Toshkent kimyo texnologiyalari instituti


Oqova suvlarni tozalashning fizik kimyoviy usullari


Download 1.04 Mb.
bet5/9
Sana13.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1194102
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi oqova suvlarni

2.2. Oqova suvlarni tozalashning fizik kimyoviy usullari
Oqova suvlarni fizik-kim yoviy tozalashga koagullash,
flokullash, adsorblash, ion-almashinish, ekstraklash, rektifiklash,
bug‘latish, distillash, qaytar osmos, ultrafiltrlash, kristallash,
desorblash kabi usullar kiradi. Bu usullar oqova suvlar tarkibidagi
mayda dispers zarrachalardan (qattiq va suyuq), erigan gazlardan,
mineral va organik moddalardan tozalashda qo‘llaniladi. Fizik-
kimyoviy usullarni qo'llash biokimyoviy usullarga nisbatan bir
qator afzalliklarga ega:
1. Oqova suv tarkibidagi zaharli biokimyoviy oksidlanmaydigan
organik ifloslantiruvchilarni yo‘qotish mumkin.
2. Ancha chuqur va barqaror darajada tozalashga erishiladi.
3. Qurilmalar oicham i kichik
4. Bosimlar o'zgarishigata’sirchanligi kam.
5. To‘liq avtomatlashtirish mumkin.
6. Ba’zijarayonlarning kinetikasi chuqur o‘rganilgan, model-
lashtirish, matematik izohlash va optimallashtirish imkoniyati bor.
7. Turli moddalarni rekupirlash imkoni bor.
Oqova suvlarni tozalashda sanitariya va texnologiya talablariga
amal qilgan holda usul tanlanadi. Bunda oqova suvning miqdori,
ifloslovchi moddalarning konsentratsiyasi, moddiy va energetik
resurslarning mavjudligi va jarayonning foydaliligi hisobga olinadi.
Koagullash. Bu jarayonda dispers zarrachalar o ‘zaro ta ’sirla-
shishi natijasida yiriklashadi va agregatlar hosil qilib birikadi. Bu
usuldan mayda dispers iflosliklardan va emulgirlangan moddalardan
tozalashda foydalaniladi. Usul suvdan 1—100 mkm oMchamli
kolloid dispers zarrachalarni ajratib olishda yaxshi samara beradi.
Koagullash jarayoni kimyoviy va fizikaviy jarayonlar yordamida
amalga oshiriladi. Oqova suvlarni koagullash uchun unga maxsus
moddalar — koagulantlar qo‘shiladi. Koagulantlar suvda og‘irlik
kuchi ta’sirida tez cho‘kadigan metall gidroksidlari iviqlarini hosil
qiladi. Oqova suvlarni biokimyoviy tozalashdan so‘ng erigan organik
moddalardan to‘liq tozalash uchun adsorbsiya usulidan foydala-
niladi. Agar suvda organik moddalarning konsentratsiyasi yuqori
bo‘lmasa va ular biologik parchalanmasa yoki kuchli zaharli bo‘Isa,
mahalliy qurilmalarda ham adsorbsiya jarayoni qo'llaniladi.
Adsorbentning kam solishtirma sarfida modda yaxshi adsorbsiyalansa
mahalliy qurilmalarning ishlatilishi maqsadga muvofiq.
Adsorbsiya usuli oqova suvlarni fenol, gerbitsit, pestitsid,
aromatik nitrobirikmalar, SFM, bo‘yovchi va boshqa moddalardan
zararsizlantirishda qo'llaniladi. Bu usulning afzalligi yuqori
samaradorligi bo'lib, tarkibida bir nechta modda bo‘lgan oqova
suvlarni tozalash va ularni rekuperatsiya qilish mumkinligidadir.
Oqova suvlarni adsorbsion tozalash regenerativ va destruktiv
bo‘lishi, ya’ni oqova suvlardan ajratib olingan moddalar adsorbent
birga yo'qotib yuborilishi mumkin. Oqova suvni adsorbsiya
usulida tozalashning samaradorligi 80—95% ga teng. Bu
adsorbentning kimyoviy xususiyati, adsorbsiya yuzasining o‘lchami,
moddaning kimyoviy tuzilishi va uning aralashmadagi holatiga bog'liq.
Adsorbentlar sifatida faollangan ko‘mir, sintetik sorbentlar va ishlab
chiqarishdagi ba’zi chiqindilar (kul, shlak, qipiq va hokazo) ishlatiladi.
Mineral sorbentlar — tuproq, silikagel, alumogel va metall gidroksidlari
oqova suvlardagi turli moddalarni adsorbsiyalash uchun kam ishlatiladi,
chunki ularning suv molekulalari bilan ta’sirlashish energiyasi juda katta,
ba’zida adsorbsiya energiyasidan oshib ketadi. Adsorbentlar orasidan
faollangan ko‘mir ko‘p ishlatiladi, ammo u ma’lum bir xususiyatga ega
bo‘lishi kerak.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling