Toshkent moliya institut xusanov qaxramon nishonovich tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirish
Abdullayeva Sh.Z
Bank innovatsiyasi tarkibiga banklarda paydo bo‘lgan yangi bank mahsulotlari kiradi Xusanov Q.N Bank innovatsiyasi – bu bank tomonidan yangi bank mahsulotlarini yaratish, mavjud mahsulotlarning sifatini oshirish, yangi texnologiyalardan foydalanish va banklar faoliyatidagi risklarni baholashning yangi usullarini joriy etish yo‘li bilan, mijozlarning moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish va olinayotgan bank foydasi miqdorini oshirishga qaratilgan faoliyat natijasidir 7 Тадқиқотлар натижасида муаллиф томнидан ишлаб чиқилди. 13 Bank xodimlari va ularning mijozlari uchrashadigan joy sifatidagi an’anaviy bank binosi oxir-oqibat elektron aloqa vositalariga almashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasi amaliyotida mijozlarga xizmat ko‘rsatish usullari ham o‘zgarmoqda. Hozirgi vaqtda deyarli har qanday bank mahsuloti mijozga turli yo‘llar bilan taqdim etilishi mumkin: ham mijozning buyurtmasini turli xizmatlar va bo‘limlarni jalb qilgan holda bajarish, ham “bir darcha” tamoyili bo‘yicha. Shu sababli, ikkinchi turdagi innovatsiyalarni mijozlarga xizmat ko‘rsatish texnologiyasidagi innovatsiyalar deb hisoblash mumkin. Shunday qilib, tijorat banklari quyidagi ikki yo‘nalishda raqobatlasha oladi: 1) bank xizmatlarini, mahsulotlarini, ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalarini takomillashtirish; 2) mijozlarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etishni takomillashtirish. Bank innovatsiyalarining paydo bo‘lishiga olib keladigan o‘zgarishlar eng maqbuldir, chunki ular bankning rivojlanishiga, uning raqobatbardosh mavqeini mustahkamlashga olib keladi. Zamonaviy mualliflarning bank innovatsiyalarining mohiyatiga yondashuvlari quyida keltirilgan. Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlari – bu mijozning masofadan bergan topshiriqlariga asosan (bankka kelmasdan) bank xizmatlarini taqdim etish texnologiyalaridir. Asosan kompyuter va telefon tarmoqlari orqali amalga oshiriladi 8 . Bank tizimida masofaviy bank xizmatlarining rivojlanishi mavjud bo‘lgan iqtisodiy va ijtimoiy muhitning bir qator obyektiv xususiyatlariga, birinchi navbatda, odamlar hayotidagi o‘zgarishlar, yangi axborot texnologiyalarining joriy etilishi va bank operatsiyalarining avtomatlashtirilgani bilan bog‘liq. Bank mijozlari masofaviy bank xizmatlaridan foydalanishni tanlashda o‘z vaqtini tejash va xarajatlarini tejash muhim jihatlardan sanaladi. “Gap shundaki, masofaviy bank xizmatlari tizimi to‘g‘ridan to‘g‘ri daromad keltirmaydi. U daromad keltirishda yordamchi vazifasini bajaradi” 9 . Yangi kommunikatsion texnologiyalarning aloqa va hisob-kitobning yaqinlashishiga olib keldi. Mobil banking bank xizmatlarini ko‘rsatishda kuchli provayder sifatida paydo bo‘ldi. Mobil bankingning ommalashishi, uning xavfsiz, ishonchli va foydalanuvchi interfeyslarini oson sozlash mumkinligi hisobiga amalga oshmoqda 10 . Mobil telefonlar va mobil internetdan foydalanuvchilar soni ortib borishi sababli mobil texnologiyalar imkoniyatlarini rivojlantirish va mobil- bankingni rivojlantirish strategiyani takomillashtirishni talab etmoqda 11 . O‘z navbatida, zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi banklar va bank xizmatidan foydalanuvchilar o‘rtasidagi masofani sezilarli darajada kamaytirishi, banklararo raqobatni kuchaytirishi va shu sababli bank xizmatlarining miqdoriy va sifat jihatidan rivojlanishiga hissa qo‘shib kelmoqda. 8 https://bankir.ru/avtori/1659981/ Дмитрий Мирошкинов — менеджер «Банк Софт Бизнес». 9 Petrova, K. (2002), Proceedings of the 2002 International Conference of the Global Business and Technology Association, pp. 928-939. 10 Pousttchi, K. and Schurig, M. (2004),“Assessment of today’s mobile banking applications from the view of customer requirement”, Proceedings of the Hawaii International Conference on System Sciences, Big Island, Hawaii, 5-8 January, available at: 11 http://csdl1.computer.org/comp/propceedings/ hicss/2004/2056/07/20560184a.pdf (accessed 16 February 2006). 14 ITlar bank va ularning aloqalarini rivojlantirib, faoliyatni tezkor ravishda qayta loyihalashtirishga imkon beradi 12 . O‘z o‘rnida, bank sektorining ichki va tashqi ish faoliyatlari ITlarning rivojlanishi bilan yanada rivojlanib bormoqda va bu eng katta ta’sir qilgan soha sifatida bank tizimini ko‘rsatish mumkin 13 . Boshqacha aytganda, IT sohasi rivojlanib, tobora o‘sib borayotgan global raqobat davrida banklarning barqarorligini ta’minlash uchun katta hissa qo‘shmoqda 14 . Umuman olganda, IT-texnologiyalari, ulardan bank sohasida foydalanish, dasturiy ta’minotlar va aloqa vositalari kabi elementlar “bank texnologiyalari”ni tashkil etadi. M.V.Dubininning fikricha 15 , bank texnologiyalari – bu banklarda ishlatiladigan turli xil telekommunikatsiyalar, axborot texnologiyalari, kompyuter tarmoqlari, dasturiy mahsulotlar, ichki protseduralar, risklarni boshqarish modellari va boshqalar. “Bank texnologiyasi” atamasi banklarga o‘z mijozlariga xavfsiz, ishonchli va arzon narxlarda yaxshiroq xizmatlarni taklif qilishi hamda bank xizmatlari bozorida raqobatbardosh ustunlikka erishishi uchun zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni anglatadi. Bank texnologiyasi, shuningdek, demografik, psixografik va tranzaksion ma’lumotlar kabi mijozlar tafsilotlarini saralash orqali mijozlar xatti-harakatlari modellarini ochishda zamonaviy kompyuter algoritmlaridan foydalanish faoliyatini o‘z ichiga oladi. Ma’lumotlarni yig‘ish deb ham ataladigan ushbu faoliyat mijozlarga sementatsiya, mijozlar skoringi, maqsadli marketing, bozor savatchalarini tahlil qilish, o‘zaro sotish, mijozlarni ushlab qolishni modellashtirish kabi turli xil marketing muammolarini hal qilish orqali banklarga o‘z biznes maqsadlariga erishishda yordam beradi 16 . Shuningdek, ma’lumotlarni to‘plashdan muvaffaqiyatli foydalanish banklarga foydani sezilarli darajada oshirishga yordam beradi, shu bilan raqobatchilariga nisbatan barqaror ustunlikni saqlab qoladi. Nazariy jihatdan, bank texnologiyasi, yakka tartibdagi intizom emas, balki moliya risklarni boshqarish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter va marketing bilimlari kabi bir-biridan farq qiladigan bir nechta yo‘nalishlarning birlashishi natijasida tashkil etiladi hamda uning tarkibiy elementlarini quyidagicha ifodalash mumkin: 1. Axborot texnologiyalari; 2. Aloqa-kommunikatsiya texnologiyalari; 12 Matej Marinc. Banks and information technology: complexity, flexibility, and interconnectedness, 2011, https://www.researchgate.net/publication/266465168. 13 Saeid Khajeh Dangolania. The impact of information technology in banking system (A case study in bank Keshavarzi Iran) // Procedia - social and behavioral sciences, Vol. 30, 2011. –13-16 p. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling