Toshkent kimyo texnologiyalari instituti
Oqava suvlarni tozalash sxemalari
Download 1.04 Mb.
|
Kurs ishi oqova suvlarni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. Oqova suvlarni konsentrlash
Oqava suvlarni tozalash sxemalari:
Bu chizmalarda oqava suvlarni tozalash sxemalari aks ettirilgan 1-chizmada Oqova suvdagi xlorbenzoini desorbsiyalash qurilmasining chizmasi: 1 — sig‘im; 2 — nasos; 3 — azot kollektori; 4 — kolonka; 5 — chiqib ketuvchi gazlarning kollektori. 2-chizmada Oqova suvni isitish bilan degazatsiyalash qurilmasining chizmasi: I — o‘choq; 2 — zmeyevik; 3 — nasos; 4 — issiqlik-almashtirgich; 5 — vakuum-nasos; 6 — sig‘im. 3-chizmada Ultrafiltrlash yordamida oqova suvlardagi moy emulsiyasini ajratish qurilmasining chizmasi: 1 — sig‘im; 2 — erimagan moylaming qatlami; 3 — nasos; 4 — idish; 5 — ultrafiltrlash qurilmasi; 6 — suvni qo'shimcha ajratish uchun bak; 7 — moy uchun sig'im. 4-chizmada Oqova suvlarni og‘ir metallar ionlaridan tozalashning reagent usuli sxemasi tasvirlangan. 2.3. Oqova suvlarni konsentrlash Oqova suvlarni tozalashning termik usullari: Termik usullar yordamida tarkibida kalsiy, magniy va boshqa mineral tuzlar hamda organik birikmalar bo‘lgan oqova suvlar zararsizlantiriladi. Bunday oqova suvlarni zararsizlantirish quyidagi usullar yor- damida amalga oshiriladi: — erigan moddalarni ajratish bilan oqova suvlarni konsentrlash; — katalizator ishtirokida organik moddalarni oksidlash; — organik moddalarni suyuq fazada oksidlash; — olovli zararsizlantirish. Oqova suvlarni konsentrlash Oqova suvlarni konsentrlash usuli asosan tarkibida mineral moddalar boʻlgan oqova suvlarni zararsizlantirish maqsadida qo‘llaniladi. Bu usul oqova suvdan tuzlarni ajratib olib, aylanma suv ta’minotiga yaroqli bo'lgan toza suv olish imkonini beradi. Mineral moddalar va suvning ajralish jarayoni ikki bosqichda olib boriladi. Sxemasi: 1) konsentrlash; 2) quruq moddalarning ajralish bosqichi. Oqova suvlarni konsentrlash bug‘latuvchi, muzlatuvchi va kristallogidrat qurilmalarida davriy va uzluksiz ravishda olib bori- lishi mumkin. Adsorbsion qurilmalar. Oqova suvlarni adsorbsion tozalashda suv adsorbent bilan shiddatli aralashtiriladi. Natijada suv ad- sorbent qatlami orqali filtrlanadi. Adsorbentni suv bilan aralash- tirishda o‘lchamlari 0,1 mm va undan kichik bo‘lgan faol ko‘mir zarrachalari ishlatiladi. Jarayon bir yoki bir necha bosqichda olib boriladi. Bir bosqichli statik adsorbsiya usulida juda arzon adsorbentdan yoki ishlab chiqarish chiqindisidan foydalaniladi. Adsorbent qurilma sxemasi: a — bir yarusli silindrsimon adsorber: 1 — kolonna; 2 — voronka; 3 — truba; 4 — panjara; 5 — yig‘gich. b — bir yarusli chiqarib qo‘yilgan aralashtirgichli: 1 — aralashtirgich; 2 — nasos; 3 — kolonna; 4 — yig‘gich. d — uch yarusli: 1 — kolonna; 2 — panjaralarli; 3 — adsorbentni aralashishi uchun trubka; 4 — yig‘gich. Adsorbsion tozalashga misollar. Tarkibida 100—400 mg/1 nitrobirikmalar bo‘lgan oqova suvni KAD ko‘miri bilan adsorbsion tozalashda ularning qoldiq miqdori 20 mg/1 bo‘lguncha olib boriladi. Ko‘mir erituvchilar bilan (benzol, metanol, etanol, metilen xlorid) regeneratsiyalanadi. Erituvchi va nitrobirikmalar haydash orqali ajratiladi. Ko'mirda qolgan erituvchi o‘tkir hidli bug* yordamida ajratiladi. Fenollarni ajratib olish uchun turli markadagi ko‘mirlar ishlatiladi. Kuchli karbonlangan, kam zolli, selektiv ko‘p g'ovakli ko‘mirlar yuqori g‘ovakli tuzilishga ega. Bunday ko‘mirlar bilan fenolni ajratib olish darajasi 50—99% gacha yetadi. Sorbsion sig‘im pH muhiti kamayishi bilan oshadi, pH = 9 da 10—15% ni tashkil qiladi. XULOSA Xulosa o’rnida aytish mumkinki, atrof-muhit (suv, havo, tuproq)ning ifloslanishi biosferaning normal hayot faoliyatining buzilishiga, iqlim o‘zgarishiga, o‘simlik va hayvonot turlarining yo‘q bo‘lib ketishiga, aholi salomatligining yomonlashishiga olib kelmoqda. Mamlakatimizda va chet davlatlarda atrof-muhit ifloslanishini kamaytirish va oldini olish maqsadida tegishli qonunlar ishlab chiqilmoqda, turli tcxnologik, sanitar-texnik, texnik, tashkiliy va boshqa chorn-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Sanoatning rivoj- lanishi, qishloq xo'jaligining sanoat asosiga o ‘tkazilishi, shahar- larning o‘sishi, odamlarning ko‘payishi suv iste’molining ortishiga olib kelmoqda. Bugungi kunda sanoat korxonalarida tarkibi turlicha bo'lgan oqova suvlar hosil bo‘lmoqda. Tabiiyki ularai tozalash uchun zamonaviy tozalash inshootlari va texnologiyalarini yaratish hamda joriy etish hozirgi kunning muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, sanoat korxonalarida suvning yopiq zaniirli tizim ini hosil qilish hisobiga toza suv iste’m olini kamaytirish ham asosiy muammolardan biridir. Buning uchun shu sohada ishlovchi mutaxassislarda yetarlicha bilim, ko‘nikma va malakalar bo‘lishi talab etiladi. Oqova suvlarning hosil bo‘lishi, sinflarga bo‘linishi, tozalash usullari: mexanik usullar—suzish, tiniqlashtirish, tindirish, filtrlash, sentrifugalash va fizik-kimyoviy usullar — flotatsiya, koagullash, flokullash, adsorbsiya, ion almashinish, ekstraklash, teskari osmos va ultrafiltrlash,desorblash, dezodoratsiya va degazatsiya; elektrkimyoviy usullar — elektrokoagullash, anodli oksidlash va katodli qaytarish, elektr-flotatsiya, elektrdializ; kimyoviy usullar — neytrallash, oksidlanish va qaytarilish, biokimyoviy usullar — aerob va anaerob sharoitlarda tozalash, shuningdek, termik usullar ushbu kurs ishida atroflicha yoritilgan. Quyosh radiatsiyasi va iflos suvga toza suv kelib quyilishi natijasida suv qaytadan tozalanadi. Turli bakteriya, zamburug‘ va suv o'tlari suvni qayta tozalashda faol agentlardan hisoblanadi. Suv turli iflos moddalarga haddan tashqari to ‘yingan bo‘lsa, u holda uni tozalash uchun turli mustaqil yoki kompleks usullardan foydalaniladi. Suv ta’minotining yopiq tizimini hosil qilish uchun sanoat oqova suvlari mexanik, kimyoviy, fizik-kimyoviy, biologik va termik tozalash usullari orqali korxona turiga qarab suvning zarur sifatiga qadar tozalanadi. Oqova suvlarni tozalash va uni qayta ishlash inson hayotida judayam katta ahamiyatga ega. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling