Toshkent moliya institut xusanov qaxramon nishonovich tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini


xizmatlarini rivojlantirishning amaldagi holati tahlili”


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/46
Sana19.04.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1366602
TuriReferat
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46
Bog'liq
tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirish

xizmatlarini rivojlantirishning amaldagi holati tahlili” tijorat banklarining 
raqamli moliyaviy xizmatlarini tashkil etishning joriy holati va rivojlanish 
tendensiyalari, innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirishning tendensiyalari va 
undan samarali foydalanish imkoniyatlari, bank xizmatlari ommabopligini 
oshirishda shakllantirish modellarini tijorat banklari faoliyatiga joriy etish kabi 
masalalar yoritilgan. 
O‘zbekiston Respublikasining 2020–2025-yillarga mo‘ljallangan bank 
tizimini isloh qilish strategiyasi
18
da texnologiyalarni keng joriy etish, tijorat 
banklarining biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va masofaviy bank xizmatlari 
turlarini kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tijorat 
banklarini korporativ transformatsiya qilish jarayonida zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasida bir qator asosiy vazifalar 
belgilab olingan: 
masofaviy bank xizmatlari, shu jumladan, kontaktsiz to‘lovlar soni va 
qamrovini kengaytirish; 
avtomatlashtirilgan skoring tizimi, raqamli identifikatsiyalash va kredit 
konveyerlaridan keng foydalanish; 
bank ma’lumotlari va tizimlarining axborot xavfsizligini kuchaytirish; 
bank sohasidagi yangi konsepsiya va texnologiyalarni keng joriy etish 
(fintex, raqamli bank). 
Bu vazifalarni amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsad respublikamizda 
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish asnosida aholining moliyaviy va huquqiy 
savodxonligini oshirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi integratsiyasini 
jadallashtirishdan iborat. Ma’lumki, banklarni raqamlashtirish jarayoni bank va 
mijoz o‘rtasidagi munosabatlarni raqamli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
asosida barpo etish hisoblanadi. Bu jarayonda bank mijozlariga moliyaviy 
xizmatlar qulay, sifatli hamda tezkor ravishda amalga oshirilishi, operatsion 
xarajatlarni kamayishida muhim ahamiyat kasb etadi. 
O‘zbekiston bank tizimida so‘nggi yillarda bank xizmatlarining sifati va 
ko‘lamini oshirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi. Lekin jahonda 
bo‘layotgan o‘zgarishlar, globallashuv jarayoni, raqobatbardoshlikni haddan ziyod 
rivojlanishi, tijorat banklarining transformatsiya jarayonini yanada faollashtirish, 
mijozlarga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarini yangi bosqichga olib chiqish 
zaruratini yuzaga keltiradi. 
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy 
Majlisga yo‘llangan Murojaatnomasida ta’kidlaganidek “2021-yilda strategik 
ahamiyatga ega bo‘lgan 32 ta yirik korxona va tarmoqni transformatsiya qilish 
ishlari amalga oshiriladi. Banklar faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy 
etish e’tiborimiz markazida bo‘ladi. 2021-yilda “Sanoatqurilishbank”, “Asaka 
18
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank 
tizimini isloh qilish Strategiyasi to‘g‘risida PF-5992-sonli farmoni 12.05.2020. https://lex.uz/docs/4811025 


18 
bank”, “Ipoteka bank”, “Aloqa bank”, “Turon bank” hamda “Qishloq qurilish 
bank”ni xususiylashtirishga tayyorlaymiz. Kamida bitta yirik bankdagi davlat 
ulushi strategik investorlarga to‘liq sotiladi. Bu borada yetakchi Yevropa banklari 
bilan muzokaralar olib borilmoqda”. Shu bilan birga bu yo‘nalishda ba’zi 
kamchiliklar mavjud “Yana bir jiddiy kamchilik shuki, raqamli texnologiyalarni 
keng joriy etish hisobidan xodimlar soni va ish jarayonlarini optimallashtirish 
choralari ko‘rilmayotganligidir”
19

Markaziy bank tomonidan milliy to‘lov tizimini rivojlantirish va moliyaviy 
xizmatlar ommabopligini oshirish yo‘nalishidagi ishlar doirasida bank biznes 
jarayonlarini 
avtomatlashtirish 
va 
xizmatlarni 
raqamli 
kanallar 
orqali 
ko‘rsatilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, bank hisobvaraqlarini 
masofadan boshqarish xizmatlaridan foydalanuvchilar soni 1,4 barobarga oshib, 
2022-yilning 1-yanvar holatiga 20,2 mln.ga yetdi. Bunda, foydalanuvchilarning 
974,1 mingtasini tadbirkorlik subyektlari tashkil etgan bo‘lsa, jismoniy shaxslar 
soni esa 19,3 mln. taga teng bo‘ldi. Tadbirkorlik subyektlarining raqamli 
xizmatlardan foydalanishining ortib borayotganligi hisobiga 2021-yilda ular 
tomonidan 
jami 
amalga 
oshirilgan 
(761,8 
trln. 
so‘mlik) 
to‘lov 
topshiriqnomalarining qariyb 83 foizi (629,8 trln. so‘mlik) bankka tashrif 
buyurmagan holda masofadan turib amalga oshirilgan. 
Banklarning mobil ilova dasturlarida jismoniy shaxslarning masofadan turib 
onlayn tarzda amalga oshirilgan operatsiyalar hajmi 58,1 trln. so‘mga yetdi. 
Bunda, mobil ilova dasturlari orqali amalga oshirilgan onlayn depozitlar – 15,8 
trln. so‘m, konversiya amaliyotlari – 7,8 trln. so‘m, onlayn mikroqarzlar – 3,6 
trln. so‘m, kreditlarni so‘ndirish hajmi – 2,3 trln. so‘mni tashkil etdi. 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling