Toshkent kimyoviy texnologiya instituti yangiyer filiali noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti


Download 20.04 Kb.
bet3/3
Sana28.12.2022
Hajmi20.04 Kb.
#1011423
1   2   3
Bog'liq
O\'zbek modeli

«chuqurlashtirish» (1996 yil) «erkinlashtirish» (1999 yil) va «demokratik o’zgarishlar orqali fuqarolik jamiyat asoslarini shakllantirish» (2002 yil) kabi konseptual g’oyalarida belgilab bergan.
Ammo bu – o’tish davrining mustaqil ravishda bir necha bosqichlardan iborat ekan, – degan xulosa kelib chiqishiga asos bo’lmasligi kerak. Chunki o’tish davrining o’zi mamlakatning turli tuzumlardan demokratiyaga o’tishdagi mustaqil «oralig’i», «ko’prigi» hisoblanadi. YUqorida ko’rsatilgan bosqichlar o’tish davrining uzluksizligini ifodalaydigan ko’rsatgichdir.
O’zbek modeli tushunchasi, avvalo, O’zbekistonning mustaqil milliy taraqqiyoti qanday bo’lishi lozimligini asoshakligan, uni muayyan maqsadlarga yo’naltiradigan eng umumiy nazariy xulosalar va mo’ljallar bilan davlatning belgilangan maqsadlarga erishishga qaratilgan amaliy siyosatining mushtarakligini anglatadi.
Biz qanday jamiyat barpo etmoqlamiz, degan masala Prezidentimizning «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» (1997), «O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari» (2002), «Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizasiya va isloh etishdir» (2005) kabi asarlarida ayniqsa o’zining tugal va mukammal ifodasini topdi. Unda qurilajak yangi jamiyatning ilmiy-falsafiy konsepsiyasi, jamiyat hayotini tubdan isloh etishning navbatdagi strategik vazifalari asoslab berilgan. Ana shu masalalarni bajarish milliy istiqlol g’oyasining pirovard maqsadlarini belgilaydi va bu maqsadlarga etishga xizmat qiladi.
Bizning bosh strategik maqsadimiz – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir. Bozor iqtisodiyoti, eng avvalo, ko’pmulkchilikka va ular o’rtasidagi raqobatga tayanadi. Unda mulkning barcha qonuniy shakllari teng huquqqa ega bo’lib, bu huquq davlat tomonidan kafolatlanadi.
«O’zbek modeli»ni bugungi kunda demokratik jamiyat barpo etish muhim o’ziga xos modeli ekanini dunyoning juda ko’plab siyosatshunos etakchi olimlari o’rganmoqda va uni tahlil qilmoqdalar. Masalan, rossiyalik tadqiqotchilar M.S.Gafarli, A.G.Kasaev, germaniyalik L.Levitin, Rossiya Fanlar Akademiyasining akademigi F.Burlaskiy uni yuksak baholashgan.
Mustaqil taraqqiyot yo’liga chiqqan O’zbekiston uchun eng asosiy, bosh masala milliy davlatchilik poydevorini barpo etish, mustaqillikning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini yaratish edi. Mazkur masalaga mustaqillikka erishgan barcha mamlakatlar turli davrlarda duch kelishgan va ular bu masalani turlicha hal etishgan. Shu sababli ilmiy adabiyotlarda ijtimoiy taraqqiyotning «Shved modeli», «Amerika modeli», «YApon modeli» kabi tushunchalar ishlatilmoqda. Mazkur tushunchalar zamirida muayyan mintaqa yoki mamlakatlar ijtimoiy taraqqiyotida siyosiy-iqtisodiy islohotlarni qaysi yo’l bilan, qay yo’sinda amalga oshirilishi bilan bir-biridan farqlanadi. Taraqqiyotning ―o‘zbek modeli‖ zaminida mamlakatimizda keng qamrovli siyosiy islohotlar amalga oshirildi. Bunda quyidagi muhim jihatlarga e’tibor qaratildi: Birinchidan, siyosiy islohotlarni amalga oshirishda milliy davlatchilik asoslari bosqichma-bosqich ravishda barpo qilina boshlandi.
Ikkinchidan, bu jarayonda jamiyatimiz demokratik taraqqiyoti manfaatlariga to‘liq mos keluvchi siyosiy institutlarni shakllantirish, uning huquqiy asoslarini yaratish masalalariga asosiy e’tibor qaratildi.
Uchinchidan, avvalgi totalitar tuzumga xizmat qilgan va umrini tugatib bo‘lgan davlat tuzilmalaridan to‘liq voz kechildi.
1-Prezidentimiz ta’kidlaganidek, ―Shu bois quyidagilar eng asosiy vazifamiz bo‘lib qoldi: Birinchidan. Eski ma’muriy – buyruqbozlik tizimini, unga muvofiq bo‘lgan hokimiyat va boshqaruv organlarini tugatish.
Ikkinchidan,yangi davlatchilikning siyosiy-huquqiy, konstitutsiyaviy asoslarini yaratish. Konstitutsiya va qonunlarda ijtimoiy munosabatlarning yangi tizimini, ham markazdagi, ham joylardagi davlat hokimiyati organlarining yangi tizimini mustahkamlab qo‘yish.
Yangi o‘zbek davlatchiligining qaror topish jarayoni ham tashqi, ham ichki murakkab sharoitlarda ro‘y berdi. Ichki siyosatimizda biz bir-biriga bog‘liq ikki vazifani hal qilishimiz lozim edi. Bu – yangi davlatchilikni barpo etish hamda keng ko‘lamli siyosiy va iqtisodiyislohotlarni amalga oshirish vazifasi edi.
Mamlakatimiz taraqqiyotining o‘zbek modeli‖ning eng bosh g‘oyasi xalqimiz uchun munosib bo‘lgan erkin, farovon hayotni barpo qilishdan iboratdir.Bu borada zamonaviy demokratiya prinsiplarini milliy manfaatlarimizdan kelib chiqib, jamiyatda qaror toptirish vazifasi ustuvor qilib belgilandi.
Ta’kidlash joizki, jamiyatimizda demokratiya va fuqarolik jamiyati g‘oyasini ijtimoiylashuvi va qaror topishida o‘zbek modelining barcha konseptual g‘oyalaridan izchillik bilan foydalanib kelinmoqda va shu bois ham ulkan samaralarga erishilmoqda. Zero, jamiyatda demokratiyani joriy qilishning yagona retsepti mavjud emas, har bir mustaqil davlat demokratik taraqqiyot yo‘liga o‘tishda birinchi navbatda o‘zining sotsio-madaniy asoslariga, milliy taraqqiyot modeliga tayanishi lozim bo‘ladi. Faqat shunday holatdagina mamlakatning demokratik taraqqiyoti kutilgan ijobiy natijalarni beradi.
I.A.Karimov rahnamoligida jamiyatimizda demokratik islohotlarni amalga oshirishda tadrijiy taraqqiyot uslublariga asoslanildi. Unga ko‘ra, demokratiya g‘oyasi va uning institutlari jamiyatimiz bag‘rida bosqichma-bosqich evolyusion tarzda rivojlantira boshlandi.
Taraqqiyotning o‘zbek modeli g‘oyasiga ko‘ra, yurtimizda yangi jamiyatni barpo etish uchun amalga oshiriladigan barcha islohotlar zaminiga inson omili qo‘yildi. Ya’ni ―islohot islohot uchun emas, balki, inson manfaatlari, uning, erki va farovonligi uchun, degan g‘oya barcha yangilanishlarning asosiy o‘zagi etib belgilandi. Shu munosabat bilan qurilayotgan yangi mustaqil davlat va jamiyatning asosiy bunyodkori ham, iste’molchisi ham mana shu yurtning erkin xalqi degan prinsip mamlakatimiz taraqqiyot strategiyasining markazida turuvchi omildir. Mazkur asos zaminida bilan taraqqiyotning o‘zbek modelini amalga oshirishning etakchi shartlaridan biri sifatida ma’naviy qadriyatlar va milliy o‘zlikni anglashni tiklash va rivojlantirish vazifalari belgilab olindi. Ta’kidlash joizki, jamiyat taraqqiyotiga nisbatan bunday yondashuv nihoyatda noyob vayangicha yondashuvdir. Zero, har qanday jamiyatning yangilik sari rivojlanishida avvalambor inson omili, undagi ijobiy o‘zgarishlar turadi. O’zbek modeli uning asosiy tamoyillari va jamiyat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayot sohalarida namoyon bo’lishi.
Download 20.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling