Toshkent kimyoviy texnologiya instituti yangiyer filiali noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti


Download 20.04 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi20.04 Kb.
#1011423
  1   2   3
Bog'liq
O\'zbek modeli


TOSHKENT KIMYOVIY TEXNOLOGIYA INSTITUTI YANGIYER FILIALI
NOORGANIK MODDALAR KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI FAKULTETI
103_22 GURUH TALABASI YOʻLDOSHEV MIRVOHIDNING ,,OʻZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI" FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI

Mavzu: O’zbek modeli va ijtimoiy taraqqiyot.
Reja
1. O’zbek modeli, uning mohiyati.
2. O’zbek modelining asosiy tamoyillari.
3. O'zbek modelining jamiyat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayot sohalarida namoyon bo’lishi.
4. Ijtimoiy taraqqiyot.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, taraqqiyotning beqiyos katta imkoniyatlari ochildi. Milliy mustaqillik tufayli xalqimiz siyosiy mutelik, qaramlik asoratidan qutildi. Davlat suvereniteti natijasida jamiyatimizni isloh etish va zamonaviy siyosiy taraqqiyot jarayonlarini amalga oshirish uchun mustahkam zamin va siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy hamda huquqiy asoslarni bosqichma-bosqich barpo qilish uchun keng imkoniyatlar paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston istiqlol tufayli o‘z taraqqiyotining tamomila yangi bo‘lgan tarixiy davriga qadam qo‘ydi. Mana shu davrning eng muhim xususiyatlaridan biri shunda ediki, endilikda xalqimiz o‘zining tub  manfaatlari  va  ehtiyojlaridan  kelib  chiqib,  rivojlanish  strategiyasini  belgilab  olish  va  uni  mustaqil  amalga  oshirishdek tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan shart-sharoitlarga erishdi.
I.A.Karimov ta’kidlaganidek, ― Biz mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab, o‘z umrini o‘tab bo‘lgan eski mustabid sovet tizimidan voz kechib, mamlakatimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga azmu qaror qildik. 
Bu modelning mohiyati O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan islohotlarning besh tamoyilida ta’riflab berildi. Mamlakatimiz aholisi o‘z davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yilligini butun jahon jamoatchiligi bilan tantanali ravishda nishonlayotgan bugungi kunda, to‘la ishonch bilan aytish mumkinki, bu yo‘l tajriba sinovidan o‘tdi. Tarixan qisqa, ammo zafarli natijalarga boy bo‘lgan taraqqiyotimiz, tanlangan modelning to‘g‘riligini isbotladi.

Ma’lumki, taraqqiyotning ―o‘zbek modeli‖ning mohiyati asosiy g‘oyalari eng dastlab Davlatimiz birinchi rahbarining ― “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” nomli fundamental asarida ko‘rsatib o‘tilgan edi. Keyinchalik mazkur taraqqiyot modeli haqidagi g‘oyalar Prezidentimizning boshqa asarlarida yanada rivojlantirildi va takomillashtirib kelinmoqda. Xususan, I.Karimovning ―O‘zbekiston – bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li, ―O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida‖ nomli asarlarida taraqqiyotning ―o‘zbek modelining asosiy mazmunini, o‘zagini belgilab beruvchi tamoyillar yanada chuqurroq asoslab berildi.

I.A.Karimov ta’kidlaganidek, ―Beshta asosiy qoida O‘zbekiston davlat qurilishi va iqtisodiyotini isloh qilish dasturining o‘zagidir. Ularning mohiyati quyidagicha: bir tomondan milliylik, ikkinchi tomondan umuminsoniylik yo‘nalishlari uyg‘unlashdi yoki ularning dialektik mutanosibligi o‘z aksini topdi. “Birinchi tamoyilimizda, – deb yozgan edi I.A.Karimov, – avval- iqtisod, keyin siyosat degan shiorni olg‘a surdik”. Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi nazarda tutiladi. Iqtisodiy islohotlar siyosatdan ortda qolmasligi zarur.


Download 20.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling