Toshkent moliya institut xusanov qaxramon nishonovich tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-rasm. To‘lov tashkilotlari tomonidan o‘tkazilgan to‘lovlar 24
9-rasm. Elektron pullar tizimlari 23 Xususan, 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablaridan va xalqaro tajribadan kelib chiqib: “O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarning chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari”; “To‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlari yetkazib beruvchilarining to‘lov tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi nizom; 23 Markaziy bank ma’lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan. 5 10 15 0 2 4 6 8 10 12 14 16 2020 2021 2022 25 “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi nizom yangi tahrirda ishlab chiqildi. Shuningdek, to‘lov tizimlarining muhimligini aniqlash mezonlari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilindi. 10-rasm. To‘lov tashkilotlari tomonidan o‘tkazilgan to‘lovlar 24 To‘lov xizmatlari bozorida elektron pullar tizimlarining joriy etilishi naqd pulsiz hisob-kitoblarning yanada rivojlanishi va to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchilarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilishiga zamin yaratdi. Elektron pullarning bir qancha qulayliklari, xususan, pul mablag‘larini tezkorlik bilan tasarruf etish, bankda hisobvarag‘ini ochish zaruriyatining mavjud emasligi kabi afzalliklari tufayli ommabopligi ortib bormoqda. Bu boradagi dastlabki qadamlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentyabrdagi PQ–3270-son “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturining ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Banklar assotsiatsiyasi tijorat banklari bilan birgalikda amaldagi bank xizmatlariga belgilangan tariflarni qayta ko‘rib chiqdi. Bunda, asosiy e’tibor bankning ratsional daromadliligini ta’minlagan holda tijorat banklari tarif siyosatlarini optimallashtirish va shu orqali bank xizmatlari jozibadorligini oshirish va yangi mijozlar jalb etishga, eng asosiysi, mijozlar bilan yaqin hamkorlik munosabatlarini o‘rnatishga qaratildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, bank xizmatlari bo‘yicha tavsiyaviy tariflar ishlab chiqildi va O‘zbekiston bank tizimida tarif siyosatlarini optimallashtirish bo‘yicha banklararo kelishuv imzolandi. O‘zbekistonda banklar masofaviy bank xizmatlarini yanada kengaytirib, mijozlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida mamlakatimiz viloyat va tumanlarida bir qancha filiallar va minibanklar ochish orqali emas, balki kam xarajat bilan bog‘liq bo‘lgan (mijoz va bank uchun ham) masofaviy bank xizmatlarini takomillashtirish lozimligini rivojlangan davlatlar tajribasi ham anglatmoqda. Tijorat banklari kuchli, ishonchli va yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan platformalar asosida axborot texnologiyalari yutuqlarini bank faoliyatiga dadillik bilan tatbiq qilib, ular asosida mukammal dasturlar yaratib, axborot tizimlari infrastrukturasini rivojlantirmoqda. 24 Markaziy bank ma’lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling