Toshkent moliya inistituti soliq va soliqqa tortish yo’nalishi st -92 guruh talabasi ergashev javoxirbekning pul va banklar fanidan tayorlagan taqdimoti


Mikrokredit tashkiloti xizmatlaridan qanday foydalanish mumkin?


Download 1.61 Mb.
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1536045
1   2   3
Bog'liq
NOBANK

Mikrokredit tashkiloti xizmatlaridan qanday foydalanish mumkin?
Mikrokredit tashkilotlarning xizmatidan foydalanishda birinchi o‘rinda Siz, o‘zingizga eng maqbul shartlardagi takliflarni tanlashingiz zarur.
Mikrokredit tashkilotlari tomonidan xizmat ko‘rsatish shartlari haqidagi ma'lumotlarni mikrokredit tashkilotlarining rasmiy veb-saytlarida (mikrokredit tashkilotlari ro‘yxatiyoki ularning ofislariga tashrif buyurgan holda bilib olish mumkin.
Mikromoliyaviy xizmat ko‘rsatuvchi mikrokredit tashkilotini tanlagach, unga yuridik va jismoniy shaxslar mikromoliyaviy xizmatdan foydalanish uchun ariza hamda o‘z faoliyati va daromadlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni taqdim etishadi.
KREDIT UYUSHMALARI
Kredit uyushmasi - bu banklardagi singari kapitallar birlashuvidan emas, balki odamlar birlashmasidan iborat moliyaviy kooperativdir. Bank xizmatlaridan mijozlarning cheklanmagan doirasi foydalanadi. Banklardan farqli oʼlaroq, kredit uyushmalari oʼz faoliyatini shaxslarning muayyan doirasi bilan cheklaydi, yaʼni kredit uyushmasi xizmatlaridan faqat uning aʼzolari foydalanishi mumkin.
Banklarda mulk asosan muayyan shaxslar (aktsiyadorlar) qoʼlida jamlanadi, bu bank faoliyatini bir necha yirik mulkdor tomonidan nazorat qilish imkonini beradi. Kredit uyushmasining hamma aʼzolari uning mulkdorlari hisoblanadi. Ular kredit uyushmasi fondiga qoʼshgan hissalari miqdoridan qatʼi nazar, qarorlar qabul qilishda, uyushmani boshqarishda ishtirok etishda va uning faoliyati ustidan nazorat olib borishda teng huquqlardan foydalanadi (bir kishi - bir ovoz).
Bank faoliyatining maqsadi aksariyat hollarda daromad olishdan iborat. Kredit uyushmasining faoliyati esa avvalo moliyaviy xizmatlar koʼrsatish orqali oʼz aʼzolarining extiyojlarini qondirishga yoʼnaltiriladi, shu bois daromad olish kredit uyushmasi uchun asosiy maqsad hisoblanmaydi.
Kredit uyushmalari oʼz faoliyati natijasida olingan daromadni oʼz ishtirokchilariga dividendlar tarzida, shuningdek xizmatlar sifatini oshirish va ularning turlarini koʼpaytirish yoki berilayotgan kredit resurslarining qiymatini kamaytirish yoʼli bilan qaytaradilar.
Hozirgi kunda O’zbekiston respublikasida Kredit uyushmalari mavjud emas
Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling