Toshkent moliya inistituti


Download 1.47 Mb.
bet1/5
Sana11.05.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1454143
  1   2   3   4   5
Bog'liq
antik davr falsafasi (1)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INISTITUTI
Moliya fakulteti “Moliya va moliyaviy texnologiyalar’’ yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Ro‘zatov Tohirbek

ANTIK DAVR FALSAFASI

Reja:

  • 1. Antik davr falsafasining vujudga kelishi(Milet falsafiy maktabi, Eley falsafiy maktabi)
  • 2. Antik davr falsafasining rivojlanishi(Suqrot, Pifagor, Aflotun, Arastu)
  • 3. Antik davr falsafasining so‘ngi namoyondalari

Qadimgi Yunoniston va Rim falsafasi. Qadimgi davr falsafasining yana bir silsilasi Yunoniston va Rimga tegishlidir. Bu davrdagi falsafiy qarashlar — antik davr falsafasi deb yuritiladi. Falsafiy fikrning paydo bo'lishi va rivojlanishi tarixidagi birinchi muhim bosqich antik falsafadir. Unda Milet falsafiy maktabi, Eley falsafiy maktabi, Suqrot, Pifagor, Aflotun, Arastu va boshqalarning falsafiy, tabiiy — ilmiy, ijtimoiy — ahloqiy ta’limotlari o‘rganiladi. O'sha davr mutafakkirlarining qurol-yarog'ida bilishning "qurollari" nozik taxmin, tafakkur va kuzatish edi.Qadimgi faylasuflar birinchi bo'lib insonni tashvishga soladigan abadiy savollarni qo'yishgan: atrofdagi hamma narsaning boshlanishi qaerda, dunyoning mavjudligi va yo'qligi, qarama-qarshiliklar birligi, erkinlik va zarurat, tug'ilish va o'lim, insonning maqsadi axloqiy burch, go'zallik va yuksaklik, donolik, do'stlik, sevgi, baxt, shaxsiy qadr-qimmat. Ushbu muammolar bugungi kunda ham dolzarbdir. Antik falsafa Yevropada falsafiy fikrning shakllanishi va rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qilgan.

FALES

  • Yunonistonda dastlabki falsafiy ta’limotlar yeramizdan avvalgi VII-VI asrlar o‘rtasida Milet shahrida yuzaga kelgan va rivojlangan. Milet maktabi vakillari Fales, Anaksimandr, Anaksimenlardir. Uning asoschisi Fales (yeramizdan avvalgi 624 — 547 yillarda yashagan). U Yunon fani va falsafasining asoschisi bo‘lib, o‘z davrining etuk siyosiy arbobi, jo‘g‘rofi, faylasufi bo‘lgan. Fales ta’limotiga ko‘ra, tabiatdagi turli-tuman jism va hodisalar dastlabki ibtido — suvdan paydo bo‘lgan va yana suvga aylanadi va bu moddiy birlik doimo o‘zgarishda bo‘ladi
  • Anaksimandr (Falesning shogirdi) yeramizdan avvalgi VII asr oxiri va VI o‘rtalarida yashab ijod etgan. U «Tabiat haqida» asarini yozgan, biroq asar bizgacha yotib kelmagan. Fales olamning asosiga suvni qo‘ygan bo‘lsa, Anaksimandr dunyo — cheksiz, gazsimon apeyrondan iborat, issiqlik va sovuqlik, quruqlik va namlik apeyrondan ajralib chiqib, moddaning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishini ta’minlaydi, deb hisoblagan. Uning ta’limotini zamondoshi, shogirdi Anaksimen davom ettirdi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling