Toshkent kimyo texnologiya instituti shahrisabz filiali


Download 168.24 Kb.
bet1/5
Sana18.12.2022
Hajmi168.24 Kb.
#1031084
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ATJQ2


TOSHKENT KIMYO TEXNOLOGIYA INSTITUTI SHAHRISABZ FILIALI

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo’yicha) yo’nalishi 5-20 guruh talabsining



ASOSIY TEXNOLOGIK JARAYON VA QURILMALAR
fanidan

MUSTAQIL ISHI

Bajardi:Tuxtoshev I.


Tekshirdi: Saidov B.

SHAHRISABZ-2022


Mavzu: Kristallanish jarayoni haqida tushuncha.


Reja:


  1. Umumiy tushunchalar.

  2. Kristallanish usullari.

  3. Kristаllаnish jаrаyonining tezligi

  4. Kristallizatorlarning tuzilishi.


Umumiy tushunchalar.

Eritmalardan erigan qattiq komponentlarni kristall holda ajratib olish kristallanish jarayoni deb nomlanadi.


Kristallanishga teskari jarayon eritish jarayoni deyiladi.
Kristall deganda har xil shakldagi, tekis qirralar bilan cheklangan bir jinsli qattiq moddalar tushuniladi.
Kristallanish qattiq moddalarni toza holda olishning asosiy usuli, chunki kristallanish jarayonida har doim shunday sharoit yaratish mumkinki, keraksiz moddalar eritmada qolib, faqat toza modda kristallanadi.
Kristallanish jarayoni kimyo, neft kimyosi, metallurgiya, meditsina, farmatsevtika, oziq – ovqat va boshqa sanoatlarda keng miqyosda qoʼllaniladi. Kristallanish jarayonini oʼtkazishdan maqsad: eritmalardan kristallik fazani ajratish; bir va koʼp bosqichli kristallash usullarida aralashmalarni ajratish; moddalarni aralashmalardan oʼta tozalash; monokristallar yetishtirish.
Kristallanish jarayonida turli oʼlchamli kristallar, yaʼni sochiluvchan mahsulot olinadi.
Har bir modda kristallarining oʼziga xos geometrik shakllari bor. Hammasi boʼlib 32 xil kristallar simmetriya oʼqlar soni mavjud va ular 7 ta kristallografik guruhga ajratilgan: kubik, trigonal, tetragonal, geksagonal, rombik, monoklin, triklin.Bir kimyoviy modda bir necha xil kristallar hosil qilishi polimorfizm deb yuritiladi. Oʼz tarkibida suv molekulalarini tutgan kristall kristallogidratlar deyiladi.
Kristallanish jarayoni roʼy berishi uchun boshlangʼich eritma oʼta toʼyingan holatda boʼlishi kerak. Аgar, eritmadagi erigan modda kontsentratsiyasi uning eruvchanligidan yuqori boʼlsa, bunday eritmalar oʼta toʼyingan deb nomlanadi. Lekin, oʼta toʼyinggan eritmalar noturgʼun sistema boʼlgani uchun, undan erigan moddaning ortiqcha miqdori ajralib chiqadi, yaʼni kristallanish jarayoni sodir boʼladi. Kristallar ajrab chiqishi tugagandan keyin toʼyingan eritma qoladi.
Sanoat texnologik jarayoni 3 bosqichdan iborat: 1) kristallanish; 2) kristallarni eritmalardan ajratish; 3) kristallarni yuvish va quritish.
Ushbu jarayon sanoatning neft va gazni qayta ishlash, kimyo, metallurgiya, oziq-ovqat, dori-darmon ishlab chiqarish kabi tarmoqlarida ishlatiladi.
Kristallanish jarayonlari yordamida quyidagi vazifalar hal qilinadi:
- zarrachalarning toʼplami, granula, tangacha va boshqa shakldagi qattiq mahsulotlarni olish;
- turli aralashmalarni fraktsiyalarga ajratib, ularni birorta komponent bilan boyitish;
- texnik yoki tabiiy eritmalardan turli moddalarni ajratib olish;
- moddalarni aralashmalardan chuqur tozalash;
- suyultirilgan eritmalarni erituvchini muzlatish orqali quyiqlashtirish;
- maʼlum fizik-mexanik xossalarga ega boʼlgan moddalarni olish;
- qattiq jismlar yuzasiga turli qoplamalarni surtish va hokazo.
Berilgan haroratda eritmaning qattiq faza bilan muvozanat holatida boʼlishi toʼyingan eritma deyiladi. Toʼyingan eritma tarkibidagi erigan moddaning miqdori eruvchanlik darajasini belgilaydi. Eruvchanlik erigan moddaning va erituvchining xossalariga, haroratga hamda qoʼshimcha komponentlarning borligiga bogʼliq. Toʼyingan eritma oʼz tarkibida imkoni boricha koʼp miqdorda erigan modda ushlaydi. Bu holatdagi eritma turgʼun boʼladi.
Oʼta toʼyingan eritma esa oʼz tarkibida eruvchanlik xususiyatiga nisbatan ortiqcha miqdorda erigan modda ushlaydi. Shu sababli oʼta tuyingan eritmalar turgʼun boʼlmaydi. Bunda eritmalardan ortiqcha erigan moddalar kristall holida ajraladi, soʼngra esa eritma yana toʼyingan holatga oʼtadi.
Eritmalarning oʼta toʼyinish holatiga quyidagi usullar bilan erishish mumkin: 1) ochiq idishda erituvchining bir qismini bugʼlatish; 2) bugʼlatish uskunasida qaynayotgan eritmadagi erituvchining bir qismini bugʼlatish; 3) eritmaga suvni oʼziga tortuvchi moddalarni qoʼshish; 4) toʼyingan eritmani sovitish.


Download 168.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling