9
“innovatsion bank xizmatlari” tushunchalarining
iqtisodiy mohiyati,
yetakchi
iqtisodchi
olimlar
ta’riflari
hamda
“innovatsion bank xizmatlari”
tushunchasining mualliflik ta’rifi shakllantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasida bank tizimida innovatsion bank xizmatlarining
vujudga kelishini va ijtimoiy asoslarini rivojlanish bosqichlari tadqiq etilib, har
bir bosqichdagi o‘ziga xos jihatlari aniqlangan;
O‘zbekiston Respublikasida tijorat
banklarida innovatsion bank
xizmatlarini rivojlantirish tizimida “Bank-mijoz” etika kodeksi asosiy mezonlari
ishlab chiqilgan;
innovatsion bank xizmatlarini ko‘rsatishda
istalgan plastik kartasini rasmiy
web-sayti orqali onlayn tarzda rasmiylashtirish tizimi ishlab chiqilgan.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Olimlarning
tijorat banklarida
innovatsion bank xizmatlarini takomillashtirish
borasidagi ilmiy-nazariy
qarashlarini qiyosiy va tanqidiy tahlil qilish, ilg‘or xorij tajribasini o‘rganish va
umumlashtirish, ekspert baholash natijalari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
banki, O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining ma’lumotlari, shuningdek,
tijorat banklari amaliyotga joriy qilinganligi bilan belgilanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot
ishida
ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston
Respublikasida innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirish
chora-tadbirlarini
ishlab chiqishda, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida “Bank ishi”, “Raqamli
bank xizmatlari”, “Pul muomalasi va banklar” kabi fanlardan o‘quv-uslubiy
ta’minotni shakllantirish jarayonida keng foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: