Alanning rahbar sifatidagi xatosi nimadan iborat edi?
Alanda jamoaviy ishlash ko’nikmasi yaxshi rivojlanmagan. Alan malakali va qiziquvchan xodimlarni ishga olmagan. Ishdagi mas’uliyatli vazifalarni o’zi bajargan va jamoaga buni ishonmagan. Jamoa biznesda aniq qancha daromad ko’rishini bilmaydi va bu jamoaviy biznesga mos emas. Alan komfort ish jaroyoniga o’rganib qolgan. Doim o’zini hurmat qilishlariga o’rganib qolishi natijasida jamoasi uning har qanday qaroriga rozi bo’ladi degan fikrda bo’lgan.
Yetakchining (liderning) asosiy vazifalari nimadan iborat va ular qo‘lostidagilarni boshqarish muammolari bilan qanday bog‘liq?
Lider – bu boshqalarga katta ta’sir ko’rsatadigan ularni har qanday holatda harakatga va maqsadlar yo’lida birlashishga unday oladigan, kuchli bilim va salohiyatga ega shaxs. Liderlar har qanday xato kamchiliklar sababini avvalo o’zidan qidiradigan boshqalarni ayblash evaziga vaziyatdan chiqib ketishga o’rganmagan raxbarlardir. Ular hech qachin boshqalarning mehnati evaziga rag’batlantirishlarni qabul qilmaydi.
Bunday shaxslar odatda motivatsiya va notiqlik san’atidan xabardor insonlar bo’ladi.
Lider vazifalari
-jamoa ichida o’zini har tomonlama ko’rsata olishi:
-lavozim uchun ishlamasligi, korxona a’zolariga birdek muomala qilishi:
-har bir hodimni muhimligiga ishontira olish:
-kuchli bilim va so’z boyligiga ega bo’lishi:
-Muommolarni har bir hodim fikrini tinglagan holda hal etishi:
Do'stlaringiz bilan baham: |