Toshkent kimyo-texnologiya instituti «vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi» fakulteti «biotexnologiya» kafedrasi
Download 4.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Biologiya ma\'ruza 2022
2 – MAVZU:
Hujayra biologiyasi. Hujayrasiz shakillari. Eukariot va prokariyot organizmlar 1-ilova Reja Hujrasiz organizmlar Prokariotlar (bakteriyalar, suv o’tlari). Eukariotlar (hayvon va o’simlik hujayralari Zamburug’lar xaqida tushincha Hujayra haqidagi fan sitologiya bo'lib, yunoncha «sitos» — hujayra, «logos» — fan degan so'zlardan olingan. Sitologiya hujayraning va uning tarkibiy qismlari tuzilishini kimyoviy tar- kibini, ularning bajaradigan vazifalarini, ko'payishi va rivoj- lanishini, atrof-muhit omillari bilan munosabatini o'rganadi. Hozirgi davrda boshqa fanlar metodlarining sitologiyada foy- dalanish natijasida yangi fan — hujayra biologiyasi shakllandi. Bu fan sitologiya, biokimyo, molekulyarbiologiya va moleku- lyargenetika fanlar kompleksidan iborat. Hujayrani o'rganish kattalashtirib ko'rsatuvchi asboblarning yaratilishi bilan uzviy bog'liq. Birinchilar qatorida gollandiyalik aka-uka Gans va Zaxariy Yansenlar ikkita kattalashtiruvchi oynani naychaga o'rnatdi. Italyan olimi G.Galiley, K.Drobbellar tomonidan dast- labki kattalashtiruvchi asboblar yaratilgan. 1609—1610-yilda italyan olimi Galileo Galiley kattalashtirib ko'rsatuvchi asboblar- dan birini konstruksiyasini ishlab chiqdi. Bu asbob 35—40 marta kattalashtirib ko'rsatar va avvalgilaridan ancha takomillashgan edi. 1625-yilda F.Stelluti ham kattalashtirib ko'rsatuvchi asbobni yaratadi. I.Faber bu kattalashtirib ko'rsatuvchi asbobni «mikroskop» deb atashni taklif qildi. Bu davrga kelib kattalashtirib ko'rsatuvchi asboblar bir qancha olimlar tomonidan yaratilgan. Sekin-asta kattalashtirib ko'rsatuvchi asboblar takomillashib bordi. Natijada ko'zga ko'rinmas bo'lgan jismlarni ham ko'rish imkoniyati tug'ildi. 1665-yilda ingliz fizigi va botanigi Robert Guk o'zi yasagan mikroskopda o'simlik poyasi po'stlog'ining ko'ndalang kesmalarini ko'zdan kechirar ekan, ari uyalariga o'xshab ketadigan mayda-mayda bo'shliqlarni ko'rdi va ularni hujayralar (lotincha cellula — katakcha, uyacha) deb atadi. R.Guk hujayra pardalari saqlanib qolgan, ichi bo'shliq o'lik hujayralarni ko'rgan va o'zining kashfiyotiga katta ahami- yat bermagan edi. Guk tekshirishlari biologlar orasida qiziqish uyg'otdi. Turli mamlakatlarning olimlari har xil o'simlik va hayvonlar to'qimalarining mikroskopik tuzilishini tekshira bosh- ladilar. Golland olimi Anton van Levenguk o'zi yasagan mikroskopda hayvon hujayralarini, spermatazoid va qizil qon hujayralari — eritrotsitlarni 270 marta kattalashtirib o'rgangan (1680-yil). Shu davrdan hujayrani o'rganish jadallashdi. 1671-yilda italiyalik botanik, anatom, va embriolog olim Marchello Malpigi va 1673—1682-yillarda angliyalik botanik Neyemiya Gryular o'simlik hujayrasining tuzilishini o'rgandi. 1830-yil chex olimi Yan Evangelista Purkinye birinchi bo'lib hujayra tarkibidagi suyuqlikni aniqladi va uni «protoplazma» deb atadi. 1831-yil angliyalik botanik Robert Broun orxideya o'simligi hujayrasi yadrosini aniqlab uni «nucleus» — «yadro» deb atadi. 1838-yilda germaniyalik botanik Mattias Yakob Shleyden o'simlik hujayrasini to'liq ta'riflab berdi. 1839-yilda germaniyalik zoolog Teodor Shvann hayvon hujayrasini o'rganib, M. Shleyden bilan birgalikda «Hujayra nazariyasi»ni yaratishdi. 1841-yilda Remak hayvonlarda amitozni aniqladi. 1848-yilda nemis botanigi Vilgelm Gofmeystr tradeskan- siyada xromosomalar shaklini aniqladi. 1875-yilda nemis botanigi Eduard Strasburger o'simlik hujayrasida mitozni kashf qildi. 1876-yilda belgiyalik embriolog Eduard Van Beneden va 1888-yilda nemis sitolog va embriolog olimi Teodor Boveri «hujayra markazini» aniqladi. 1878-yilda Shleyxer yadroni bo'linishini kariokinezni aniqladi. 1882-yilda nemis gistologi va sitologi Valter Flemming hayvon hujayrasida, nemis botanigi Eduard Strasburger o'simlik hujayrasida xromosomalarni aniqladi. 1882-yilda Strasburger o'simliklarda amitozini kashf qildi. 1884-yilda Strasburger profaza, metafaza, anafaza termin- larini fanga kiritdi. 1884-yilda Van Beneden meyozni kashf etdi. 1885-yilda nemis anatom va gistolog olimi Vilgelm Valdeyr fanga «xromosoma» terminini kiritdi. 1887-yilda Uitman «sitokinez»ni aniqladi. 1894-yilda nemis anatom va gistolog olimi Karl Benda mitoxondriya terminini kiritdi. 1894-yilda nemis fiziolog va gistolog olimi Geydengayn telofaza terminini kiritgan. — 1898-yilda italyan gistologi Kamilo Golji «Golji apparati» ni aniqladi. 1838—1839-yillarda nemis olimlari botanik M. Shleden va zoolog T. Shvann organizmlarning hujayra tuzilishi to'g'risidagi hamma to'plagan ilmiy ma'lumotlarni umumlashtirib, tahlil qilib hujayra nazariyasini yaratdilar (1-rasm). O'sha paytdagi yaratilgan hujayra nazariyasining asosiy qoidalari tubandagilardan iborat: Hujayra hamma tirik organizmlarning asosiy tuzilish birligi hisoblanadi. Hamma hujayralarda kimyoviy tarkibi va umumiy hayotiy jarayonlari tomondan o'xshash. Hujayraning hosil bo'lishi o'simlik va hayvon organizmla- rining o'sishi, rivojlanishi, takomillashishini ta'minlaydi. 1859-yili nemis shifokor olimi Rudolf Virxov (1821—1902), hujayrasiz hayot yo'qligini, hujayra faqat avval mavjud hujayralar- ning ko'payishidan paydo bo'lishini isbotlab berdi. Virxov hujayralarning buzilishi natijasida kasalliklar kelib chiqishini asoslab, hujayra patologiyasiga asos soldi. Virxov hujayrani hayot- ning hamma xossalariga ega bo'lgan eng kichik morfologik element deb qaradi va hujayraning asosiy struktura elementi pardasi bo'lmay, balki ichidagi narsasi, ya'ni protoplazmasi bilan yadrosi ekanligini Shvann bilan ketma-ket isbot qilib berdi. Karl Ber hamma ko'p hujayralilarning rivojlanishi bitta tuxum hujayradan boshlanishini isbotlab berdi. Bu esa barcha ko'p hujayralilar bir hujayralilardan kelib chiqqanligini isbotlashga qaratilgan edi. Hozirgi zamonda fanning har tomonlama rivojlanishi natijasi- da hujayra nazariyasining asosiy qoidalari quyidagilardan iborat: Hujayra tiriklikning tuzilishi, funksiyasi va rivojlanishning eng kichik birligidir. Hujayralar faqat bo'linish yo'li bilan ko'payadi. Har bir yangi hujayra dastlabki hujayraning bo'linishi natijasida hosil bo'ladi. Barcha ko'p hujayrali organizmlarning hujayralari bilan bir hujayralilarning tuzilishi va fiziologik jarayonlari jihatidan o'xshash bo'lib, ko'p hujayrali organizmlar bir hujayralilardan kelib chiqqanligini bildiradi. Hujayrada uni qayta quradigan va boshqaradigan genetik informatsiya saqlanadi. Ko'p hujayralilarda har xil ixtisoslashgan hujayralar birlashib to'qimalarni hosil qiladi. Ular nerv va gumoral sistemalar orqali idora etiladi. Hujayra nazariyasi kashf qilingandan so'ng, hujayra va unda kechadigan jarayonlarning mohiyati fanga ma'lum bo'la boshladi. Hujayrani o'rganishning ahamiyati. Hujayralarning tuzilishi, kimyoviy tarkibi va bajaradigan funksiyalarini o'rganish faqat biologiya qonuniyatlarini to'g'ri tushunish uchungina emas, balki tibbiyotda, veterinariyada, qishloq xo'jaligida ham katta ahamiyat- ga ega. Masalan, odamlarda uchraydigan ko'pgina kasalliklarning asosida hujayra faoliyatining izdan chiqishi yotadi. Qandli diabet kasalligining sababi organizmda uglevod almashinuvini boshqaruv- chi gormonlardan biri — insulin ishlab chiqaruvchi oshqozon osti bezining ayrim hujayralari faoliyatining buzilishidir. Hujayralarning bo'linishi, ularning ixtisoslashishi qonuniyatlarini yaxshi bilmasdan jarohatlangan a'zolar va to'qimalarning qayta tiklanishi, yomon sifatli o'sma kasalliklarning kelib chiqish sabablari, muammolarini o'rganish mumkin emas. Hayvonlarda va odamlarda uchraydigan ko'pgina yuqumli kasalliklarning qo'zg'atuvchilari bir hujayrali parazit organizmlar — bezgak para- ziti, koksidiyalar, toksoplazma, dizenteriya amyobasi va boshqalar hisoblanadi. Mazkur kasalliklarni davolash va ularni oldini olish uchun ularning qo'zg'atuvchilari — bir hujayrali sodda hayvonlar- ning biologiyasini yaxshi bilish zarur. Hujayra biologiyasini o'rganishda mamlakatimiz olimlarining ham katta hissalari bor. Akademiklar Komiljon Ahmedjanovich Zufarov, Jahongir Hakimovich Hamidov va ularning shogirdlarini bu sohada ishlari diqqatga sazovordir. 1-Viruslar – bu mustaqil genom (DNK yoki RNK) tuzilishiga ega bo’lgan, tirik organizmlar to’qima hujayrasida yoki hujayra kulturalarida ko’paya olish (reprodukstiya) va moslashish (adaptastiya) hamda o’zgaruvchanlik xususiyatlariga ega bo’lgan hayotning hujayrasiz shaklidir. Hozirda odamlar, umurtqali hayvonlar, qushlar, baliqlar, o’simliklar va mikroorganizmlarni zararlovchi viruslar juda ko’p uchraydi. Hujayrasiz shakillari. Viruslarning xususiyatlari: 1. Viruslarda stitoplazma, yadro, mitoxondriya va ribosoma kabi organellalar yo’q, shuning uchun ularda hujayraviy jarayon bo’lmaydi. 2. Viruslar o’z tarkibida genom vazifasini bajaruvchi faqat 1 ta nuklein kislota (DNK yoki RNK) tutadi. 3. Viruslarning xususiy oqsil sintezlovchi va energiyani boshqaruvchi tizimi yo’q, ya’ni to’liq xo’jayin hujayrasiga bog’liq bo’lgan genetik darajadagi qat’iy hujayra ichi paraziti hisoblanadi. 4. Viruslar dis’yunktiv usulda ko’payadi va sezuvchan hujayrada reprodukstiyalanadi, bunda u xo’jayin hujayra resurslari va biosintetik tizimlaridan foydalanadi. Viruslarning 2 xil ko’rinishi farqlanadi - hujayradan tashqaridagi va hujayra ichi virusi. Hujayradan tashqaridagi virus fanda virion deb nomlanadi (eski adabiyotlarda nomlanishi –virusli bo’lakcha). Bu hayot faoliyatini namoyon etmaydigan etilgan virus ko’rinishidir. Virion virusni tashqi muhitda saqlash va uni bir organizmdan boshqa bir organizmga hamda bir xujayradan boshqa bir hujayraga o’tkazish vazifasini bajaradi. Hujayra ichi virusi – vegetativ virusdir. U zararlangan hujayrada reprodukstiyalanadi, produktiv infekstiyani qo’zg’atadi, virionning yangi avlodi shakllanadi va natijada hujayra halok bo’ladi. Reprodukstiya jarayoni tugallanmasdan ham qolishi mumkin, bunda virion hosil bo’lmaydi va abortiv infekstiya kelib chiqadi. Ayrim viruslar o’zining genetik materialini xo’jayin hujayra xromosomasiga provirus ko’rinishida o’tkazish qobiliyatiga ega. Provirus bo’linish jarayonida hujayra xromosomasi bilan birgalikda replikastiya qilinadi va yangi qiz hujayraga o’tadi. Virusli infekstiyaning bunday shakli integrativ deb nomlanadi va uzoq vaqt saqlanishi yoki yana produktiv infekstiyaga aylanishi mumkin. Viruslarning (Virionlarning) tuzilishi va morfologiyasi. Viruslar o’lchami juda kichik, ya’ni 20 nm dan 300 (350) nm gacha bo’ladi. Ular sferik (sharsimon), ko’p qirrali, tayoqchasimon, o’qsimon, ipsimon, to’g’nog’ichsimon shakllarga ega bo’lishi mumkin. Tuzilishi bo’yicha oddiy (qobiqsiz) va murakkab (qobiqli) viruslar farqlanadi. Ikkalasining ham markazida nuklein kislota (DNK yoki RNK) molekulasi joylashadi va uni oqsil qobiq – kapsid o’rab turadi. Bunday tuzilma – nukleokapsid deb nomlanadi. Oddiy viruslar ichki oqsil bilan birikkan nuklein kislota va kapsiddan tashkil topgan, ya’ni nukleokapsiddan iborat. Murakkab viruslarda nukleokapsid virionning o’zagi hisoblanib, ustki qismida superkapsid –tashqi qobiq bilan o’ralgan. Membrananing ikki lipidli qavatida virusga xos bo’lgan oqsil –glikoproteinlar joylashgan bo’lib, o’simtalar ko’rinishda tashqariga chiqib turadi. Bu glikoproteinlar - gemagglyutininlar, neyraminidaza, qo’shiluvchi oqsil va boshqalardan iborat bo’lib, virionning hujayra resteptorlariga birikishiga va hujayraga kirishiga javobgar hisoblanadi. Ular antigenlik xususiyatiga ega (protektiv antigenlar). Ko’plab murakkab viruslar superkapsidiga ichkaridan matriks oqsil qavati birikadi (M-qavat), ayrim viruslar boshqa qo’shimcha tuzilmalarga ham ega (1-rasm). 1-rasm. Oddiy va murakkab viruslarni tuzilish sxemasi. Himoya oqsil qobig’i – kapsid bir xildagi oqsil subbirliklaridan tuzilgan. Kapsidning bunday tuzilishi kichik genomga ega viruslar uchun 7 katta biologik ahamiyatga ega, chunki bunda genetik axborot kam sarflanadi. Viruslar kapsidi oqsil subbirliklarining joylashishiga bog’liq holda spiralsimon yoki kubsimon simmetriya tipida tuzilgan. Virusning kimyoviy tarkibi:-Viruslarning asosiy tarkibi nuklein kislota va oqsildan iborat. Oddiy viruslar faqat shulardan tashkil topadi. Murakkab viruslar tarkibida esa qo’shimcha lipidlar va uglevodlar bo’ladi. Nuklein kislotaning turiga qarab viruslar DNK - genomli va RNK – genomliga bo’linadi. Viruslarning nuklein kislotasi hujayra nuklein kislotalaridan farqli ravishda, har xil tuzilishga va shaklga ega bo’ladi. Nuklein kislotaning turi asosiy taksonomik belgilardan biri hisoblanadi. Virus DNKsi odatda ikki ipli, ba’zan bir ipli bo’ladi. Ikki ipli DNK halqasimon, chiziqli ikki uchi yopiq yoki chiziqli ikki uchi ochiq bo’ladi. Virus RNKsi ko’pincha bir ipli bo’ladi, lekin genomning bir bo’lagini tutgan ikki ipli RNKlar ham mavjud. Bir ipli RNK to’liq chiziqli, bo’lakli (segmentli) chiziqli, halqasimon bo’ladi. Musbat genomli (RNK+) va manfiy genomli (RNK-) RNK farqlanadi. Musbat RNK bir vaqtning o’zida genom va axborot RNK (i - RNK) vazifasini bajaradi hamda yangi avlod genomi sintezi uchun matrista bo’lib xizmat qiladi. Manfiy RNKga (RNK-) faqat genom vazifasi xos, bundan tashqari u genom va axborot RNK (i- RNK) sintezi uchun matrista vazifasini bajaradi. Virus nuklein kislotasining asosiy xususiyati yuqumlilik hisoblanadi, ya’ni virusning boshqa komponentlari qatnashmasada, u xo’jayin hujayrasida produktiv infekstiyani chaqirishga qodirdir. Yuqumlilikni viruslarning DNK si va musbat RNK si keltirib chiqaradi. Viruslar reprodukstiyasi (ko’payishi) Hujayradagi viruslar reprodukstiyasi (produktiv infekstiya) – yagona jarayon bo’lib, shartli ravishda bir necha bosqichlarga bo’linadi: 1. Virusning hujayraga adsorbstiyasi. 2. Virusning hujayraga kirishi. 3. Virusning deproteinizastiyasi va uni nuklein kislota (genom) dan ozod bo’lishi. 4. Virus genomini ekspressiyasi va virion komponentlarining sintezlanishi (transkripstiya, translyastiya, replikastiya). 5. Virusning shakllanishi (morfogenez). 6. Hujayradan virus yangi avlodining chiqishi. Boshlang’ich 3 bosqich tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi. Xususiy reprodukstiya 4 - bosqichdan boshlanadi. Bunda virus genomiga bog’liq programmaga mos ravishda jarayon sodir bo’lib, hujayraning biosintetik tizimlarda yangi avlod virusnining ishlab chiqarilishiga moslashishi va ularning hujayradan ozod bo’lishi kuzatiladi. Reprodukstiya jarayoni viruslarning turli xil oila va avlodlarida sezilarli farqlanadi, bu virionning xususiyatlari va ularda nuklein kislotaning tuzilishi bilan bog’liq. Shuning uchun turli xil viruslarda reprodukstiyaning ketishi “Virusologiya” bo’limida to’liq ko’rib o’tiladi. Zamonaviy tasnif bo’yicha odam uchun patogen bo’lgan viruslar 22 ta oilaga kiritiladi (2 - rasm; 1-jadval), shulardan 8 tasi DNK – genomli viruslar va 14 tasi RNK - genomli viruslardir. Yaqinda yana 19 oila hisobga olindi. Oxirgi yillarda A stroviridae,Cirsinoviridae va Filoviridae yangi oilalari yaratildi. Papovaviridae oilasi ikkiga: Papillomaviridae va Poliomaviridae larga bo’lindi. Shunday qilib, viruslar tasnifi to’ldirilib va takomillashtirilib borildi. Odam uchun patogen bo’lgan viruslar orasida faqat odamni zararla ydigan hamda odam va umurtqali hayvonlar uchun patogen bo’lgan viruslar uchraydi. Ba’zi viruslar filogenetik barerni engib o’tish qobiliyatiga ega bo’lib, faqatgina odam va umurtqali hayvonlar organizmida emas, balki umurtqasizlar (kanalar, chivinlar, iskaptoparlar va boshqalar) organizmida ham ko’payadi. Bunday viruslarga: bunyaviruslar, togaviruslar, flaviviruslar, rabdoviruslarning ayrim avlodlari, arenoviruslar va reoviruslar kiradi. Bu viruslar uchun bo’g’imoyoqlilar ham tabiiy xo’jayin, ham infekstiya tashuvchi bo’lib hisoblanadi. Bunday viruslar arboviruslarning ekologik guruhini tashkil etadi. Nega yangi viruslar paydo bo’lmoqda? Insoniyat faoliyati ortidan atrof-muhitning o’zgarishga uchrashi yangi viruslarning paydo bo’lishiga turtki bo’layotganini olimlar aniqlashdi, deb yozmoqda «RIA Novosti»ga tayanib "Xabar" nashri. Bu erda gap insonga moslashgan viruslar xususida boryapti. Olimlar bu viruslarni tahlil qilish davomida eng ko’p xavf tug’diruvchi uch xil hayvonlar toifasini belgilashdi. 1. Uy hayvonlari. Epidemiya uy hayvonlari orqali eng ko’p tarqaydi. Bu jonivorlar yovvoyi tabiatda yashovchilariga qaraganda viruslarni odam bilan sakkiz baravar ko’proq bo’lishadi. 2. Inson faoliyatiga moslashgan yovvoyi hayvonlar. Urbanizastiya sayyoramizda hayvonot olami xilma-xilligini kamaytirgani bilan, ayrim turlar yangi muhitga boshqalariga nisbatan ancha moslashib ketgan. Ba’zi xil kemiruvchilar (masalan, sichqon va kalamushlar), ko’rshapalaklar va maymunlar bunga misoldir. 3. Ov qilish, savdosi bilan shug’ullanish va yashash muhit sifati pasayib ketgani bois qirilib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi hayvonlar. Tadqiqotlar boshqa sabablar oqibatida populyastiyasi qisqarib borayotgan jonivorlarga qaraganda, ayni shu toifa hayvonlar zooz viruslarni ikki hissa ko’p tashishini ko’rsatmoqda. 3-rasm. Yangi viruslarning ko’payishi. Download 4.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling