Toshkent moliya institut xusanov qaxramon nishonovich tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/46
Sana19.04.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1366602
TuriReferat
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46
Bog'liq
tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirish

 
9-rasm.
 
Elektron pullar tizimlari
23 
Xususan, 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov 
tizimlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablaridan va xalqaro tajribadan kelib chiqib: 
“O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarning chiqarilishi va 
muomalada bo‘lishi qoidalari”;
“To‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlari yetkazib beruvchilarining 
to‘lov tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi nizom;
23
Markaziy bank ma’lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
5
10
15
0
2
4
6
8
10
12
14
16
2020
2021
2022


25 
“O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi nizom 
yangi tahrirda ishlab chiqildi. Shuningdek, to‘lov tizimlarining muhimligini 
aniqlash mezonlari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilindi.
10-rasm. To‘lov tashkilotlari tomonidan o‘tkazilgan to‘lovlar
24 
To‘lov xizmatlari bozorida elektron pullar tizimlarining joriy etilishi naqd 
pulsiz 
hisob-kitoblarning 
yanada rivojlanishi va to‘lov xizmatlaridan 
foydalanuvchilarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilishiga zamin yaratdi. Elektron 
pullarning bir qancha qulayliklari, xususan, pul mablag‘larini tezkorlik bilan 
tasarruf etish, bankda hisobvarag‘ini ochish zaruriyatining mavjud emasligi kabi 
afzalliklari tufayli ommabopligi ortib bormoqda. 
Bu boradagi dastlabki qadamlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2017-yil 12-sentyabrdagi PQ–3270-son “Respublika bank tizimini yanada 
rivojlantirish va barqarorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 
Qarori bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturining ijrosi yuzasidan O‘zbekiston 
Banklar assotsiatsiyasi tijorat banklari bilan birgalikda amaldagi bank xizmatlariga 
belgilangan tariflarni qayta ko‘rib chiqdi. Bunda, asosiy e’tibor bankning ratsional 
daromadliligini 
ta’minlagan 
holda 
tijorat 
banklari 
tarif 
siyosatlarini 
optimallashtirish va shu orqali bank xizmatlari jozibadorligini oshirish va yangi 
mijozlar jalb etishga, eng asosiysi, mijozlar bilan yaqin hamkorlik munosabatlarini 
o‘rnatishga qaratildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, bank xizmatlari bo‘yicha 
tavsiyaviy tariflar ishlab chiqildi va O‘zbekiston bank tizimida tarif siyosatlarini 
optimallashtirish bo‘yicha banklararo kelishuv imzolandi. 
O‘zbekistonda banklar masofaviy bank xizmatlarini yanada kengaytirib
mijozlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida mamlakatimiz viloyat va 
tumanlarida bir qancha filiallar va minibanklar ochish orqali emas, balki kam 
xarajat bilan bog‘liq bo‘lgan (mijoz va bank uchun ham) masofaviy bank 
xizmatlarini takomillashtirish lozimligini rivojlangan davlatlar tajribasi ham 
anglatmoqda. 
Tijorat banklari kuchli, ishonchli va yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan 
platformalar asosida axborot texnologiyalari yutuqlarini bank faoliyatiga dadillik 
bilan tatbiq qilib, ular asosida mukammal dasturlar yaratib, axborot tizimlari 
infrastrukturasini rivojlantirmoqda. 
24
Markaziy bank ma’lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling