Toshkent moliya institut xusanov qaxramon nishonovich tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirish
8-rasm.
QR-online tizimida oshirilgan tranzaksiyalar 22 Bank kartasi va to‘lov terminalidan bevosita foydalanmagan holda, bank kartasidagi mablag‘lar hisobidan tovar va xizmatlar uchun mobil ilova dasturlari yordamida QR-kod orqali tezkor to‘lovlarni amalga oshirish maqsadida ishga tushirilgan “QR-online” tizimi ommalashib bormoqda. 2021-yilda “QR-online” axborot tizimi tomonidan tadbirkorlik subyektlariga taqdim qilingan QR-kodlar soni 2020-yilga nisbatan qariyb 1,5 barobarga ortib 92 ming donaga yetdi. Shu bilan birga, kontaktsiz to‘lov texnologiyasini kengaytirish doirasida “HUMO PAY” dasturi (smartfonning NFC tizimi) orqali bank kartasidan bevosita foydalanmasdan savdo hamda pullik xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish xizmati 14 ta bankning mobil ilovalari orqali ko‘rsatib kelinmoqda. Kontaktsiz to‘lov xizmatlarini rivojlantirish doirasida joriy etilgan Tap-to-phone tizimi (terminalsiz) orqali tadbirkorlik subyektlari uchun to‘lovlarni qabul qilish imkoniyatini beruvchi xizmatdan 380 ta tadbirkorlik subyekti foydalanishni boshladi. 2021-yilda NFC texnologiyasi asosida amalga oshirilgan tranzaksiyalar hajmi 2020-yilga nisbatan 4 barobarga oshib, 11,8 trln. so‘mni tashkil etdi. Natijada 2021-yilda kontaktsiz to‘lov texnologiyalari bilan qamrab olish darajasi 40 foizga yetdi. Hisobot yilida bank xizmatlaridan foydalanishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida xalqaro ekspertlar bilan birgalikda banklar va to‘lov tashkilotlari tomonidan xizmatlar ko‘rsatish jarayonida mijozlarni masofaviy biometrik identifikatsiya qilish tizimi joriy etildi. Mijozlarni biometrik identifikatsiyalash orqali moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatish maqsadida “My ID” tizimi yaratilib, belgilangan tartibda banklar, to‘lov tashkilotlari va marketpleyslar ulangan holda test rejimida ishga tushirildi. Bu esa o‘z navbatida, mijozlarga bank xizmatlaridan bank filiallariga yoki to‘lov tashkilotlariga bevosita tashrif buyurmasdan masofaviy tarzda foydalanish imkoniyatini sezilarli darajada oshirmoqda. 2021-yil sentyabr oyidan boshlab mobil xizmatlarni ko‘rsatishda 22 Markaziy bank ma’lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan. QR-online tizimida amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni QR-online tizimida amalga oshirilgan tranzaksiyalar hajmi, mln.so‘m I chorak II chorak III chorak IV chorak 2020-yil 2021-yil I chorak II chorak III chorak IV chorak 2020-yil 2021-yil 24 raqamli identifikatsiya qilish mexanizmi (Face ID) yaratildi. Hozirgi kunga kelib, ushbu texnologiyadan 11 ta tijorat banki, 4 ta to‘lov tashkiloti va 4 ta marketpleys foydalanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 13-aprelda 3229 ro‘yxatdan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob- kitoblarni amalga oshirish tartibi va elektron pullarni muomalada bo‘lishi qoidalarini” ishlab chiqilib tasdiqlandi hamda amaliyotga joriy etildi. Bankning moliyaviy xizmatlari sifatini oshirish maqsadida banklar faoliyatiga bank xizmatlari samaradorligi ko‘rsatkichlarini joriy etish lozim. Bank faoliyatiga taalluqli ko‘rsatkichlarni hisoblab va e’lon qilib borish banklarning strategik va taktik maqsadlarga erishishda yordam beradi. Chunki bank xizmatlari samaradorligini o‘lchash va baholash quyidagi afzalliklarni o‘z ichiga oladi: bank xodimlari faoliyati samaradorligi va uni oshirish; mijozlar jalb qilish va ularni saqlab qolish; mijozlar tajribasini oshirish va o‘zaro bilim almashish; bank xizmatlari narxini kamaytirish. To‘lov xizmatlari bozorida raqobat muhitining rivojlanishi, jumladan, to‘lov xizmatlari bozoriga yangi nobank to‘lov tashkilotlari hamda to‘lov tizimlari operatorlarining kirib kelishi, raqamli bank texnologiyalarining rivojlanishi to‘lov tizimlari borasidagi faoliyatni tartibga solishga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqish va takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirdi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling