Toshkent moliya institut xusanov qaxramon nishonovich tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirish
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarida innovatsion
bank xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida: moliyaviy xizmatlarni raqamlashtirish orqali ularning ommabopligini oshirish taklifi Qishloqqqurilishbank bank ilovasini takomillashtirishda foydalanilgan (“Taraqqiyot strategiyasi” markazining 2022-yil 28-dekabrdagi №1620/22-son ma’lumotnomasi va “Qishloqqurilishbank” ATBning 2022-yil 30-dekabrdagi №06/43-12-9230-son ma’lumotnomasi). Natijada 2021-yil 25- dekabrdagi Qishloqqurilishbank umumiy yig‘ilish qaroriga muvofiq, tijorat banki tomonidan “QUANT” ilovasi xizmatlar bo‘limida ish haqi va avans turi qo‘shilib ushbu xizmatdan foydalanuvchilar sonining 7,2 % ko‘payishiga erishilgan; davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni naqd pulsiz shaklda amalga oshirish imkoniyatini yaratish tavsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 28-yanvardagi PF–60-son farmoniga 2-ilova 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi 116- bandini takomillashtirishda inobatga olingan (“Taraqqiyot strategiyasi” markazining 2022-yil 28-dekabrdagi №1620/22-son ma’lumotnomasi va “Qishloqqurilishbank” ATBning 2022-yil 30-dekabrdagi №06/43-12-9230-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotga tatbiq etilishida bank va mijoz 10 o‘rtasidagi munosabatlarda raqamli texnologiyalarga asoslangan masofaviy bank xizmat turlari samaradorligini oshirish yo‘li bilan tijorat banki tomonidan “QUANT” ilovasi xizmatlar bo‘limida Mu gov.uz xizmati turi qo‘shildi ushbu xizmatdan foydalanuvchilar soni 5.4 %ga ko‘payishiga erishildi; innovatsion bank xizmatlarini ko‘rsatishda On-line so‘mdagi omonat turi bo‘yicha taklifi Asakabank bank ilovasini takomillashtirishda foydalanilgan (“Asakabank” ATB boshqaruvining 2022-yil 06-dekabrdagi №19-01/7062-son ma’lumotnomasi). Natijada “Asakabank”ning mobil ilovasi orqali rasmiylashtirilganida yillik +1 % qo‘shib beriladi. Omonatning asosiy summasidan qisman chiqim qilish mumkin. Bunda chiqim qilingan pul mablag‘lariga to‘liq oylar uchun yillik 19 % miqdorda foiz to‘lab beriladi, lekin omonat summasida 3 000 000 so‘m minimal pul mablag‘i qolishi kerak. Agarda omonatga talab qilingan minimal summa yechilganda foizlar to‘lanmaydi. Bunda, to‘langan foizlar omonatning asosiy summasidan ushlab qolinadi. Ushbu xizmat orqali 1580 mijozga xizmat ko‘rsatilgan; innovatsion bank xizmatlarini ko‘rsatishda skoring tahlil asosida on-layn tarzda mikroqarz ajratish taklifi “Asakabank” va “Garant Bank” bank ilovasini takomillashtirishda foydalanilgan (“Asakabank” ATB boshqaruvining 2022-yil 06-dekabrdagi №19-01/7062-son ma’lumotnomasi va “Garant Bank” AJ boshqaruvining 2023-yil 5-yanvardagi №02/12-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Asakabank tomonidan tijorat banklari o‘rtasida birinchi bo‘lib o‘z mobil ilovasi orqali skoring tahlil asosida on-layn tarzda mikroqarz ajratish xizmati yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda ushbu xizmat orqali 152 mingdan ortiq mijozga qariyb 130 mlrd. so‘mlik on-layn mikroqarz ajratildi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling