Toshkent kimyo-texnologiya instituti «vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi» fakulteti «biotexnologiya» kafedrasi
Download 4.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Biologiya ma\'ruza 2022
2-Bakteriyalar. Bakteriyalar (grekcha bakterion - tayoqcha] - bir hujayrali mikroorganizmlarning katta guruhi; shakllangan yadroga ega bo’lmagan mikroskopik organizmlar - prokariotlar. Bakteriyalarda hujayra pardasi, ko’p miqdorda dezoksiribnuklein kislota (DNK), sodda yadro bor. Mtoxondriy va xloroplastlar odatda, bo’lmaydi, yadroning xromosomalari va qobig’i ko’zga ko’rinmaydi. Ular ko’ndalangiga bo’linish (ba’zan cho’zilish yoki kurtaklanish) yo’li bilan ko’payadi. Ularning ko’p turi tayoqcha shaklida bo’ladi. Biroq sharsimon, ipsimon yoki ilon izi shaklli mikroorganizmlar xam bakteriyalarga kiradi. Ularning fiziologik xususiyatlari nihoyatda xilma-xil, ular biokimyoviy jihatdan juda faol. Mikroorganizmlar tuproqda, suvda, suv havzalari zaminida va boshqa joylarda tarqalgan. Ular yagona bir guruh bo’lmay, har xil yo’llar bilan vujudga kelgan organizmladir. Ba’zi bakteriyalar, (masalan, ipsimon, azotobakter va boshqalar) ko’k-yashil suv o’tlarga yaqin, ayrim bakteriyalar esa nursimon zamburug’lar -aktinomistetlar bilan urug’dosh; spiroxetalar va boshqa ba’zi bakteriyalar bir hujayrali sodda hayvonlarga o’xshaydi. Ularning katta-kichikligi, shakli, tuzilishi, harakachanligi xar xil. Sharsimon bakteriyalarning diametri, odatda, 1-2 mkm, tayoqcha shaklidagilarining yo’g’onligi 0,4 dan 0,8 mkm gacha, o’z. 2-5 mkm bo’ladi. Ba’zan juda yirik bakteriyalar ham uchraydi. Masalan, Thiophysa macrophusa ning diametri 20 mkm; juda mayda bakteriyalar ham bor. Ayrim bakteriyalar shu qadar maydaki, hatto bakterial filtrdan ham o’tib ketadi. Sharsimon bakteriyalar kokklar deb ataladi. Agar kokklar ko’ndalangiga bo’linish yo’li bilan ko’paysa va bo’lingandan keyin bir-biriga qo’shilganligicha qolib zanjir hosil qilsa, streptokokklar deyiladi. Hujayralar uchta o’zaro tik yo’nalishda bo’linsa, hujayralar xaltachasi (paketi)ni hosil qiladi, bunday shakl sarstinalar uchun xos. Kokklar har xil yo’nalishda bo’linsa, hujayralarning uzum boshining g’ujumi shaklidagi to’plami hosil bo’ladi, bunday shakl stafilokokklaryu taalluqli. Sporalar hosil qiladigan tayoqchasimon bakteriyalar bastillalar deyiladi. Tayoqchasimonlarning uchlari tekis «kirilgan» yoki do’ngrok bo’lishi mumkin. Bular alohida yoki ba’zan zanjir shaklida joylashadi. Uzun ip hosil qiladigan ipsimon bakteriyalar, asosan, suvda yashaydi. Vergul shaklidagi bakteriyalar vibrionlar, yo’g’on spralsimon buralganlari spirallar, bir nechta bir xildagi ingichka buramalilari spiroxtalar deyiladi. Elektron mikroskopda karaganda bakteriyalarning hujayra pardasi bir necha (odatda, uch) qavat ekanligi ko’rinadi. Uning tarkibiga muramin kislota, aminokislotalar, liiidlar, glyukozamin va boshqa birikmalar kiradi. Hujayra pardasi ostida Stitoplazmatik membrana bor, shu membrana moddalar almashinuvida muhim rol o’ynaydi. Stitoplazmada ribosomalar bo’lib, ular tarkibiga RNK kiradi. Ular hujayrasida DNK iplari bor, ular kobiksiz yadro, ya’ni nukletoid hosil qiladi. Bakteriyalar yuqori haroratga, odatda, chidamsiz, quritish, oftob, har xil kimyoviy moddalar bakteriyalarni o’ldiradi (Dezinfekstiya, Sterilizastiya). Bakteriyalar sovuqqa juda chidamli, shu tufayli tuproqda qishlab chiqa oladi. Ularning ko’pi oval yoki yumaloq shaklli sporalar hosil qiladi. 1-rasm 4-rasm Bakteriyalarning mikroskopik ko’rinishi. Bakteriyalar sporalari yuqori harorat va zaharli moddalar ta’siriga juda bardoshli. Sporalar qulay muhitga tushganda ulardan tayoqchasmon yoki vegetativ hujayralar paydo bo’ladi. Bakteriyalarning rivojlanish stikli har xil. Masalan, mirobakteriyalar bo’linish yo’li bilan ham, kurtklanish yo’li bilan ham ko’payadi. Miksobaktriyalarning vegetativ hujayralari qisqaradi va kichrayib, yumaloq yoki oval shaklli mikrstistalar hosil qiladi. Ko’pchilik bakteriyalar organik moddalarni, ba’zilari anorganik moddalarni oksidlash yo’li bilan energiya oladi. Faqat kislorodli muhitda yashay oladigan bakteriyalar aeroblar, kislorodsiz muhitda yashaydigan bakteriyalar anaeroblar deyiladi. Aerob nafas olish vaqtida organik birikmalar oksidlanib, karbonat angidrid ajralib chiqadi. Anaerob sharoitda organik birikmalarning parchalanishi va bunda energiya ajralib chiqishi bijg’ish deyiladi. Tabiatda va xalq xo’jaligida ularning ahamiyati juda katta. Bakteriyalar tirik hujayralar tarkibiga kiradigan hamma kimyoviy elementlarning tabiatda aniklanishida ishtirok etadi. O’simlik va hayvon qoldiklari stellyuloza, pentozalar, kraxmal, pektin moddalar va boshqani o’zlashtira oladigan Mikroorganizmlar ishtirokida parchalanib, pirovardida karbonat angidrid bilan suvga aylanadi. Tabiatda azot aylanishida ham mikroorganizmlarning roli katta. Hayvonlar o’ziga zarur azotli birikmalarni o’simlik oksillaridan hosil qiladi. Hayvon va o’simlik oqsillari B. ta’sirida mnerallashib, avval ammiakka, keyin nitrit va nitratlarga aylanadi. Ammoniyli tuzlar ham, nitratlar ham yuksak o’simliklar uchun oziq bo’ladi, ular shu tuzlardan foydalanib, o’z tanasida oqsil hosil qiladi. Bakteriyalar boshqa biogen elementlarni ham minerallashtiradi. Ular organik fosfor birikmalarini parchalab, suv havzalari va tuproqda fosforning mineral birikmalarini ko’paytiradi. Bakteriyalar ta’sirida oltingugurtning organik birikmalari ham minerallarga aylanadi. Bakteriyalar genetika, biofizika, kosmik biologiya va boshqa sohalarga oid umumiy masalalarni hal qilish uchun eng yaxshi ob’ekdir. Bakteriyalar kulturasidan aminokislotalar, vitaminlar va antibiotiklarni miqdor jihatidan aniqlashda foydalaniladi. Tuproq unumdorligi ularning hayot faoliyatiga bog’lik. Pektin moddalarni bijg’itadigan bakteriyalar yordamida zig’ir, kanop va boshqa tolali o’simliklar ivitiladi. Sutday qatiq, sariyog’, pishloq va boshqa mahsulotlar tayyorlashda ham bakteriyalarning har xil turlaridan foydalaniladi. Sanoatda B. ning tegishli turlari yordamida kraxmalli yoki boshqacha xomashyodan sut (laktat) kislota, asteton, etil spirt, butil spirt va boshqa(lar) spirtlar, dekstrin, diastetil, antibiotiklar, vitaminlar, aminokislota va boshqalar olinadi. Bakteriyalardan ferment preparatlari tayyorlashda, ayniqsa, ko’p foydalaniladi. Shu bilan birga, bakteriyalarning ko’pgina turlariga qarshi kurash olib borishga ham to’g’ri keladi, chunki ular don-dun va boshqa(lar) masalliqlarni, har xil xomashyo, material va buyumlarni buzadi. Odam va hayvonlarda uchraydigan ko’pgina kasalliklar (masalan, ich terlama, vabo, sil, kuydirgi, manqa va boshqalar)ni bakteriyalar paydo qiladi. Odam va hayvonlarda kasallik qo’zg’atadigan B. patogen deb ataladi. Fitopatogen bakteriyalar yovvoyi o’simliklarda ham, ekinlarda ham ko’pgina kasalliklarni vujudga keltiradi. Kasallik qo’zg’atadigan bakteriyalarga qarshi aseptika va antiseptika choralari ko’riladi, shuningdek, bakteriostatik va bakteristid moddalar ishlatiladi. 5-rasm. Bakteriyalar koloniyalari laboratoriya sharoitida ko’paytirilgan. 6-rasm. Bakteriyalarning ko’rinishlari 7-rasm Bakteriyalarning turlari va ko’rinishi. 8-rasm Bakteriyalarning tarkibiy ko’rinishi. Eukariot hujayralar prokariot hujayralarga qaraganda murakkab va xilma-xil tuzilgan. Eukariotlarda haqiqiy yadro va organoidlar mavjud. Eukariot yunoncha eu — haqiqiy, karion — yadro so'zlaridan olingan. Eukariotlarga hayvon, o'simlik va zam- burug' hujayralarini kiritishimiz mumkin. Bir hujayrali va ko'p hujayrali vakillari mavjud. Eukariot hujayralarning bo'linishi mitoz (teng ikkiga bo'linish) yo'li bilan boradi. Hujayra organoidlari mavjud. Aksariyat eukariotlarda hujayra markazi mavjud. Atmosferadagi azotni o'zlashtirmaydi. Asosan aeroblar ba'zilari ikkilamchi anaeroblar hisoblanadi. Hazm qiluvchi vakuolalarga ega. O'simliklar autotrof oziqlansa, hayvonlar va zambrug'lar geterotrof usulda oziqlanadi (1- jadval). Ularning hujayralari o'rtasidagi o'xshashlik va farqlar ham birmunchadir. Zamburug' hujayralarining hujayra qobig'ida xitin bo'lishi, (hasharotlarning tana qoplami xitindan iborat), hujayrasida plastidalarining yo'qligi, oziqlanishi (geterotrof usulda) bilan hayvonlarga o'xshasada, lekin ko'payishi bilan o'simliklarga o'xshaydi. Eukariot hujayralarning kattaligi va shakli asosan ular baja- radigan funksiyalarga bog'liq bo'ladi. Ularning o'rtacha diametri 10 mkm dan 100 mkm gacha bo'ladi. Tuxum hujayralar tarkibida oziq moddalar ko'p to'planganligi uchun ancha yirik bo'ladi. Tuyaqush tuxumining diametri 150 mm gacha boradi. Hujayralarning o'lchami organizmlarning kattaligiga bog'liq emas. Masalan, yirik sutemizuvchilarning qizil qon tanachalarining diametri 10 mkm dan oshmaydi. A'zoning yoki butun organizmning kattaligi esa hujayralar miqdoriga bog'liq. Hujayraning asosiy tarkibiy qismlariga: hujayra qobig'i, sitoplazma va yadro kiradi. Hujayra qobig'i 3 qavatdan iborat bo'ladi. Membrana usti kompleksi Plazmolemma 3. Membrana osti kompleksi Hujayra qobig'i hujayraning tashqi muhit bilan va boshqa hujayralar bilan o'zaro munosabatini ta'minlaydi va shunga ko'ra uch xil asosiy vazifani bajaradi: 1) himoya, to'siq, 2) moddalarni o'tkazish, 3) retseptor. Hujayra qobig'ining asosiy qismini plazmatik membrana — plazmolemma tashkil etadi. Hayvon hujayralarining qobig'i juda yupqa va elastik bo'ladi. Uni faqat elektron mikroskopda ko'rish mumkin. O'simlik hujayralarining qobig'i hayvon hujayralaridan farq qilib qalin bo'ladi. Uning tar- kibida selluloza moddasi ko'p, shuning uchun ham o'simlik qobig'ining asosiy funksiyalaridan biri tayanch funksiyasi hisoblanadi. O'simlik hujayralarida lignin (yog'ochning 50%ni hosil qiladi), subirin (subirin hisobiga o'simlik po'stlog'i po'kak- lashadi), kutinlar (o'simlik hujayralarida mumsimon modda) bo'ladi. Zamburug' hujayrasida esa xitinsimon modda bo'ladi. Hayvon hujayrasi membranasi usti kompleksida glikoproteinlar kompleksi — glikokaliks joylashadi. Plazmatik membrana — plazmolemma. Plazmatik membrananing tuzilishi. Plazmatik membrana hamma hujayralar uchun universal bo'lgan biologik membranadir. Plazmatik membrana kimyoviy tarkibiga lipidlar, oqsillar, murakkab organik molekulalar glikoproteinlar, glikolipidlar va juda kam miqdorda boshqa birikmalar kiradi. Plazmolemmaning tuzi- lishi haqida bir qancha taxminlar mavjud. Hozirgi vaqtda ko'pchi- lik olimlar tomonidan plazmolemmaning suyuqlik — mozaika modeli qabul qilingan. Plazmatik membrana — plazmolemma qalinligi 7—10 mkm bo'lib, hujayra ichki muhitini tashqi muhiti- dan ajratib turish (chegara), moddalarni tanlab o'tkazish, retsep- torlik va sitoplazmaga ma'lum shakl berish kabi asosiy vazifalarni bajaradi. Submembrana oqsil 9-r a s m. Hayvon hujayrasida plazmatik membrananing tuzilishi. Uglevod Glikopro Hujayradan tashqaridagi tolalar Xolesterol Gidrofil Lipid qavat Plazmolemma tarkibi 2 qator lipid va oqsil molekulalari- dan iborat bo'ladi. Lipidlarning gidrofil va gidrofob qismlari mavjud. Lipidning gidrofob qismi membrananing ikki ichki tomonida joylashgan bo'ladi. Lipidning gidrofob qismi oz bo'lsada membrananing lipid qatlamini turg'unligini ta'minlaydi. Lipidning gidrofil qismi membrananing ikki tashqi tomonida, ya'ni hujayraning tashqi tomonida va sitoplazma tomonida joylashgan bo'lib, suv va suvda erigan moddalarni membrana orqali o'tishiga imkoniyat tug'diradi (10-rasm). Oqsil molekulalari lipid qavatida tashqariga bo'rtib chiqqan — periferik oqsillari, sitoplazmaga botib turgan — submembrana oqsillari va lipid qavat orasida — integral transmembrana oqsillari holatida bo'ladi. Membrana tashqarisiga chiqib turgan oqsillar uglevodlar bilan birikib, glikoprotein (glikokaliks) larni hosil qiladi. Hujayralar bir-biri bilan glikopro- teinlari bilan birikib, to'qimalarni hosil qiladi yoki gormonlar, antitelolar, limfotsitlar hujayralarni glikoproteinlari orqali taniydi (hujayra retseptorligi). Sitoplazmaga botib turgan oqsillarga fer- mentlar birikadi. Hujayra membranasi orqali moddalarning chiqishida va kirishida energiya sarflanadi. Energiyaning sarf bo'lishida sitoplazmaga botib kirgan oqsillarning o'rni bor. Lipid qavati orasidagi oqsillar moddalar transportida katta ahamiyatga ega. Har xil moddalar (masalan K+, Na+) aynan shu oqsillarga birikib, hujayra ichiga kiritiladi yoki hujayradan tashqariga chiqa- riladi. Bundan tashqari membrana oqsillari membrananing umu- miy turg'unligini (mustahkamligini) ta'minlaydi. Plazmatik mem- branada glikolipidlar, fosfolipidlar, xolesterol ham mavjud. Mem- branadagi fosfolipidlar membrananing qo'zg'aluvchanligini ta'minlaydi. Glikolipidlar ham glikoproteinlarga o'xshab retseptorlik vazifasini bajaradi. Plazmatik membrananing ichki qismida tayanch, qisqarish, hujayraga ma'lum shakl berib turuvchi mikro- naychalar, mikrofibrillalar mavjud. Plazmatik membrananing vazifalari. Plazmolemmaning asosiy vazifalaridan biri moddalarni o'tkazish ya'ni membrana orqali moddalar transportidir. Membrana orqali moddalarni o'tishi endotsitoz ya'ni hujayra ichiga yoki ekzotsitoz, ya'ni hujayra tashqarisiga moddalar o'tishi mumkin. Moddalar eritma holida membranadan hujayra ichiga o'tsa, pinotsitoz deyiladi. Granu- lalarning membranadan hujayra ichiga o'tishi fagotsitoz deyiladi. Suvning membranadan o'tishini ham kuzatishimiz mumkin, bu osmos deyiladi. Har qanday moddalarni hujayradan chiqib ketishi ekzotsitoz deyiladi. O'simliklarda pinotsitoz, osmos jarayonlari kuchli bo'ladi. Hayvonlarda fagotsitoz ham kuzatiladi. Membrana hamma moddalarni ham o'tkazavermaydi. Membrana lipidlarini gidrofob qismi qutbli suvda eruvchan moddalarni hujayra ichiga o'tishiga to'sqinlik qiladi. Membrana orqali moddalar transporti aktiv yoki passiv bo'lishi mumkin. Aktiv transport uchun energiya sarflanadi, passiv transport uchun energiya sarflanmaydi. Aktiv transport (faol transport) konsentra- tsiyasi past joydan konsentratsiyasi yuqori joyga moddalarning o'tishida energiya sarfi bilan boradi. Aminokislotalar, glyukoza, natriy va kaliy ionlari ATF hisobiga membrana orqali o'tkaziladi. Passiv transportga nisbatan kichik qutbli va suvda erigan moddalar, masalan, mochevina, CO2, glitserol, gidrofob moddalar (O2, N2, benzol) membrana orqali passiv transportlanadi. Kichik zaryad- lanmagan suv membrana orqali oson diffuziyalanadi. Diffuziya (lot. diffusion — tarqalish, yoyilish) ion yoki molekulalarning o'tishi. Diffuziya jarayonida gazlar (zaryadlanmagan moddalar) oqsillar joylashgan joydan yoki lipid molekulalari orasidan o'tishi mumkin (neytral diffuziya) yoki maxsus oqsillarga birikib, mem- brana orqali transportlanadi. Aktiv transportda esa membranadagi ko'chiruvchi oqsillar moddalar birikib, hujayra ichiga yoki hujayradan tashqariga o'tkaziladi. Bunda ATF1 energiyasidan foy- dalaniladi. Natriy, vodorod, kalsiy va kaliyni mebrana orqali o'tishida ATF—aza fermentlari yordamida ATF energiyasi sarflana- di. Kaliy konsentratsiyasi hujayra ichida ko'p bo'lsada hujayra tashqarisidan hujayra ichiga o'tadi. Natriy konsentratsiyasi aksincha, hujayra ichida kam bo'lsada hujayradan tashqariga chiqariladi (11- rasm). Shakar va amino- kislotalar transportida ham ATF-aza aktiv ishtirok etadi. Hujayra membranasi faqat ayrim molekulalar yoki ionlarni ichkariga o'tkazib, tashqariga chiqaribgina qolmay, balki yirik molekulalar yoki ular yig'indisidan hosil bo'lgan yirik zarrachalarni 10-r a s m. Natriy, kaliy, kalsiy va vodorod ionlarini membranadan o’tishi. Ham o’tkazadi. Bu xususiyat membrananing suyuq holatida ekan- ligiga bog’liqdir. Bu jarayon endotsitoz (endo — ichkari, sito — hujayra so’zlaridan olingan) deyiladi. Endotsitozning bir ko’rinishi fagotsitozdir (fageo — yemoq, hazm qilmoq so’zidan olingan). Bunda, asosan qattiq yirik zarrachalar hujayraga kiritiladi. Bu vaqtda qattiq yirik zarrachaga tegib turgan membrananing ikki qismi harakatlanib, zarrachani o’rab oladi va natijada membrana- ga o’ralgan zarra hujayra sitoplazmasi ichiga botib qoladi va hazm vakuolasi hosil bo’ladi. Keyinchalik hazm vakuolasi lizosomalar bilan birikib, ular ichidagi fermentlar ta’sirida molekulalar parcha- lanadi. Fagotsitoz aksariyat amyobasimonlarda, umurtqalilarning oq qon tanachalarida (leykotsitlar) keng tarqalgan. Organizmga kirgan yot zarrachalar, kasallik qo’zg’atuvchi har xil mikroorga- nizmlar leykotsitlar tomonidan fagotsitoz usulda qamrab olinib, yo’q qilinadi. Bakteriyalar, ko’k-yashil suvo’tlari, zamburug’lar va o’simliklarning hujayra qobig’I qalin, zich po’st hosil qilganligi uchun ularda fagotsitoz jarayoni deyarli uchramaydi. Endotsitoz pinotsitoz usulda ham amalga oshirilishi mumkin (yunoncha pino — ichaman degan so’zdan olingan). Pinotsitoz har xil mod- dalarning eritma holida mayda tomchi shaklida hujayraga kirishidir. Pinotsitoz o’simlik va hayvon hujayralarining asosiy oziqlanish usullaridan biridir. Endotsitozga teskari bo’lgan hodisa ekzotsitozdir (yunoncha ekza — tashqari so’zidan olingan). Bunda sitoplazmadagi vakuola 22rgani hazm bo’lmay qolgan moddalar membrana orqali hujayra tashqarisiga chiqariladi. Ko’p hujayrali hayvonlarda bir xil tipdagi hujayralar to’planib, har xil to’qimalarni: epiteliy, muskul, nerv va boshqa to’qimalar sistemasini hosil qiladi. Bunda hujayralar plazmatik membranada- 2 — Eshonqulov O. E. va boshqalar gi burmalar va o’siqlar orqali bir-biriga yopishib turadi. Hay- vonlarning epiteliy to’qimalarida, ayniqsa ichak hujayralarida bur- machalar, mikrovorsinkalar yaxshi rivojlangan bo’lib, ular orqali bir hujayradan ikkinchisiga oziq moddalar, ionlar, uglevodlar va boshqalar o’tadi. Glikokaliksi ko’p bo’lgan hujayra garmonal yo’l bilan oson boshqariladi. Ayrim kasalliklarda yoki qari hujayralarda glikoka- liksning miqdori kamayadi va gormonal boshqarilishi qiyinlashadi. Plazmatik membrananing ichki qismida, tayanch, qisqarish, hujayraga ma’lum shakl berib turishda muhim rol o’ynovchi mikronaychalar, mikrofibrillalar mavjud. Bular, ayniqsa, hayvon hujayralarida yaxshi rivojlangan. Sitoplazmada hujayraning asosiy massasi, uning ichki muhiti hisoblanadi. Sitoplazma hujayraning hamma tarkibiy qismlarini bir-birlari bilan bog’lab, ular orasidagi aloqalarning amalga oshishida muhim 1 ATF — Adenozintrifosfat energiyani kimyoviy bog' shaklida tutadi. rol o’ynaydi. Sitoplazma tashqaridan plazmatik membrana, ichkaridan esa yadro qobig’I bilan chegaralanadi. Sitoplazmaning tarkibiy qismlariga asosan gialoplazma, 23rganic23- lar va kiritmalar kiradi. Gialoplazma. Gialoplazma sitoplazmaning rangsiz tiniq kalloid eritmasi. Gialoplazmada organoidlar va kiritmalar joy- lashadi. Gialoplazma hujayra membranasi, tola va mikrofiloment- larning hosil bo’lishida ishtirok etadi. Tarkibida polisaxaridlar, oqsillar, fermentlar, lipidlar, tRNK bo’lib, moddalarni bir joydan boshqa joyga o’tishi gialoplazma orqali amalga oshadi. Gialoplazmada glikoliz (glyukozaning kislorodsiz parchalanishi) jarayoni boradi. Bundan tashqari o’zida ko’plab 23rganic va anor- ganik moddalar saqlaganligi uchun hujayraga suv kiradi, bu hujayraga osmos xususiyatini beradi. Natijada hujayra buferligi ta’minlanadi. Turgor holatdagi hujayra tashqi mexanik ta’sirlarga birmuncha chidamli bo’ladi. Gialoplazmada muhim biokimyoviy reaksiyalar 23rganic. Kiritmalar. Hujayra o’zi sintezlagan oqsillarni, uglevodlarni va yog’simon moddalarni yoki shu kabi 23rganic moddalarni sitoplazmasida kiritma shaklida ma’lum vaqt saqlaydi. Kiritmalar sitoplaz- maning muvaqqat tarkibiy qismlaridir. 11-rasm. Kiritmalar Kiritmalar o'simlik va hayvon hujayralarida ham uchrab aksariyat vaqtinchalik bo'lib, asosan 4 xil: trofik, pigmentli, ekskre- tor, sekretor kiritmalar bo'ladi. Kraxmal (o'simlik hujayrasida), glikogen (hayvon hujayrasida), lipidlar, oqsillar ma'lum vaqt hujayra sitoplazmasida trofik (ozuqaviy) kiritmalar shaklida to'planadi. Gemoglobin (eritrotsitlarda), melanin (teri hujayralarida), xlorofill (barg eti hujayralarida), karotinoidlar pigment kiritmalar shaklida ma'lum vaqt hujayralarda to'planadi (12, 13-rasm). Ekskretor kiritmalari hujayralardan tashqariga chiqariladigan gor- mon, efirlar, fitonsidlar, alkaloidlar, nektar kabi moddalar kiritmalar shaklida saqlanadi. Hujayrani ehtiyoji, ayrim tuz kristallari kabi moddalar kiritmalar shaklida saqlanadi. Hujayrani ehtiyoji uchun sintezlangan moddalar ma'lum vaqt sekretor kiritmalar shaklida hujayra sitoplazmasida saqlanadi. 12-r a s m. O'simlik hujayrasidagi kiritmalar. Yuqoridan ko'rinib turibdiki kiritmalar qattiq (granulyar), suyuq, efir va yarim suyuq holatda bo'lishi mumkin. Kiritmalar funksiyasi. Kiritmalar asosan energetik (glikogen, kraxmal), trofik (lipid, oqsil, uglevod), gaz almashinuv (gemoglo- bin), fotosintez (xlorofill) vazifalarini bajaradi. Organoidlar. Organoidlar (yunoncha organon — a'zo, eidos — o'xshagan so'zlaridan olingan) hujayraning ma'lum tuzilishga ega va har qaysisi o'ziga xos funksiyani bajarishga moslashgan doimiy tarkibiy qismidir. Murakkab tuzilgan organizmlarning har xil a'zo- lari — organlari bo'lgani kabi hujayralar ham o'z a'zolariga — organoidlariga ega. Organoidlar moddalarning tashilishi, energiya hamda moddalarning aylanishi, bo'linish, harakatlanish va shunga o'xshash hujayraning ko'pgina boshqa funksiyalarining amalga oshishini ta'minlaydi. Qanday hujayralarda uchrashiga qarab organoidlar umumiy va xususiy, o'ziga xos organoidlarga bo'lina- di. Umumiy organoidlarga mitoxondriya, Golji apparati, endo- plazmatik to'r, lizosomalar, ribosomalar kiradi. O'simlik hujay- ralarida bulardan tashqari plastidalar ham uchraydi. Hayvon hujayralari uchun sentriolalar ham umumiy organoidlarga kiradi. Umumiy organoidlar deyarli hamma hujayralarda uchraganligi uchun ham shunday nom berilgan (14, 15-rasmlar). Xususiy organoidlar esa faqat ayrim, xususiy funksiyalarni bajarishga moslashgan hujayralardagina uchraydi. Ularga misol qilib kiprikchalar (infuzoriyalar, nafas yo'llari hujayralarida), Sentriola Sitoplazma 14-r a s m. O'simlik hujayrasining tuzilishi. 13-r a s m. Hayvon hujayrasi organoidlarining tuzilishi. xivchinlar (spermatozoidda, evglenada), tonofibrillalar (epiteliy hujayralarida), neyrofibrillalar (nerv hujayralarida) va boshqa xususiy organoidlarni keltirish mumkin. Organoidlar o'z tuzilishiga ko'ra bir membranali (endoplaz- matik to'r, Golji apparati, lizosoma), ikki membranali (mito- xondriya, plastida) va membranasiz (ribosomalar, sentriolalar) organoidlarga ajraladi. Zamburug’lar Zamburug’lar eukoriot organizmlarning katta guruhini o’z ichiga oladi. Eng sodda zamburug’larning vegetativ tanasi qobiqsiz bitta hujayradan iborat bo’ladi. Miseylili turlarining ko’pchiligida bu hujayra shoxlanuvchi ingichka ipchalar – gifalar chigalidan iborat bo’lib, mitseliy hosil qiladi. Mog’or zamburug’lari xlorafilsiz mikroorganizmlardir. Shuning uchun ular faqat organik birikmalar ugleroddan foydalanib oziqlanadi, ya’ni ular geterotroflardir. Aerob zamburug’lari turli substratlar yuzasida, faqat kislarod mavjudligida yashaydi. Hujayralarida deferensiallangan yadrosi bor. Mog’or zamburug’lari ozuqa muhitiga talabchan emas, ya’ni muhit tanlamaydi, past temperaturaga yahshi chidaydi, muzlatgich kameralarida ham yashab, ko’paya oladi. Ular orasida saprofitlar ham, parazitlar ham uchraydi. Zamburug’lar 6 sinfga bo'linadi: 1-xitridiomitsetlar (Chytridiomycetes),2-omitsetlar (Oomycetes), 3-zigomitsetlar (Zygomycetes)— bular tuban zamburug'lardir; 4-askomitsetlar (Ascomycetes), 5-bazidiomitsetlar (Bazidiomycetes) va 6- deyteromitsetlar Morfologik belgilari. Mitseliy gifalarning haddan tashqari shoxlangan yopiq tizimi bo'lib, ichida ko'p yadroli sitoplazmasi bor. Mog'or hujayrasi septalar (to'siqlar) bilan bo'lishi mumkin va hujayra septalanmagan bo'lishi mumkin. Biroq septalar gifalarni alohida hujayralarga bo'lib yubormaydi, chunki ularning markaziy teshigi bo'lib, sitoplazma bilan yadro shu teshik orqali erkin o'tib turadi. Shuning uchun zamburug'larning barchasi senotsit (bir hujayrali) organizmlar borlari yuksak zamburug'larga kiradi Vegetativ mitseliy hosil qiluvchi gifalarning diametri 5 dan 50 mkm gacha va undan katta bo'ladi. Gifalari juda uzun bo'lib, ko'pincha ular mikroskopsiz ham ko'zga ko'rinadi. Mitseliy ozuqa muhitida o'sganda yuzadagi qismi havo mitseliysi va ozuqaga botib, uning ichida o'sadigan qismi substrat mitseliysidir. Ba'zan mitseliy ildizga o'xshash o'simtalar — rizoidlar hosil qiladi. U ana shu o'simtalari yordamida substratga yopishib olib, undan oziq moddalarni so'rib oladi. Mitseliy gifalari uchi hisobiga o'sadi. Ular Zamburug’lar plastidalari yo’q geterotrof organizmlardir. Ular qadimgi organizmlar hisoblanadi. Zamburug’lar parazit va saprofit holda hayol kechiradi. Saprofitlar — o’lik organik modda bilan oziqlanadigan organizmlar. Ba’zi birlari suvda yashaydi. Zamburug’larning 100 000 ga yaqin turi mavjud bo’lib, quruqlikda juda keng tarqalgan. Ular suv o’tlaridan xlorofilning yo’qligi, bakteriyalardan esa yadroga ega bo’lishi bilan farq qiladi. Zamburug’larning vegetativ tanasi muselliy deb atalib, u alohida ipchalar ya’ni gifalar yig’indisidan tashkil topgan (12-rasm). Zamburug’ mitseiliysi oziq moddalarni butun yuzasi bilan shimib oladi. Mitselliyda spora hosil qiluvchi organlar hosil bo’ladi. Ko’payishi vegetativ, jinssiz va jinsiy usullarda boradi. Tuzilish sxemasi: a—mukorniki (zigomitsetlar sinfi): /—endosporalar; 2—sporangiy (mevali tana); 3—sporangiy tashuvchi; 4—mitseliy; b—aspergillikni (deytromitsetlar sinfi): 1—konidiyalar (ekzosporalar); 2—sterigmalar; 3—konidiya tashuvchi; 4—mitseliy; d—penitsillniki (deytromitsetlar sin[i): /—konidiyalar; 2—fialidlar; 3— metula; 4 – shox; 5 – konidiya tashuvchi; 6 – mitseliy. 16-rasm 15-rasm 17,18-rasmlar uzunlashgan sari eski (qarigan) qismlarida vakuolalar hosil bo'ladi, aktiv ravishda oziq moddalar shimmaydi va asta sekin o'zidan-o'zi erib ketadi. Kultural belgilari. Petri likopchasidagi quyuq ozuqa muhitiga zamburug' mitseliysi yoki sporasi (konidiyasi) shtrix usulda yoki sanchib ekiladi. 15—25 kun davomida har 2—3 kunda ko'z bilan chamalab kuzatib boriladi. Har gal kuzatilganda: koloniyaning o'lchami (yirik-maydaligi), shakli, zich yoki siyrakligi, tashqi chetining va o'rtasining tuzilishi, yuzasi, koloniyalarning, mitseliyning va ko'payish organlarining rangi, substratning va koloniya tubining rangi, tomchi suyuqlik ajralishi aniqlanadi. Mitseliy hosil qiluvchi zamburug'lar quyuq muhitda yumaloq yoki yuzada keng tarqalgan, substrat ichiga o'sib kirmaydigan, pahmoq, ipsimon, o'rgimchak to'risimon, paxtaga o'xshagan yoki unli koloniyalar hosil qiladi. Ko'pchilik turlarining vegetativ mitseliysi bo'yalmagan.Faqat meva hosil qiluvchi mitseliysi pigmentli bo'ladi. Shuning uchun yosh koloniyalari oq yoki och kulrang bo'ladi. Meva hosil qiluvchi organlari rivojlana borgan sari koloniyalar sariq, pushti, qizil, yashil, qora va hokazo rangga kiradi. Shundan keyin bakteriyaning mitseliysi va ko'payish organlari mikroskopda o'rganiladi. Bunda stereoskopik yoki oddiy mikroskopda o'rganish va koloniyalarni bevosita Petri likopchasining o'zidan ko'rish mumkin. Mikroskopda 80- 200 marta kattalashtirib qarab, havo mitseliysi borligi, uning xarakteri, xlamidosporalar va sklerotsiylar hosil bo'lishi, sporalarning ko’payishiga yordamlashuvchi rangiyaband va konidiyabandlarning, boshchalar, sporalar va onidiyalarning joylashuvi aniqlanadi. Koloniyaning cheti pigmentlangan va bo'yalmagan qismlari chegarasi va o'rtasi kuzatiladi. Achishni va glikolizni o‘rganish. Achish hodisasi qadimdan mahlum bo‘lsa ham uning xaqiqiy tabiati va umumiy mexanizmi fransus olimi Lui Paster tamonidan . 1861 yili Paster (anaerob) o‘tishini tasdiqladi. Bu jarayonni u faqat tirik glyukozadan etil spirt va SO2 ning hosil bo‘lishi atmosfera kislorodi ishtirokisiz organizmlar (achitqilar va boshqa mikroorganizmlar) hayot faoliyatiga bog‘lab, ularsiz achish yuz bermasligini ta’kidlagan edi. Achish fermentlari va substratlarining bir qator olimlar (1897 yili Byunxer – achish fermentlarini sistematik o‘rgangan, A.N. Lebedov achitqidan shira ajratib olgan.) tomonidan tekshirilishi achitqi shirasi murakkab ferment va kofermentlar sistemasidan iborat ekanligini ko‘rsatdi. Hayvon to‘qimalarida va ba’zi bakteriyalarda achish natijasida laktat kislota hosil bo‘lishi bilan birga, achitqi, muskul va jigarda ro‘y beradigan achish jarayonining reaksiyalari asosan bir xil ekanligi aniqlandi. Xamir turush- Xamirni oshirish uchun ishlatiladigan achitqi. Tarkibida achitqi bakteriyalari boʻlgan X. qoʻshib qorilgan xamir fermentativ jarayonlar taʼsirida koʻpchiydi. Xonadonlarda oshgan xamirdan X. uchun bir zuvala olib krlinadi va supraga oʻrab qoʻyiladi, keyingi xamirlarga qoʻshiladi. Hozirgi davrda non sanoatining rivojlanishi bilan maxsus achitqi bakteriyalari yerdamida sanoat usulida presslangan, suyuq va quritilgan X. turlari ishlab chiqariladi (bugʻdoy unidan tayyorlangan navli 100 kg un uchun 1 kg X. sarflanadi) va savdo doʻkonlarida sotiladi (yana q. Bijgʻish) xamirni oshirish uchun ishlatiladigan achitqi. Tarkibida achitqi bakteriyalari boʻlgan X. qoʻshib qorilgan xamir fermentativ jarayonlar taʼsirida koʻpchiydi. Xonadonlarda oshgan xamirdan X. uchun bir zuvala olib krlinadi va supraga oʻrab qoʻyiladi, keyingi xamirlarga qoʻshiladi. Hozirgi davrda non sanoatining rivojlanishi bilan maxsus achitqi bakteriyalari yerdamida sanoat usulida presslangan, suyuq va quritilgan X. turlari ishlab chiqariladi (bugʻdoy unidan tayyorlangan navli 100 kg un uchun 1 kg X. sarflanadi) va savdo doʻkonlarida sotiladi Qо‘ziqorinlar — na о‘simlik, na hayvonot olamiga kiruvchi о‘ziga xos tirik tabiat saltanati. Ular bundan qariyb bir milliard yil muqaddam paydo bо‘lgan bо‘lib, ayni vaqtda yer yuzidagi eng kо‘p tarqalgan, eng xilma-xil tirik organizmlardan biri hisoblanadi. Taxminiy hisob-kitoblarga kо‘ra, sayyoramizda qо‘ziqorinlarning 100 mingdan 250 mingga yaqin turi mavjud. Lekin olimlar ularning bor- yо‘g‘i 5 foizini о‘rganishgan, xolos. Taniqli Sharq tabibi Vu Sinning ta’kidlashicha, qо‘ziqorinlarning shifobaxsh xususiyati dorivor giyohlarnikidan ancha yuqori. U о‘zicha haq giyohlardan farqli о‘laroq qо‘ziqorinlar organizmga faolroq ta’sir kо‘rsatadi. Yaponiyada о‘suvchi shiitake qо‘ziqorinini esa qadimdan qо‘ziqorinli odamgiyoh yoki ilohiy qо‘ziqorin deb atashgan. Undan deyarli barcha kasalliklarni davolashda foydalanishgan. Shiitakeni yetishtirish usulini esa qattiq sir saqlashgan. Faqat yapon zodagonlarigina о‘z qо‘ziqorin plantatsiyalariga egalik qilishi hamda uning mо‘jizaviy shifosidan bahramand bо‘lishlari mumkin edi. О‘zbekiston hududida zamburug‘larning 300 ziyod turi mavjud. Biroq shulardan 25 turigina iste’mol uchun yaroqli hisoblanadi. Bu iste’mol uchun yaroqli bо‘lgan zamburug‘ turlarini mahalliy aholi qо‘ziqorin deb ataydi. Shuning uchun ham О‘zbekistonning har qaysi viloyatida, har bir tumanida qо‘ziqorinning faqat ayrim, muayyan turlarigina terilib, ulardan turli xilda tansiq taomlar tayyorlanadi. Bu iste’mol uchun yaroqli qо‘ziqorinlar ma’danli moddalar, oqsil hamda "S" va "V" guruhlariga mansub vitaminlarga juda boydir. Biroq respublikamiz hududida о‘sadigan qо‘ziqorinlarning 275 dan ziyod botanik turlari zaharli hisoblanadi. Ularni umuman iste’mol qilib bо‘lmaydi. Bunday qо‘ziqorin turlarini mahalliy aholi о‘z iborasi bilan zaharli о‘simlik – "qurbaqaning sallasi" deb ataydi. Bu turlarga mansub qо‘ziqorinlar tarkibida gelvelli kislotasi, fallotoksin, ammonitotoksin va boshqa zaharli moddalar mavjud bо‘lib, ularga qanchalik ishlov berilmasin, tarkibidagi zaharli moddalar yо‘qolib ketmaydi. Ular qizdirishga juda ham turg‘un, qaynatilganda zararsizlanmaydi, oksigen ta’sirida oksidlanmaydi va oshqozon-ichak fermentlari ta’sirida parchalanmaydi. Oqibatda iste’mol qilgan kishilarni zaharlanishga duchor qiladi. Shunday о‘tkir zaharli qо‘ziqorin turlaridan biri "lepiota" deb ataladi. U Toshkent shahri hududidagi bog‘larda, qabristonlarda, sayhon joylarda, daraxtlar tevaragida va boshqa joylarda ham uchrab turadi. "lepiota" barcha qо‘ziqorinlarga о‘xshab soyabon shaklida о‘sadi, uni iste’mol qilgan kishi qattiq zaharlanadi. Zaharli qо‘ziqorinni bilmay iste’mol qilgan kishilar 6-12 soat vaqt о‘tganidan sо‘ng kо‘ngli aynab, tez-tez qayt qiladi. Oshqozon-ichak faoliyati buzilib, qorinda og‘riq paydo bо‘ladi va butun a’zoyi badani bо‘shashib ketadi. Qо‘ziqorin tarkibidagi zaharli moddalar jigar, buyrak, me’da osti bezi va markaziy asab tizimi a’zolarini qattiq shikastlaydi. Qо‘ziqorindan zaharlanish alomatlari vujudga kelgan taqdirda, bemorga 5-6 piyola iliq namakobli suv ichirilib, sun’iy qayt qildiriladi, uning me’dasi yuvilishi kerak. Agar me’da yuvilib, undagi zaharli moddalardan xalos etilmasa, bu moddalar qonga sо‘riladi va zaharlanish yanada og‘ir kechadi. Bu bemorlarni uy sharoitida bilar-bilmas davolash og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu holning oldini olish uchun zudlik bilan shifokorga murojaat qilish zarur. О‘zbekistonda qо‘ziqorinning yeyishli bо‘lgan veshenka, podgruzd, lisichka, maslyonok, moxovik, о‘tloq shampinyoni, oq, kulrang va malla turlari bor. Lisichka.Qizig‘i shundaki, ushbu qо‘ziqoringa qurt tushmaydi. Sababi, uning tarkibida antiqa modda – xinomanoz topilgan bо‘lib, parazitlar qо‘ygan tuxumlarni eritib yuboradi. Tabiiy antigelmint vosita sifatida qо‘llaniladi, nojо‘ya ta’siri yо‘q. Veshenka.Organizmdan toksinlar chiqib ketishiga yordam beradi, foydali ichak mikroflorasi faoliyati va qondagi lipidlar darajasini meyorlashtiradi, shuningdek, qon bosimini tushirib, yurak-qon tomir va saraton kasalliklari paydo bо‘lish xavfini kamaytiradi, nerv tizimi ishini yaxshilaydi. 19-rasm. Pleurotus ostreatus – oddiy veshenka zamburug‘ini umumiy kо‘rinishi Oq qо‘ziqorin. Ma’lumotlarga kо‘ra, oq qо‘ziqorinni muntazam iste’mol qilib turish ayrim oshqozon-ichak va saraton kasalliklarining rivojlanish xavfini bartaraf etadi. Ushbu qо‘ziqorindan olingan suv ekstrakti bilan qadim zamonlardan buyon yara va sovuq yegan a’zolarni davolashgan. Oq zamburug‘ silni davolashda, mador quriganda hamda moddalar almashinuvini yaxshilash uchun iste’mol qilingan. Oq qо‘ziqorinlar tarkibida shuningdek, gersenin moddasi topilgan bо‘lib, ulardan stenokardiyani davolashda foydalanishgan. Oddiy veshenka – iste’mol uchun yaroqli qо‘ziqorinlar turiga kiradi va uni О‘zbekiston sharoitida intensiv usulda о‘stirishga mо‘ljallangan. Tabiiy sharoitda qо‘ziqorin terak, dub, ba’zan esa mevali daraxtlarning atrofida noyabr oyidan to mart oyigacha uchraydi. 1.2.Oddiy veshenka turlari va ularga ta’rif Veshenka avlodi 30 dan ortiq turni birlashtiradi. О‘nga yaqin veshenka kо‘paytiriladi. Ularga qо‘yidagilar kiradi: 20-rasm. Oddiy veshenka: 1 –meva tanasi; 2 - sporalari; 3 - bazidiyalari; 4 - xeylotsistidlari; 5 - gifalar; 6 –qalpoqchasining kutikula elementlari. 21-rasm. Shoxsimon veshenka Shoxsimon veshenka – P. sornucopiae. Katta guruh bо‘lib о‘sadi. Qalpog‘ining aylanasi 12-13 sm bо‘lib, avval qavariq, sо‘ngra voronkasimon kо‘rinishda, rangi oqish, sarg‘ish bо‘ladi. О‘sgan sayin tо‘qlashib boraveradi. Mag‘zi qalin, zich, oq bо‘lib, unning hidi keladi. Plastinkalari oyoqchalaridan uzoqraq joylashgan, ingichka, nozik, oq yoki och-sariq rangda bо‘ladi. Sporali kukuni oq rangda. Oyoqchalari qisqa – 1sm, qalinligi 1,5-2 sm joylashishi ekssentrik yoki markaziy, oq yoki sarg‘ish rangda bо‘ladi.Yaponiya, Xitoy va primorye о‘lkasida qurigan va sinib tushgan shox-shabbalarda о‘sadi. 22-rasm. CHо‘l veshenkasi CHо‘l veshenkasi– P. eryngii– asosan sentabr-oktabr oylarida chо‘l hududlarida о‘sadigan sharsimon shoxlangan о‘simliklarning ildizi va qurigan poyalari ustida о‘sadi. Qalpog‘ining aylanasi 4-8 sm, yassi-qayrilgan, ba’zan notо‘g‘ri formada, silliq yoki oz-moz tangachalar bilan qoplangan, kulrang- sarg‘imtir, sariq, sariq-jigarrang tusda bо‘ladi. Mag‘zi gо‘shtdor, oq yoki sariq rangda. Plastinkasi pasaygan, siyrak, oq rangda. Oyoqchasi ekssentrik, yosh meva tanalarida asosan markaziybо‘lib, uzunligi 4 sm, kengligi 2 sm, asosiga birikkan, oq va zich bо‘ladi. 23-rasm. О‘tloq veshenkasi О‘tloq veshenkasi–P. pulmonarius. Qalpog‘i qayrilgan-yotiq, yonboshsimon, rangi kulrang dog‘chali oq, pastga osilgan bо‘ladi. Bargli qurigan daraxtlarning ustida guruh bо‘lib о‘sadi. Iyun-oktabr oylarida kuzatiladi, yesa bо‘ladi, ammo eski meva tanalari qattiq bо‘ladi. 24-rasm. Limonrang qalpoqchali veshenka(elma-qо‘ziqorin) Limonrang qalpoqchali veshenka (elma-qо‘ziqorin)— P. citrinopileaus yorqin limonrang qalpoqchaga ega va meva tanachalarining katta qismi о‘xshash tusda bо‘ladi. Pleurotusavlodining keng tarqalgan jozibador turlaridan biri sanaladi. Kamchiligi meva tanasi qarsillaydi va bu uni yetkazib berishda va iste’molida muammo tug‘diradi. Meva tanasi о‘ziga xos spetsifik hidga ega bо‘lib, taomlarga yong‘oq ta’mini beradi. Tabiiy sharoitda uzoq sharq elma daraxtlarida, ba’zan oqqayin, eman, qora qayin va terakda о‘sadi. Uning tarqalish areali Osiyo va Shimoliy Amerikani egallaydi. Rossiya hududida Uzoy Sharqda, oqqayin, eman, qora qayin va terakda keng tarqalgan. Limonrang qalpoqchali veshenkaning о‘sishi va rivojlanishi uchun optimal harorat 21-27°S ni, meva tana hosil qilishi uchun – 21-29°S ni tashkil etadi.10-14 kun oralig‘ida meva tana hosil qilib turish muddatini tashkil etadi. 25-rasm. Pushtirang veshenka Pushtirang veshenka– P. djamor meva tanasi yumshoq etli pushtirang bо‘lgan qо‘ziqorin. Tabiatda bu veshenka tropik va subtropik mintaqalarda uchraydi. Fermentativ ishlov berilgan somon, paxta chiqindisi, makkajо‘xori о‘zagi qoliqlarida о‘stirsa bо‘ladi. Biologik samaradorligi 75-100% ni tashkil etadi. Rivojlanishi uchun 18-25°S harorat zarur, meva tana hosil qilishi uchun 20-30°S harorat kerak bо‘ladi. 7-10 kun oralig‘ida meva tana hosil qilib turadi. 26-rasm. Veshenka sajor-caju Veshenka — P. sajor-caju Yevropa va Shimoliy Amerikaning ninabargli о‘rmonlarida keng tarqalgan. Qalpoqchasi kulrang tusda, haroratga, yorug‘likka mos ravishda о‘zgarib turadigan va о‘ziga xos xususiyatga ega bо‘lgan veshenka. Zaburug‘lar 2-3 guruh va undan ham kam bо‘lib о‘sadi. Yangi meva tanasi tez-tez joyida kesib olinadi. Bu veshenkani Fermentativ ishlov berilgan somon, paxta chiqindisi, makkajо‘xori о‘zagi qoliqlarida о‘stirsa bо‘ladi. Biologik samaradorligi 100 va hatto 200% ni tashkil etadi. Rivojlanishi va shakllanishi uchun 10-24°S, meva tana hosil qilishi uchun 18-24°S kerak bо‘ladi. Zamburug’larga doir rasmlar 27-rasm 28-rasm 29-rasm 2-ilova Mavzu bo‘yicha nazorat savollari. 1. Viruslar xaqida nimalarni bilasiz. 2. Bakteriyalar yashash va oziqlanish turiga qarab neshta bo’linadi? 3. Prakariot bilan Eukariot bir biridan nimasi bilan farq qiladi. Sanab bering? 4 Kiritma nima va neshta qismga bo’linadi 5. Zamburug’lar xaqida nimalarni bilasiz? 3-ilova Mavzu bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar. 1. Alberts B., Brey D. i dr. Molekulyarnaya biologiya kletki. 3 t. M ., “Mir”, 1996, 400b. 2. Atabekova A.I.,Ustinova E.I. Sitologiya rasteniy, “Agropromizdat”, M., 1987, 244b. 3. Bilich G.L. Biologiya, sitologiya, gistologiya, anatomiya cheloveka. Sankt-Peterburg, “Soyuz”, 2001, 445b. 30-rasm 31-rasm |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling