Toshkent kimyo texnologiya instituti shahrisabz filiali


Download 168.24 Kb.
bet2/5
Sana18.12.2022
Hajmi168.24 Kb.
#1031084
1   2   3   4   5
Bog'liq
ATJQ2

Kristallanish usullari.
Kristallanish jarayonini davriy va uzluksiz tashkil etish mumkin. Davriy kristallanish jarayoni kam tonnajli, uzluksiz esa – koʼp tonnajli ishlab chiqarishda qoʼllaniladi.
Sanoat miqyosida quyidagi kristallanish usullaridan foydalanadi: eritmalardagi erituvchining bir qismini bugʼlatish; eritma temperaturasini oʼzgartirib kristallash; kombinatsiyalangan usullardan foydalanib kristallash.
Eritmadagi erituvchining bir qismini bugʼlatib kristallash. Erituvchining bir qismini yoʼqotish uchun bugʼlanish yoki muzlatish usulidan foydalanish mumkin. Eritma tarkibidagi suvni haydash uchun bugʼlanish keng koʼlamda ishlatiladi. Odatda bu jarayon bugʼlatish qurilmalarida amalga oshiriladi. Kerakli darajadagi oʼta toʼyingan eritma hosil boʼlgandan keyin, u shu qurilmada kristallanadi. Ushbu usul izotermik kristallanish deb ataladi.
Bu usulning kamchiliklari: hosil boʼlayotgan kristallar issiqlik almashinish yuzalariga yopishib qoladi; boshlangʼich eritma tarkibidagi aralashmalar ham quyuqlashadi.
Qurilma ichida qattiq moddalar yopishib yoki choʼkib qolmasligi uchun eritmaning sirkulyatsiya tezligi koʼpaytiriladi.
Kristallarni ajratish va yuvish filtr yoki sentrifugalarda oʼtkaziladi.
Eritma temperaturasini oʼzgartirib kristallash. Bunday usul izogidrik kristallash deb nomlanadi, chunki bu jarayon eritmada erituvchi miqdori oʼzgarmas boʼlgan holatda olib boriladi.
Kimyo sanoatida musbat eruvchanlikli tuzlarni kristallash juda keng tarqalgan. Bunday eritmalarning oʼta toʼyinishiga uni sovitish yoʼli bilan erishiladi. Jarayon davriy yoki uzluksiz, pogʼonali joylashgan bir yoki koʼp korpusli qurilmalarda olib boriladi. Sovutuvchi eltkich sifatida suv ishlatiladi. Havo yordamida sovutilganda jarayon nisbatan sekin boradi, lekin yirik va bir jinsli kristallar hosil boʼladi. Manfiy eruvchanlikli eritmalarni kristallash uchun eritma qizdirilishi zarur.
Kombinatsiyalangan usullarga vakuum ostida, erituvchining bir qismini issiqlik eltkich yordamida bugʼlatib kristallash va fraktsiyali kristallashlar kiradi.

Download 168.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling