Toshkent moliya institut xusanov qaxramon nishonovich tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini
xizmatlarini rivojlantirishning amaldagi holati tahlili”
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirish
xizmatlarini rivojlantirishning amaldagi holati tahlili” tijorat banklarining
raqamli moliyaviy xizmatlarini tashkil etishning joriy holati va rivojlanish tendensiyalari, innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirishning tendensiyalari va undan samarali foydalanish imkoniyatlari, bank xizmatlari ommabopligini oshirishda shakllantirish modellarini tijorat banklari faoliyatiga joriy etish kabi masalalar yoritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2020–2025-yillarga mo‘ljallangan bank tizimini isloh qilish strategiyasi 18 da texnologiyalarni keng joriy etish, tijorat banklarining biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va masofaviy bank xizmatlari turlarini kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tijorat banklarini korporativ transformatsiya qilish jarayonida zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasida bir qator asosiy vazifalar belgilab olingan: masofaviy bank xizmatlari, shu jumladan, kontaktsiz to‘lovlar soni va qamrovini kengaytirish; avtomatlashtirilgan skoring tizimi, raqamli identifikatsiyalash va kredit konveyerlaridan keng foydalanish; bank ma’lumotlari va tizimlarining axborot xavfsizligini kuchaytirish; bank sohasidagi yangi konsepsiya va texnologiyalarni keng joriy etish (fintex, raqamli bank). Bu vazifalarni amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsad respublikamizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish asnosida aholining moliyaviy va huquqiy savodxonligini oshirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi integratsiyasini jadallashtirishdan iborat. Ma’lumki, banklarni raqamlashtirish jarayoni bank va mijoz o‘rtasidagi munosabatlarni raqamli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida barpo etish hisoblanadi. Bu jarayonda bank mijozlariga moliyaviy xizmatlar qulay, sifatli hamda tezkor ravishda amalga oshirilishi, operatsion xarajatlarni kamayishida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston bank tizimida so‘nggi yillarda bank xizmatlarining sifati va ko‘lamini oshirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi. Lekin jahonda bo‘layotgan o‘zgarishlar, globallashuv jarayoni, raqobatbardoshlikni haddan ziyod rivojlanishi, tijorat banklarining transformatsiya jarayonini yanada faollashtirish, mijozlarga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarini yangi bosqichga olib chiqish zaruratini yuzaga keltiradi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llangan Murojaatnomasida ta’kidlaganidek “2021-yilda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan 32 ta yirik korxona va tarmoqni transformatsiya qilish ishlari amalga oshiriladi. Banklar faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish e’tiborimiz markazida bo‘ladi. 2021-yilda “Sanoatqurilishbank”, “Asaka 18 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish Strategiyasi to‘g‘risida PF-5992-sonli farmoni 12.05.2020. https://lex.uz/docs/4811025 18 bank”, “Ipoteka bank”, “Aloqa bank”, “Turon bank” hamda “Qishloq qurilish bank”ni xususiylashtirishga tayyorlaymiz. Kamida bitta yirik bankdagi davlat ulushi strategik investorlarga to‘liq sotiladi. Bu borada yetakchi Yevropa banklari bilan muzokaralar olib borilmoqda”. Shu bilan birga bu yo‘nalishda ba’zi kamchiliklar mavjud “Yana bir jiddiy kamchilik shuki, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hisobidan xodimlar soni va ish jarayonlarini optimallashtirish choralari ko‘rilmayotganligidir” 19 . Markaziy bank tomonidan milliy to‘lov tizimini rivojlantirish va moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish yo‘nalishidagi ishlar doirasida bank biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va xizmatlarni raqamli kanallar orqali ko‘rsatilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish xizmatlaridan foydalanuvchilar soni 1,4 barobarga oshib, 2022-yilning 1-yanvar holatiga 20,2 mln.ga yetdi. Bunda, foydalanuvchilarning 974,1 mingtasini tadbirkorlik subyektlari tashkil etgan bo‘lsa, jismoniy shaxslar soni esa 19,3 mln. taga teng bo‘ldi. Tadbirkorlik subyektlarining raqamli xizmatlardan foydalanishining ortib borayotganligi hisobiga 2021-yilda ular tomonidan jami amalga oshirilgan (761,8 trln. so‘mlik) to‘lov topshiriqnomalarining qariyb 83 foizi (629,8 trln. so‘mlik) bankka tashrif buyurmagan holda masofadan turib amalga oshirilgan. Banklarning mobil ilova dasturlarida jismoniy shaxslarning masofadan turib onlayn tarzda amalga oshirilgan operatsiyalar hajmi 58,1 trln. so‘mga yetdi. Bunda, mobil ilova dasturlari orqali amalga oshirilgan onlayn depozitlar – 15,8 trln. so‘m, konversiya amaliyotlari – 7,8 trln. so‘m, onlayn mikroqarzlar – 3,6 trln. so‘m, kreditlarni so‘ndirish hajmi – 2,3 trln. so‘mni tashkil etdi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling