7-rasm.
To‘lov terminallaridan tushumlar
Modellashtirish natijalariga ko‘ra, to‘lov terminallaridan tushumlar ham
yildan yilga ortib borib, 2023-yilda deyarli 270 000 000 mln so‘m, 2024-yilda –
taxminan 440 000 000 mln so‘m va 2025-yilda 700 000 000 mln so‘mni tashkil
qilishi mumkin.
Dissertatsiyaning III bobi “O‘zbekistonda innovatsion bank xizmatlarini
rivojlantirish yo‘nalishlari” deb nomlangan bo‘lib bunda banklarni
transformatsiya qilishda raqamli bank xizmatlarini takomillashtirish, tijorat
banklarida raqamli xizmatlarni rivojlantirish yo‘llari, bank xizmatlar bozorini
rivojlantirish istiqbollari kabi masalalar yoritilgan.
Markaziy bank tomonidan milliy to‘lov tizimini rivojlantirish va moliyaviy
xizmatlar ommabopligini oshirish yo‘nalishidagi ishlar doirasida bank biznes
jarayonlarini
avtomatlashtirish
va
xizmatlarni
raqamli
kanallar
orqali
ko‘rsatilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, 9 ta tijorat banklari tomonidan xalqaro pul o‘tkazmalari
operatorlari va xorijiy banklar bilan birgalikda pul o‘tkazmalarini bankka
bormasdan bank kartasiga qabul qilib olish imkoniyati yaratilib, 2021-yilda aholi
tomonidan 648,4 mln. AQSh dollar o‘tkazmalar bankka bormasdan to‘g‘ridan
to‘g‘ri bank kartalariga kirim qilindi.
Markaziy bank tomonidan barcha tijorat banklari bilan birga to‘lov tizimlari
infratuzilmasida kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirish ko‘lamini kengaytirish
uchun, birinchi navbatda, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yurituvchi
tadbirkorlik subyektlarini QR-kod va NFC texnologiyalari asosida to‘lovlarni
amalga oshirish imkonini beruvchi to‘lov vositalari bilan ta’minlash masalasiga
alohida e’tibor qaratildi.
y = 3E+06x
3
- 2E+10x
2
+ 3E+13x - 2E+16
R² = 1
0
100000000
200000000
300000000
400000000
500000000
600000000
700000000
800000000
2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023 2024 2025 2026
23
Do'stlaringiz bilan baham: |