Toshkent moliya institut xusanov qaxramon nishonovich tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/46
Sana19.04.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1366602
TuriReferat
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46
Bog'liq
tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirish

8-rasm.
 
QR-online tizimida oshirilgan tranzaksiyalar
22 
Bank kartasi va to‘lov terminalidan bevosita foydalanmagan holda, bank 
kartasidagi mablag‘lar hisobidan tovar va xizmatlar uchun mobil ilova dasturlari 
yordamida QR-kod orqali tezkor to‘lovlarni amalga oshirish maqsadida ishga 
tushirilgan “QR-online” tizimi ommalashib bormoqda. 2021-yilda “QR-online” 
axborot tizimi tomonidan tadbirkorlik subyektlariga taqdim qilingan QR-kodlar 
soni 2020-yilga nisbatan qariyb 1,5 barobarga ortib 92 ming donaga yetdi. Shu 
bilan birga, kontaktsiz to‘lov texnologiyasini kengaytirish doirasida “HUMO 
PAY” dasturi (smartfonning NFC tizimi) orqali bank kartasidan bevosita 
foydalanmasdan savdo hamda pullik xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish 
xizmati 14 ta bankning mobil ilovalari orqali ko‘rsatib kelinmoqda. Kontaktsiz 
to‘lov xizmatlarini rivojlantirish doirasida joriy etilgan Tap-to-phone tizimi 
(terminalsiz) orqali tadbirkorlik subyektlari uchun to‘lovlarni qabul qilish 
imkoniyatini beruvchi xizmatdan 380 ta tadbirkorlik subyekti foydalanishni 
boshladi. 2021-yilda NFC texnologiyasi asosida amalga oshirilgan tranzaksiyalar 
hajmi 2020-yilga nisbatan 4 barobarga oshib, 11,8 trln. so‘mni tashkil etdi. 
Natijada 2021-yilda kontaktsiz to‘lov texnologiyalari bilan qamrab olish darajasi 
40 foizga yetdi. Hisobot yilida bank xizmatlaridan foydalanishda qo‘shimcha 
qulayliklar yaratish maqsadida xalqaro ekspertlar bilan birgalikda banklar va to‘lov 
tashkilotlari tomonidan xizmatlar ko‘rsatish jarayonida mijozlarni masofaviy 
biometrik identifikatsiya qilish tizimi joriy etildi. Mijozlarni biometrik 
identifikatsiyalash orqali moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatish maqsadida “My ID” 
tizimi yaratilib, belgilangan tartibda banklar, to‘lov tashkilotlari va marketpleyslar 
ulangan holda test rejimida ishga tushirildi. Bu esa o‘z navbatida, mijozlarga bank 
xizmatlaridan bank filiallariga yoki to‘lov tashkilotlariga bevosita tashrif 
buyurmasdan masofaviy tarzda foydalanish imkoniyatini sezilarli darajada 
oshirmoqda. 2021-yil sentyabr oyidan boshlab mobil xizmatlarni ko‘rsatishda 
22
Markaziy bank ma’lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
QR-online tizimida amalga oshirilgan 
tranzaksiyalar soni
QR-online tizimida amalga oshirilgan 
tranzaksiyalar hajmi, mln.so‘m 
I chorak II chorak III chorak IV chorak
2020-yil
2021-yil
I chorak II chorak III chorak IV chorak
2020-yil
2021-yil


24 
raqamli identifikatsiya qilish mexanizmi (Face ID) yaratildi. Hozirgi kunga kelib, 
ushbu texnologiyadan 11 ta tijorat banki, 4 ta to‘lov tashkiloti va 4 ta marketpleys 
foydalanmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 13-aprelda
3229 ro‘yxatdan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-
kitoblarni amalga oshirish tartibi va elektron pullarni muomalada bo‘lishi 
qoidalarini” ishlab chiqilib tasdiqlandi hamda amaliyotga joriy etildi. 
Bankning moliyaviy xizmatlari sifatini oshirish maqsadida banklar faoliyatiga 
bank xizmatlari samaradorligi ko‘rsatkichlarini joriy etish lozim. Bank faoliyatiga 
taalluqli ko‘rsatkichlarni hisoblab va e’lon qilib borish banklarning strategik va 
taktik maqsadlarga erishishda yordam beradi. Chunki bank xizmatlari 
samaradorligini o‘lchash va baholash quyidagi afzalliklarni o‘z ichiga oladi: 
bank xodimlari faoliyati samaradorligi va uni oshirish; 
mijozlar jalb qilish va ularni saqlab qolish; 
mijozlar tajribasini oshirish va o‘zaro bilim almashish; 
bank xizmatlari narxini kamaytirish. 
To‘lov xizmatlari bozorida raqobat muhitining rivojlanishi, jumladan, to‘lov 
xizmatlari bozoriga yangi nobank to‘lov tashkilotlari hamda to‘lov tizimlari 
operatorlarining kirib kelishi, raqamli bank texnologiyalarining rivojlanishi to‘lov 
tizimlari borasidagi faoliyatni tartibga solishga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni 
xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqish va takomillashtirish zaruratini yuzaga 
keltirdi. 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling