviy sanoatning an'anaviy manbalari bo'Imish kokskimyo va o'rmonkimyo sanoatlarini smolalari, mineral xomashyo, oziq-ovqat mahsulotlarini siqib chiqarayotgan neft va gaz uglevodorodlariga bog'lanib qolmoqda. Bu esa kimyoviy ishlab chiqarishni tez rivojlanishiga va klassik sintez usullariga taqqoslaganda o'lchab bo'lmaydigan darajada ko'proq quvvatga ega bo'lgan kimyoviy mahsulotlarni olishni boshqa usullarini qo'llashni talab qiladi. Download 15.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling