Toshkent moliya institut xusanov qaxramon nishonovich tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini


Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/46
Sana19.04.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1366602
TuriReferat
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46
Bog'liq
tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirish

Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 8 ta, 
jumladan 4 ta respublika va 4 ta xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda 
muhokama qilingan va ijobiy xulosalar olingan. 
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi 
bo‘yicha jami 15 ta ilmiy ish, shu jumladan, milliy OAK e’tirof etgan 
jurnallarda 6 ta, nufuzli xorijiy jurnallarda 1 ta ilmiy maqola, shuningdek, ilmiy-
amaliy konferensiyalari to‘plamlarida 8 ta ma’ruza va tezislar nashr ettirilgan. 
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya tarkibi kirish, uchta 
bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.
Dissertatsiyaning hajmi 140 betni tashkil etadi. 
DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI 
Dissertatsiyaning kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va 
zarurati asoslangan, tadqiqotning maqsadi va asosiy vazifalari, obyekti va 
predmeti shakllantirilgan, respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining 
ustuvor yo‘nalishlariga bog‘liqligi ko‘rsatilgan, tadqiqotning ilmiy yangiligi va 
amaliy natijalari bayon etilgan, olingan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati 
yoritib berilgan. Shuningdek, tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi, 
nashr qilingan ishlar va dissertatsiya tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. 


11 
Dissertatsiyaning “Bank xizmatlarini rivojlantirishning nazariy-uslubiy 
asoslari” deb nomlangan birinchi bobida bank innovatsiyalarining mohiyatini 
o‘rganishga nazariy yondashuvlar, bank innovatsiyalarining turlari va ularning 
tasnifi, tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan innovatsion texnologiyalari 
turlari nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etilgan. 
Hozirgi davrda ya’ni, XX asr oxirlari va XXI asrning boshlarida insoniyat 
erishayotgan sohalar bo‘yicha barcha yutuqlarni texnologiyalar va ularning 
dasturiy ta’minotlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, chunki, har qanday sohani 
olmang, texnologiyalardan foydalaniladi. Bu nanotexnologiyalardan tortib 
megatexnologiyalarni o‘z ichiga oladi. Bugungi texnologiyalarning taraqqiyoti 
masofadan 
boshqariladigan 
va 
sun’iy 
intellekt 
asosida 
ishlaydigan 
texnologiyalargacha yetib keldi. 
Bozor munosabatlarida bank innovatsiyalarining asosiy rag‘batlantiruvchi 
omili raqobatdir
6
.
Tijorat banklarida raqobat, birinchi navbatda, ko‘rsatilayotgan xizmatlar 
turlarida namoyon bo‘ladi. Bank xizmatlari ayrim muhim parametrlar (masalan, 
kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari darajasi, omonat shakllari, kredit berish 
shartlari va boshqalar) bilan farqlanadi. Bizning fikrimizcha, bank 
xizmatlarining bir qator parametrlarini o‘zgartirishni innovatsion faoliyat deb 
bo‘lmaydi. Masalan, depozitlar uchun shartlarni o‘zgartirish innovatsion 
faoliyat emas, chunki bunday o‘zgarishlar yangi bank mahsulotining paydo 
bo‘lishiga olib kelmaydi va yangi original g‘oya emas. Binobarin, tijorat 
banklarining innovatsion faoliyati prinsipial jihatdan yangi xizmatlarni yaratish 
va joriy etishdan yoki mavjud xizmatlar parametrlarini o‘zgartirishdan iborat 
bo‘lib, bu ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyasining o‘zgarishiga olib 
keladi.
Bankda ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyasi xizmatlar ko‘rsatish 
amaliyoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, mijozlarga xizmat ko‘rsatish 
texnologiyasining asosini tashkil etadi. Bundan tashqari, eng yangi axborot 
texnologiyalari va ma’lumotlarni qayta ishlashning elektron vositalari yangi 
xizmatlarning paydo bo‘lishiga, mijozlarga xizmat ko‘rsatish texnologiyasining 
yangi imkoniyatlariga yordam beradi. Masalan, elektron to‘lovlarning paydo 
bo‘lishi mijozlarga o‘z hisobvaraqlaridan kechayu-kunduz foydalanish hamda 
to‘lov va hisob-kitob operatsiyalarining butun spektrini amalga oshirish 
imkoniyatini beruvchi “Bank-mijoz” xizmat ko‘rsatish tizimining paydo 
bo‘lishiga yordam berdi. Tijorat banklarining innovatsion faoliyati va 
mijozlarga xizmat ko‘rsatish texnologiyasi o‘rtasidagi bunday bog‘liqlik 
bankdagi innovatsiyalarning birinchi turi – mahsulot innovatsiyasini ajratib 
ko‘rsatish imkonini beradi. G‘arb ekspertlari fikricha eng yangi elektron 
texnologiyalar joriy etilishi bilan xizmatlarni masofaviy ko‘rsatish tendensiyasi 
kuchaymoqda.
6
Рубинштейн Т.Б. Развитие банковской системы и инновационные банковские продукты (ПК) / Т.Б. 
Рубинштейн, О.Б. Мирошкина. - М.: Гелиос АРВ, 2002. - 192 с. 


12 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling