Toshkent moliya instituti 18-variant Jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish bo’yicha imtiyozlar qanday amalga oshiriladi?


Kassaga kirim qilish va undan sarflanadigan mablag’larni xujjatlarshtirish tartibi qanday amalga oshiriladi?


Download 43.64 Kb.
bet2/6
Sana23.04.2023
Hajmi43.64 Kb.
#1390155
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
maruza

2.Kassaga kirim qilish va undan sarflanadigan mablag’larni xujjatlarshtirish tartibi qanday amalga oshiriladi?

Xo‘jalik mablag‘larining harakati tegishli balans moddalarining ko‘payishi yoki kamayishiga olib keladi. Masalan, kassadagi naqd pullarning harakati ularning g‘aznaga kelib tushishi («Kassa» moddasining ko‘payishi) yoki undan berilishi («Kassa» moddasining kamayishi) bilan tavsiflanadi; mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarning harakati - bu korxonalarining mol etkazib beruvchilarga bo‘lgan qarzning ko‘payishi («Mol etkazib beruvchilar» moddasining o‘sishi) yoki uning uzilishi «Mol etkazib beruvchilar» moddasining kamayishiga olib keladi. Schyotdagi umumiy summani hisoblab chiqishni osonlashtirish uchun mablag‘larning ko‘payishini ularning kamayishidan alohida ajratib ko‘rsatish qulayroq, shuning uchun schyot ikki qismga bo‘linadi: chap va o‘ng tomonga. Uning biri (chap tomoni) dsbet, boshqasi (o‘ng tomoni) kredit deb nomlanadi.


Hisobning har bir ob’ekti hamda mablag‘lar va manbalarning har bir turi uchun alohida schyotlar ochiladi. Debet va kredit bo‘yicha yozilgan operatsiyalar summalarining jami oborot (oborot) deb nomlanadi. Schyotning bir tomonida qayd
etilgan summalar bilan uning boshqa tomonida ko‘rsatilgan summalar o‘rtasidagi farq qoldiq yoki saldo deb nomlanadi. Qoldiqlar debeti kreditidan ortiqmi yoki aksinchami ekanligiga qarab, debetli yoki kreditli bo‘lishi mumkin. YAngi qoldiqni aniqlash uchun avval mablag‘larni ko‘payganligini ko‘rsatuvchi oborot summani boshlang‘ich qoldiqqa qo‘shiladi, so‘ngra uning kamayishini aks ettiruvchi oborot summasi ayirib tashlanadi. Agar qoldiq bo‘lmasa, schyot yopilgan hisoblanadi.
Aktiv va passiv schyotlarniig shaklini keltiramiz.
Aktiv schyot shakli






Kassa




Material

Debitorlar




D-t




K-t

D-t

K-t

D-t

K-t

Sb

-




Sb

-




Sb

-

+







+







+




Ay.d

Ay.k




Ay.d

Ay.k




Ay.d

Ay.k

So







So







So




Bu erda:
Sb - boshlang‘ich saldo
Ay.d - debetlik aylanma
Ay.k - kreditlik aylanma
So - oxirgi qoldiq
So = Sb + Ay.d - Ay.k

Download 43.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling