Toshkent moliya institut xusanov qaxramon nishonovich tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini
-yilda to‘lov tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan to‘lovlar
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2020-yilda to‘lov tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan to‘lovlar maqsadlari bo‘yicha tarkibi
2021-yilda to‘lov tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan to‘lovlar
maqsadlari bo‘yicha tarkibi Kommunal xizmatlari Mobil operator xizmatlari Davlat xizmatlari Kredit to‘lovlari Internet xizmatlari Transport xizmatlari Elektron hamyonlarni to‘ldirish Boshqalar Joyida to‘lovlar 2020-yilda to‘lov tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan to‘lovlar maqsadlari bo‘yicha tarkibi Kommunal tashkilotlar xizmatlari Hamyonlarni to‘ldirish Internet provayderlar xizmatlari Kredit so‘ndirish Onlayn to‘lov va xizmatlar Davlat xizmatlari Mobil operator xizmatlari Boshqa to‘lovlar 26 Zamonaviy axborot texnologiyalari yangi bank mahsulotlari va xizmatlarining joriy etilishi O‘zbekiston bank xizmatlari bozori kengayishiga sharoit yaratmoqda. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti munosabatlari rivojlangan sari tijorat banklari ham mijozlarga taqdim etadigan masofaviy bank xizmatlari turlarini oshirish orqali o‘z faoliyatini diversifikatsiya qilishlari kerak. Masofaviy bank xizmatlari ko‘rsatishni terminal, bankomat va infokiosklarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Foydalanishi sodda bo‘lgan ushbu uskunalar bugungi kunda mijoz va kassir o‘rtasidagi an’anaviy muomalaga chek qo‘yib, o‘ziga xos minibank-ofis vazifasini o‘tamoqda. Hozirgi paytda ushbu tashqi vositalardan nafaqat naqd pul yechib olish, balki ular orqali tovar va xizmatlar bo‘yicha turli to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. To‘lovlarni naqd pulsiz amalga oshirishning innovatsion shakllariga bo‘lgan ehtiyoj muttasil ortib bormoqda. Tadbirkorlik subyektlari va aholi tejamli, kam vaqt va harakat sarflagan, yuqori axborot texnologiyalaridan foydalangan holda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish, ma’lumot olishga ko‘proq ishtiyoq bildirmoqda. Mana shu ehtiyojni inobatga olib, tijorat banklari masofaviy bank xizmatlari ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirishga, bunda global internet tarmog‘i imkoniyatlaridan samarali foydalanish choralarini ko‘rib bormoqdalar. Aytib o‘tish o‘rinliki, ayni yo‘nalish jahon bank tizimi va milliy bank tizimining ham ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ham qulay to‘lov xizmatlarini yaratish va rivojlantirish, naqd pulsiz to‘lovlarni amalga oshirishda innovatsion mahsulotlarni, shu jumladan, bevosita muloqotsiz va mobil texnologiyalarni rivojlantirish va bevosita muloqotsiz hamda mobil texnologiyalarni, birinchi navbatda, ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatish, transport, savdo, umumiy ovqatlanish sohalarida, ayniqsa, hududlarda joriy etish masalalari keltirib o‘tildi. Mijozlarning bank xizmatlaridan mamnunlik ko‘rsatkichini hisoblash bank xizmatlarining qanchalik mijozlarini qoniqtirayotganligini ko‘rsatadi. Mijozlarning bankka sodiqligiga ta’sir qiladigan xizmatlar sifati, narxi va boshqa omillarni baholash imkonini beradi. Ko‘rsatkichning ortishi bank xizmatlaridan foydalanuvchilar soni ortishiga va o‘z navbatida bank daromadi ortishiga ham olib keladi. Masofaviy bank xizmatlarini yanada rivojlantirishda quyidagi hal qilinishi lozim bo‘lgan amaliy va nazariy muammolar mavjud: birinchidan, hozirgi paytda masofaviy bank xizmat turlarini ko‘paytirish va mavjudlarida yetarlicha innovatsiyalar joriy qilinmayapti, ya’ni masofaviy bank xizmatlari orqali hali bank mijozlari to‘lig‘icha bankka tashrif buyurmasdan barcha bank xizmatlarini amalga oshira olmayapti. Ikkinchidan, masofaviy bank xizmatlarining keskin oshishida iqtisodiy risklarning ham tahdidlari ortadi. Ya’ni mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarning qonuniyligi, ularning pul o‘tkazmalarining legalizatsiya olish darajasi va boshqalar. 27 Uchinchidan, masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirishda bank mijozlari va ularning yangi axborot texnologiyalari bilan ta’minlanganlik darajasi pastligi va aholining iqtisodiy savodxonligi pastligi ma’lum bir muammolarni keltirib chiqarmoqda. To‘rtinchidan, naqd pulsiz hisob-kitoblarni avtomatlashtirilgan tizimini yaratish, natijada pul aylanish tizimini soddalashtiruvchi va yanada tezlashtiruvchi yangi zamonaviy shakllari va vositalarini izlab topishni taqozo etadi. Beshinchidan, O‘zbekistonda masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirishning asosiy muammolaridan bo‘lib, aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchidir. Tijorat banklarining mijozlari sonining muttasil oshishi ularga xizmat ko‘rsatish darajasining oshishiga asos bo‘lib xizmat qilishi shubhasizdir. Shunday ekan, axborot kommunikatsiya texnologiyalarning yangi segmentidan iborat bo‘lgan ma’lumotni uzatish tarmog‘ining jadal rivojlanishi va eng tezkor axborot manbai bo‘lgan internet tarmog‘ining hayotimizga shiddat bilan kirib kelishi axborot almashinuvida yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Umuman olganda, O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatlari, o‘z navbatida, tijorat banklari faoliyatini avtomatlashtirish sohasidagi munosabatlarni tubdan o‘zgartirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ularning ijobiy hal etilishi esa O‘zbekistonda to‘lov tizimi, elektron tijorat va masofaviy bank xizmatlar rivojlanishida amaliy ishlarni to‘g‘ri yo‘lga tushirishda, milliy to‘lov tizimining rivojlangan mamlakatlar bilan teng huquqli aloqalarini olib borishda asos bo‘lib xizmat qilishga erishiladi. Bank tizimida innovatsion axborot texnologiyalarini keng ko‘lamda tatbiq etish O‘zbekistonda qisqa muddatda milliy to‘lov tizimini shakllantirishga imkoniyat yaratdi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida hisob-kitoblarni aniq vaqt rejimida amalga oshiruvchi bu tizim O‘zbekiston moliya bozori barqarorligini ta’minlamoqda. Bundan tashqari, u mamlakat pul-kredit siyosatini samarali yuritish, milliy va xalqaro to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, pul oqimlarini boshqarishga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonda “banklar faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda banklararo valyuta bozori “on-layn” platformaga o‘tkazilishi va bank moliya bozorida raqobatni oshirish masalasi” belgilab olingan bo‘lsa-da, tijorat banklarida raqobatbardoshlik darajasi pastligi va ularning mijozlarga xizmat ko‘rsatish turlarining yetarlicha diversifikatsiyalanmaganligi, mavjud xizmatlarning esa samaradorligi va natijaviylik darajasi pastligi, tanlangan mijozlar to‘lovlari bo‘yicha kechikishlar va boshqa muammolar banklarning rivojiga to‘sqinlik qilmoqda. Tijorat banklarida mijozlarga yo‘naltirilgan marketing siyosatini ishlab chiqish zarurati, avvalo, raqobatli bozorda mijozlarning ehtiyojlarini to‘liq qondirish va sof raqobat sharoitida daromad yaratish qobiliyatini uzoq muddat saqlashga yo‘naltirish imkoniyatini ifodalovchi strategik maqsadlarni belgilashga qaratiladi. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan bank-moliya tizimini isloh qilish va mustahkamlash bo‘yicha maqsadli strategiyalar banklarning kapitallashuv 28 darajasini oshirish, iqtisodiyotni kreditlash ko‘lamini kengaytirish, ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari spektorlarini ko‘paytirish, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bank tizimining rolini oshirish imkonini beradi. Bank xizmatlari sifatini yanada oshirish hamda tadbirkorlik subyektlari bilan to‘laqonli hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish uchun tijorat banklarining ish uslublarini tubdan yaxshilash, aholi va xo‘jalik subyektlarining bank tizimiga ishonchli institutsional hamkor sifatida qarash lozim. XULOSA Dissertatsion tadqiqotni amalga oshirish jarayonida respublikamiz tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha quyidagi xulosalarni shakllantirdik: 1. Raqamli texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda amaliy ish ko‘nikmalariga ega malakali kadrlarni tayyorlash, aholining bilim saviyasini oshirish, ilmiy tadqiqot va amaliy ishlanmalarga xarajatlarni ko‘paytirish. 2. Raqamli moliya xizmatlar bozorini rivojlantirish uchun innovatsion g‘oyalar, tashabbuslar (startaplar)ni moliyalashtirish, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida universitetlar va ishlab chiqarish, biznes va xususiy sektor o‘rtasidagi integratsiyasini ta’minlash. 3. O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlangan mamlakatlar darajasida internet global tarmog‘iga ulanish imkoniyatlari bilan imkon qadar to‘liq qoplashni bosqichma-bosqich ta’minlash shu bilan birga raqamli bank faoliyatining ilg‘or xalqaro tajribasini o‘rganish hamda raqamli bank xizmatlari va mahsulotlarining yangi turlarini joriy etish. 4. Bank va mijoz o‘rtasidagi munosabatlarda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shu jumladan, raqamli texnologiyalarga asoslangan innovatsion bank xizmati turlarini yanada kengaytirish. 5. Axborotni himoya qilish hamda bank va moliya sohasida kiberxavfsizlik buzilishi holatlarining oldini olish, moliyaviy firibgarlikka qarshi kurashish choralarini ko‘rish uchun tijorat banklari huzurida zamonaviy Fin CERT markazini tashkil etish, shuningdek, banklarda, to‘lov tizimlarida va to‘lov tashkilotlarida samarali axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik tizimini joriy etish. 6. Markaziy bankning Yagona ma’lumotlar ombori (Data Warehouse)ni samarali tashkil etish va bank biznes-jarayonlarining tahliliy tizimini joriy etish hamda banklarning innovatsion texnologiyalardan foydalanish darajasi bo‘yicha Banklar Assotsiatsiyasi tomonidan alohida reyting yuritish va targ‘ibot ishlarini amalga oshirish; 7. Banklarni dasturiy ta’minotni amalga oshiruvchi IT-kompaniyalari tomonidan yaratilayotgan innovatsion loyihalarning reytingini ishlab chiqib, sof raqobat muhitini shakllantirish shu bilan birga mavjud to‘lov infratuzilmasidan oqilona foydalanish va butun mamlakat bo‘ylab to‘lov terminallari va bankomatlar tarmog‘ini kengaytirish maqsadida Humo va Uzcard chakana to‘lov tizimlarini integratsiyalash. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling