Tadqiqotning maqsadi. O‘zbekistonda innovatsion bank xizmatlarini
rivojlantirish istiqbollariga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab
chiqish tadqiqotning maqsadi hisoblanadi.
Tadqiqotning vazifalari:
innovatsion bank xizmatlari nazariyasining rivojlanish evolyutsiyasini
tadqiq etish;
innovatsion bank xizmatlari bozori va uning tarkibiy tuzilishini o‘rganib
chiqish;
innovatsion
bank
xizmatlari
ommabopligini
oshirishda
raqamli
transformatsiyaning o‘rnini asoslash;
tijorat banklarining raqamli moliyaviy xizmatlarini tashkil etishning joriy
holati va rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish;
bank sektorining raqamli transformatsiyasini shakllantirish modellarini
tijorat banklari faoliyatiga joriy etish yo‘llarini aniqlash;
banklarni
transformatsiya
qilishda
raqamli
bank
xizmatlarini
takomillashtirish imkoniyatlarini tadqiq etish;
tijorat banklarida innovatsion xizmatlarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi
ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning obyekti. O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarining
innovatsion faoliyatini rivojlantirish hisoblanadi.
Tadqiqot predmeti. O‘zbekiston Respublikasida innovatsion bank
xizmatlarini rivojlantirish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar
yig‘indisidan iboratdir.
Tadqiqotning usullari. Dissertatsiyada ekspert baholash, induksiya va
deduksiya,
iqtisodiy-matematik
modellashtirish,
qiyosiy
tahlil,
tizimli
yondashuv, sotsiologik so‘rov, statistik, korrelyatsion va regression tahlil ilmiy
prognozlash usullaridan foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
zamonaviy moliyaviy xizmatlarni raqamlashtirish orqali tijorat banklarida
innovatsion bank xizmatlar ilovasi orqali ularning ommabopligini oshirish taklif
etilgan;
davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni naqd pulsiz shaklda amalga oshirish
imkoniyati tijorat banklari faoliyatida mijozlar uchun bankning moliyaviy
xizmatlari samaradorligini oshirish tavsiyasi asoslangan;
tijorat banklari tomonidan innovatsion bank xizmatlarini ko‘rsatishda On-
line so‘mdagi omonat turini ilovalar orqali jalb etish bo‘yicha tavsiyasi
asoslangan;
innovatsion bank xizmatlarini qo‘llab quvvatlash, plastik kartalar bo‘yicha
kreditlash amaliyotidagi risklarni boshqarish orqali skoring tahlil asosida On-
line tarzda mikroqarz ajratish tavsiyasi asoslab berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |