Toshkent moliya institut xusanov qaxramon nishonovich tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirish
5 KIRISh (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahonda har qanday mamlakatning milliy iqtisodiyoti rivojlanishida bank tizimi muhim o‘rin egallab, korxonalar va tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash vazifasini bajaradi. Mazkur holat innovatsion loyihalar va ishlanmalarni amaliyotga keng tatbiq etish bo‘yicha yetakchi sohalardan biri bo‘lgan bank sektorida elektron platformalarni rivojlantirish, xususiy ekotizimlarni shakllantirish va shu asnoda boshqaruv tizimi hamda biznes-modellarni takomillashtirishga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirdi. Jahon moliyaviy texnologiyalari (World FinTech Report) hamda Jahon chakana bank xizmatlari (World Retail Banking Report)ning marketing tadqiqotlariga ko‘ra “2020–2024-yillarda iste’molchilarning nobank tashkilotlarining onlayn bank xizmatlaridan foydalanish darajasi o‘sib bormoqda. Unda Osiyo bozori yetakchi hisoblanadi” 1 . Xususan, dunyoning eng yirik moliyaviy muassasalaridan biri bo‘lgan “Bank of America” ma’lumotlariga ko‘ra, “jami depozitlarning 84 foizi raqamli kanallar orqali qabul qilingan, innovatsion texnologiyalar uchun 10 mlrd. dollar mablag‘ sarflangan, shundan 3 mlrd. dollari xodimlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltirilgan” 2 . Jahonda tijorat banklari va ilmiy muassasalar tomonidan mijozlarni bank xizmatlariga jalb qilish va ularni ushlab qolish bo‘yicha bir qancha izlanishlar olib borilmoqda. Xususan, passiv operatsiyalarni diversifikatsiyalash, aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bo‘sh mablag‘larini bank sektoriga jalb etish, mijozlarga innovatsion xizmatlarni taklif etish, uzoq muddatli resurslar ulushini oshirish, transformatsiya riskining oldini olish masalalari shular jumlasidandir. Jumladan, an’anaviy bank xizmatlari bozoriga yuqori texnologik kompaniyalarning kirib kelishi natijasida yangi trendlar va tendensiyalarning yuzaga kelishi, bank faoliyatini ko‘p kanalli xizmatlardan bir kanalli xizmatlar tamoyili asosida tashkil etish, mijozlarning turmush tarziga oid xizmatlarning keng ko‘lamli qo‘llanilishi, shuningdek, banklarda innovatsion faoliyatning tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish kabi masalalarga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda bank xizmatlarining ommabopligini ta’minlash uchun bank tizimini transformatsiyalash jarayonlarini faollashtirish bo‘yicha e’tiborga molik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shunga qaramasdan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “tijorat banklarining tarmoqdagi zamonaviy talablarga muvofiq transformatsiya jarayonlaridan ortda qolishi, axborot texnologiyalari mahsulotlari, aktivlar va passivlarni boshqarish, mijozlar bilan aloqa qilish bo‘yicha zamonaviy usullarni amaliyotga joriy qilishda kechikishi kuzatilmoqda”. Shu boisdan, tijorat 1 1 https://www.statista.com/statistics/1228757/online-banking-users-worldwide. 2 https://d1io3yog0oux5.cloudfront.net/bankofamerica/files/pages/bankofamerica/db/809/content/BAC_2020_ Annual _ Report. pdf. 6 banklarida innovatsion faoliyatning tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlarni olib borishni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentyabrdagi PQ–3270-sonli “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2018-yil 23-martdagi PQ–3620- sonli “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, 2020-yil 12-maydagi PF–5992-sonli “2020–2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risidagi” farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–6079-sonli “Raqamli O‘zbekiston-2030” Strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-sonli “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi” farmoni hamda mazkur faoliyatga tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling