Toshkent moliya institut xusanov qaxramon nishonovich tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini


-yilda to‘lov tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan to‘lovlar


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/46
Sana19.04.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1366602
TuriReferat
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46
Bog'liq
tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirish

2021-yilda to‘lov tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan to‘lovlar 
maqsadlari bo‘yicha tarkibi 
Kommunal xizmatlari
Mobil operator xizmatlari
Davlat xizmatlari
Kredit to‘lovlari 
Internet xizmatlari
Transport xizmatlari
Elektron hamyonlarni 
to‘ldirish 
Boshqalar
Joyida to‘lovlar 
2020-yilda to‘lov tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan to‘lovlar 
maqsadlari bo‘yicha tarkibi 
Kommunal tashkilotlar 
xizmatlari
Hamyonlarni to‘ldirish 
Internet provayderlar 
xizmatlari
Kredit so‘ndirish 
Onlayn to‘lov va 
xizmatlar
Davlat xizmatlari
Mobil operator xizmatlari
Boshqa to‘lovlar 


26 
Zamonaviy axborot texnologiyalari yangi bank mahsulotlari va xizmatlarining 
joriy etilishi O‘zbekiston bank xizmatlari bozori kengayishiga sharoit yaratmoqda. 
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti munosabatlari rivojlangan sari tijorat banklari 
ham mijozlarga taqdim etadigan masofaviy bank xizmatlari turlarini oshirish orqali 
o‘z faoliyatini diversifikatsiya qilishlari kerak. 
Masofaviy bank xizmatlari ko‘rsatishni terminal, bankomat va infokiosklarsiz 
tasavvur etib bo‘lmaydi. Foydalanishi sodda bo‘lgan ushbu uskunalar bugungi 
kunda mijoz va kassir o‘rtasidagi an’anaviy muomalaga chek qo‘yib, o‘ziga xos 
minibank-ofis vazifasini o‘tamoqda. Hozirgi paytda ushbu tashqi vositalardan 
nafaqat naqd pul yechib olish, balki ular orqali tovar va xizmatlar bo‘yicha turli 
to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. To‘lovlarni naqd pulsiz amalga oshirishning 
innovatsion shakllariga bo‘lgan ehtiyoj muttasil ortib bormoqda. 
Tadbirkorlik subyektlari va aholi tejamli, kam vaqt va harakat sarflagan, 
yuqori axborot texnologiyalaridan foydalangan holda moliyaviy operatsiyalarni 
amalga oshirish, ma’lumot olishga ko‘proq ishtiyoq bildirmoqda. Mana shu 
ehtiyojni inobatga olib, tijorat banklari masofaviy bank xizmatlari ko‘rsatish 
ko‘lamini kengaytirishga, bunda global internet tarmog‘i imkoniyatlaridan 
samarali foydalanish choralarini ko‘rib bormoqdalar. Aytib o‘tish o‘rinliki, ayni 
yo‘nalish jahon bank tizimi va milliy bank tizimining ham ustuvor yo‘nalishlaridan 
biriga aylandi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank xizmatlari ommabopligini 
oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ham qulay 
to‘lov xizmatlarini yaratish va rivojlantirish, naqd pulsiz to‘lovlarni amalga 
oshirishda innovatsion mahsulotlarni, shu jumladan, bevosita muloqotsiz va mobil 
texnologiyalarni 
rivojlantirish 
va 
bevosita 
muloqotsiz 
hamda 
mobil 
texnologiyalarni, birinchi navbatda, ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatish, transport, 
savdo, umumiy ovqatlanish sohalarida, ayniqsa, hududlarda joriy etish masalalari 
keltirib o‘tildi. 
Mijozlarning bank xizmatlaridan mamnunlik ko‘rsatkichini hisoblash bank 
xizmatlarining qanchalik mijozlarini qoniqtirayotganligini ko‘rsatadi. Mijozlarning 
bankka sodiqligiga ta’sir qiladigan xizmatlar sifati, narxi va boshqa omillarni 
baholash imkonini beradi. Ko‘rsatkichning ortishi bank xizmatlaridan 
foydalanuvchilar soni ortishiga va o‘z navbatida bank daromadi ortishiga ham olib 
keladi. 
Masofaviy bank xizmatlarini yanada rivojlantirishda quyidagi hal qilinishi 
lozim bo‘lgan amaliy va nazariy muammolar mavjud: birinchidan, hozirgi paytda 
masofaviy bank xizmat turlarini ko‘paytirish va mavjudlarida yetarlicha 
innovatsiyalar joriy qilinmayapti, ya’ni masofaviy bank xizmatlari orqali hali bank 
mijozlari to‘lig‘icha bankka tashrif buyurmasdan barcha bank xizmatlarini amalga 
oshira olmayapti.
Ikkinchidan, masofaviy bank xizmatlarining keskin oshishida iqtisodiy 
risklarning ham tahdidlari ortadi. Ya’ni mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarning 
qonuniyligi, ularning pul o‘tkazmalarining legalizatsiya olish darajasi va 
boshqalar. 


27 
Uchinchidan, masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirishda bank mijozlari va 
ularning yangi axborot texnologiyalari bilan ta’minlanganlik darajasi pastligi va 
aholining iqtisodiy savodxonligi pastligi ma’lum bir muammolarni keltirib 
chiqarmoqda. 
To‘rtinchidan, naqd pulsiz hisob-kitoblarni avtomatlashtirilgan tizimini 
yaratish, natijada pul aylanish tizimini soddalashtiruvchi va yanada tezlashtiruvchi 
yangi zamonaviy shakllari va vositalarini izlab topishni taqozo etadi. 
Beshinchidan, O‘zbekistonda masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirishning 
asosiy muammolaridan bo‘lib, aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchidir. 
Tijorat banklarining mijozlari sonining muttasil oshishi ularga xizmat 
ko‘rsatish darajasining oshishiga asos bo‘lib xizmat qilishi shubhasizdir. Shunday 
ekan, axborot kommunikatsiya texnologiyalarning yangi segmentidan iborat 
bo‘lgan ma’lumotni uzatish tarmog‘ining jadal rivojlanishi va eng tezkor axborot 
manbai bo‘lgan internet tarmog‘ining hayotimizga shiddat bilan kirib kelishi 
axborot almashinuvida yangi imkoniyatlar yaratmoqda. 
Umuman olganda, O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan 
islohotlarning muvaffaqiyatlari, o‘z navbatida, tijorat banklari faoliyatini 
avtomatlashtirish sohasidagi munosabatlarni tubdan o‘zgartirish zaruriyatini 
keltirib chiqaradi. Ularning ijobiy hal etilishi esa O‘zbekistonda to‘lov tizimi, 
elektron tijorat va masofaviy bank xizmatlar rivojlanishida amaliy ishlarni to‘g‘ri 
yo‘lga tushirishda, milliy to‘lov tizimining rivojlangan mamlakatlar bilan teng 
huquqli aloqalarini olib borishda asos bo‘lib xizmat qilishga erishiladi. 
Bank tizimida innovatsion axborot texnologiyalarini keng ko‘lamda tatbiq 
etish O‘zbekistonda qisqa muddatda milliy to‘lov tizimini shakllantirishga 
imkoniyat yaratdi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida hisob-kitoblarni aniq 
vaqt rejimida amalga oshiruvchi bu tizim O‘zbekiston moliya bozori barqarorligini 
ta’minlamoqda. Bundan tashqari, u mamlakat pul-kredit siyosatini samarali 
yuritish, milliy va xalqaro to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, pul oqimlarini 
boshqarishga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. 
O‘zbekistonda “banklar faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish 
hamda banklararo valyuta bozori “on-layn” platformaga o‘tkazilishi va bank 
moliya bozorida raqobatni oshirish masalasi” belgilab olingan bo‘lsa-da, tijorat 
banklarida raqobatbardoshlik darajasi pastligi va ularning mijozlarga xizmat 
ko‘rsatish 
turlarining 
yetarlicha 
diversifikatsiyalanmaganligi, 
mavjud 
xizmatlarning esa samaradorligi va natijaviylik darajasi pastligi, tanlangan mijozlar 
to‘lovlari bo‘yicha kechikishlar va boshqa muammolar banklarning rivojiga 
to‘sqinlik qilmoqda. 
Tijorat banklarida mijozlarga yo‘naltirilgan marketing siyosatini ishlab 
chiqish zarurati, avvalo, raqobatli bozorda mijozlarning ehtiyojlarini to‘liq 
qondirish va sof raqobat sharoitida daromad yaratish qobiliyatini uzoq muddat 
saqlashga yo‘naltirish imkoniyatini ifodalovchi strategik maqsadlarni belgilashga 
qaratiladi. 
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan bank-moliya tizimini isloh 
qilish va mustahkamlash bo‘yicha maqsadli strategiyalar banklarning kapitallashuv 


28 
darajasini oshirish, iqtisodiyotni kreditlash ko‘lamini kengaytirish, ko‘rsatilayotgan 
bank xizmatlari spektorlarini ko‘paytirish, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotini 
rivojlantirishda bank tizimining rolini oshirish imkonini beradi. Bank xizmatlari 
sifatini yanada oshirish hamda tadbirkorlik subyektlari bilan to‘laqonli hamkorlik 
munosabatlarini o‘rnatish uchun tijorat banklarining ish uslublarini tubdan 
yaxshilash, aholi va xo‘jalik subyektlarining bank tizimiga ishonchli institutsional 
hamkor sifatida qarash lozim. 
XULOSA 
Dissertatsion tadqiqotni amalga oshirish jarayonida respublikamiz tijorat
banklarida innovatsion bank xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha quyidagi 
xulosalarni shakllantirdik:
1. Raqamli texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish sohasida 
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda amaliy 
ish ko‘nikmalariga ega malakali kadrlarni tayyorlash, aholining bilim saviyasini 
oshirish, ilmiy tadqiqot va amaliy ishlanmalarga xarajatlarni ko‘paytirish.
2. Raqamli moliya xizmatlar bozorini rivojlantirish uchun innovatsion 
g‘oyalar, tashabbuslar (startaplar)ni moliyalashtirish, texnologiyalar va 
ishlanmalarni joriy etish sohasida universitetlar va ishlab chiqarish, biznes va 
xususiy sektor o‘rtasidagi integratsiyasini ta’minlash. 
3. O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlangan mamlakatlar darajasida 
internet global tarmog‘iga ulanish imkoniyatlari bilan imkon qadar to‘liq qoplashni 
bosqichma-bosqich ta’minlash shu bilan birga raqamli bank faoliyatining ilg‘or 
xalqaro tajribasini o‘rganish hamda raqamli bank xizmatlari va mahsulotlarining 
yangi turlarini joriy etish. 
4.
Bank va mijoz o‘rtasidagi munosabatlarda zamonaviy axborot 
kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shu jumladan, raqamli 
texnologiyalarga asoslangan innovatsion bank xizmati turlarini yanada 
kengaytirish. 
5. Axborotni himoya qilish hamda bank va moliya sohasida kiberxavfsizlik 
buzilishi holatlarining oldini olish, moliyaviy firibgarlikka qarshi kurashish 
choralarini ko‘rish uchun tijorat banklari huzurida zamonaviy Fin CERT markazini 
tashkil etish, shuningdek, banklarda, to‘lov tizimlarida va to‘lov tashkilotlarida 
samarali axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik tizimini joriy etish. 
6. Markaziy bankning Yagona ma’lumotlar ombori (Data Warehouse)ni 
samarali tashkil etish va bank biznes-jarayonlarining tahliliy tizimini joriy etish 
hamda banklarning innovatsion texnologiyalardan foydalanish darajasi bo‘yicha 
Banklar Assotsiatsiyasi tomonidan alohida reyting yuritish va targ‘ibot ishlarini 
amalga oshirish; 
7. Banklarni dasturiy ta’minotni amalga oshiruvchi IT-kompaniyalari 
tomonidan yaratilayotgan innovatsion loyihalarning reytingini ishlab chiqib, sof 
raqobat muhitini shakllantirish shu bilan birga mavjud to‘lov infratuzilmasidan 
oqilona foydalanish va butun mamlakat bo‘ylab to‘lov terminallari va bankomatlar 
tarmog‘ini kengaytirish maqsadida Humo va Uzcard chakana to‘lov tizimlarini 
integratsiyalash. 


29 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling