Toshkent kimyoviy texnologiya instituti yangiyer filiali noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti
Ikkinchi tamoyil -bu davlatning bosh islohotchi ekanligi
Download 20.04 Kb.
|
O\'zbek modeli
Ikkinchi tamoyil -bu davlatning bosh islohotchi ekanligi. Yangilanish va o‘zgarishlar
siyosatini ishlab chiqish va ularni izchillik bilan amalga oshirishni davlat o‘z zimmasiga oladi. Uchinchi tamoyil, o‘z navbatida jamiyat hayotida, barcha sohalarda qonunning ustuvorligi ta’minlanadi. Aynan O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasi ham umuminsoniy va milliy tamoyillarning mujassamlashgan yorqin namunasidir. To‘rtinchi tamoyil, bu aholining demografik vaziyati, ayniqsa, uning 60 foizidan ko‘prog‘ini yoshlar tashkil etganligi, kam ta’minlangan oilalarni, bolalarni, nafaqaho‘rlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida kuchli ijtimoiy siyosat olib boriladi. Beshinchi tamoyil – bu halqimiz an’analari, urf-odatlari hamda bozor iqtisodiyotining ob’ektiv qonun-qoidalarini hisobga olgan holda unga «shok terapiyasi» asosida emas, balki evolyusion tadrijiy asosda, puhta o‘ylab bosqichma-bosqich o‘tish nazarda tutiladi. O’zbekiston mustaqillik yillarida demokratik jamiyatga o’tishning uchta bosqichini bosib o’tdi. Ularning birinchisi, Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi – birinchi chaqiriq VI sessiyasida (1996 yil 29 avgust) «Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari»; ikkinchisi, Birinchi chaqiriq o’n to’rtiinchi sessiyasida «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» (1999 yil, 14 aprel) va nihoyat, uchinchisi, ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning to’qqizinchi sessiyasida «O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari» (2002 yil 29 avgust) qilgan ma’ruzalarida ko’rsatib berildi. Albatta, ana shu bosqichlar biri ikkinchisidan keskin farq qilmasada, ulardagi asosiy g’oya demokratik jarayonlarning olg’a tomon rivojlanishini va ma’lum bir vaqtga kelganda bu jarayonga yangi kuch, qudrat hamda faollik baxsh etishdir. Chunki jarayonlar izchillik bilan tahlil etilmasa, undagi asosiy muammo aniqlanmasa va istiqboldagi vazifalar belgilanmasa, rivojlanish ham bo’lmaydi. Shu ma’noda ham Prezident demokratik jamiyat qurish borasidagi vazifalarni Download 20.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling