Toshkent kimyo texnologiya instituti shahrisabz filiali


Kristallizatorlarning tuzilishi


Download 168.24 Kb.
bet4/5
Sana18.12.2022
Hajmi168.24 Kb.
#1031084
1   2   3   4   5
Bog'liq
ATJQ2

Kristallizatorlarning tuzilishi.
Sanoatda kristallanish jarayonini amalga oshirish uchun turli uskunalar ishlatiladi. Bunday uskunalar davriy yoki uzluksiz ishlashi mumkin. Ishlash printsipiga koʼra kristallizatorlar bir necha turga boʼlinadi: 1) erituvchining bir qismini bugʼlatish yoʼli bilan ishlaydigan kristallizatorlar; 2) eritmani sovitish bilan ishlaydigan kristalliza-torlar; 3) sovituvchi moslamasi boʼlmagan vakuum-kristallizatorlar; 4) mavhum qaynash qatlamli kristallizatorlar; 5) diskli kristallizatorlar; 6) kontaktli kristallizatorlar; 7) kolonnali kristallizatorlar; 8) koʼp pogʼonali vakuum-kristallizatorlar va boshqalar.
Vakuum-kristalizator. Qisman bugʼlatish uchun eritma bugʼlatish kamerasiga yuboriladi. Bugʼlatgichda vakuum-nasos va kondensator yordamida vakuum (boʼshliq) hosil qilinadi. Bugʼlatgichda eritma barometrik quvur orqali yigʼgichga oʼtadi. Hosil boʼlgan suv bugʼlari vakuum-nasos orqali tortib olinadi. Choʼkmaga tushgan kristallar yigʼgichning pastki qismidan tashqariga chiqariladi. Kristallardan ajralgan eritma yigʼgichning yuqorigi qismidan uzatiladi. Vakuum-kristallizatorlarda mayda oʼlchamli kristallar olinadi. Bunday uskunalar uzluksiz ravishda ishlaydi.


Vakuum-kristallizator:
1-bugʼlatgich; 2-barometrik quvur; 3-yigʼgich; 4-nasos; 5-eritma beruvchi quvur; 6-sirkulyatsiya quvuri; 7-kristallardan ajralgan eritma chiqadigan patrubka.

Mavhum qaynash qatlamli kristallizator. Bunday kristallizatorlar katta oʼlchamli va bir xil shakldagi kristallar olish uchun ishlatiladi. Mavhum qaynash qatlamli kristallizatorlarda kristallanish jarayoni eritma bir qismining bugʼlatilishi yoki eritmaning sovitilishi bilan olib boriladi. Mavhum qaynash qatlamli bugʼlatuvchi kristallizatorning tuzilishi quydagi rasmda koʼrsatilgan. Bu uskuna qobiq quvurli sovitgich va sirkulyatsiya qiluvchi nasosdan iborat. Uzluksiz soʼriluvchi quvur orqali berilayotgan eritma qisman kristallardan ajralgan suyuqlik oqimi bilan aralashadi. Bu oqimning miqdori dastlabki berilayotgan eritmaning miqdoriga nisbatan bir necha marta koʼp boʼlganligi uchun aralashgan eritmaning kontsentratsiyasi va harorati kam oʼzgaradi.

Mavhum qaynash qatlamli kristallizator:
1-uskunaning qobigʼi; 2-sirkulyatsion nasos; 3-uzatuvchi quvur; 4-eritma beriladigan patrubka; 5-kristall mahsulot chiqadigan patrubka; 6-bugʼlatkich; 7-ikkilamchi bugʼlar chiqadigan patrubka; 8-isituvchi bugʼ patrubkasi; 9-kondensat chiqadigan patrubka.



Download 168.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling