Toshkent moliya instituti 71-guruh talabasi to’xtayev shahriyor


Download 302.04 Kb.
Sana11.01.2023
Hajmi302.04 Kb.
#1088957
Bog'liq
Iqtisod Toyota

Toshkent moliya instituti 73-GURUH TALABASI HAMIDOV ISLOMNING MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Toyota kompaniyasi.

  • Toyota Motor Corporation (: トヨタ自動車株式会社Toyota Jidōsha Kabushiki-gaisha) — Yaponiyaning multinatsional korporatsiyasi. 2007-yil birinchi choragi natijalariga koʻra oʻzining subsidiar kompaniyasi Daihatsu bilan birgalikda dunyoning eng katta mashina ishlab chiqaruvchisi deb tan olingan. Toyota Korporatsiyasi savdo daromadi (179 milliard dollar) boʻyicha dunyoning uchinchi katta Avto kompaniyasi va sof daromadi boʻyicha dunyoning sakkizinchi eng katta kompaniyalaridan hisoblanadi.
  • Jahonda AQShning „General Motors“ va „Ford Motor Company“ kompaniyalaridan keyin 3-oʻrinda turadi. Bosh idorasi Toyota shahrida. Toyota avtomobil kompaniyasi dastlab 1935-yilda toʻqimachilik mashinalari ishlab chiqariladigan zavodning bir boʻlinmasi sifatida sanoatchi Kipchiro Toyoda tomonidan tashkil etilgan. 1937-yildan „Toyota Motors“ kompaniyasi. 1947-yildan Toyota yengil avtomobili ishlab chiqarildi.
  • 1950-yildan yangi konstruksiyadagi avtomobillarning turi va soni yil sayin ortib bordi. Shuningdek, old va orqa oʻkdari orqali harakatlanadigan, har qanday yoʻlda yura oladigan „Land Kryuzer“ modelini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

1954-yilda Toyota avtomobillari Braziliya va Avstraliyada ishlab chiqarila boshladi, Janubiy Afrika, Tailandda shoʻba kompaniyalar tashkil etildi, boshqa mamlakatlarda Toyota avtomobillarini sotish bilan shugʻullanuvchi vakolatxonalari koʻpaytirildi. 1957-yilda Toyota avtomobillari AQShga eksport qilina boshlandi.
Toyotaning 1962-yilda jami 1 million, 1972-yilda 10 million, 1986-yilda 50 million, 1996-yilda 90 million va 1999-yilda 100 million yengil avtomobili konveyerdan chiqdi. 1966-yilda „Korolla“, 1970-yilda „Kerika“, „Sprinter“, „Karina“, 1978-yilda „Terkel“ modellari yaratildi. 1989-yildan AQShning „General Motors“ kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi. 1992-yildan Birlashgan Qirollik, 1996-yildan Rossiyada oʻz korxonalarini ochgan. 1997-yilda Toshkentda Toyotaning vakolatxonasi ochilib, kompaniya avtomobillari sotila boshladi.
Toyota avtomobillar va koʻplab boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi, oʻz tizimiga juda koʻp kompaniyalarni olgan, eng zamonaviy texnika, texnologiya bilan jihozlangan. Avtomobillarni yigʻish jarayoni 98 % robotlashtirilgan, ishlab chiqarish. jarayonlari kompyuter yordamida boshqariladigan eng yirik korporatsiya hisoblanadi.
Yaponiyada Toyota kompaniyasi tarixi haqida gap ochilsa, uning asoschisi Kichiro Toyoda ismidan oldin uning otasi Sakichi Toyoda ismi alohida tilga olinadi.
Chunki bu inson nafaqat Toyota kompaniyasi asoschisining, balki Yaponiyada ishlab chiqarish sohasining ham otasi deb tan olingan. Buning boisi u ixtiro qilgan to‘quv dastgohi Yaponiyada ishlab chiqarish sohasi rivojlanishiga katta turtki bo‘lgan edi.
Sakichi Toyoda 1867 yilda duradgorlar oilasida tug‘ilgan. U 1890 yilda o‘zining ilk to‘quv dastgohini ixtiro qiladi. Oradan biroz vaqt o‘tgach, aynan shu dastgohni avtomatlashtirishga muvaffaq bo‘ladi va 1890 yilning o‘zida ushbu turdagi dastgohlarni ishlab chiqarish uchun patentni qo‘lga kiritib, “Toyoda” nomli to‘quv dastgohi ishlab chiqaruvchi kompaniyaga asos soladi.
O‘sha paytlarda to‘qimachilik sohasida faoliyat olib boruvchi kompaniyalar bu ixtironi kutilgandan ancha yaxshiroq qarshi olishadi. Shu bois ham “Toyoda” juda tez fursatda tanila boshlaydi.
Sakichi Toyodaning o‘g‘li Kichiro Toyoda yoshligidan mashinasozlikka juda qiziqardi. U o‘z orzularini ro‘yobga chiqarish maqsadida Yevropa va AQShga mashinasozlikni o‘rganish uchun boradi. Yaponiyaga qaytgach esa otasiga mashina ishlab chiqaruvchi korxona ochmoqchi ekanini aytadi.
Bu orada otasining biznesida ham muammolar yuzaga kelayotgan edi. Aniqrog‘i, korxonada joy yetishmasligi va ayrim texnik nosozliklar sabab, ular ishlab chiqarayotgan to‘quv dastgohlarida nuqsonlar paydo bo‘la boshlagan edi.
Sakichi bu bilan uzoqqa borib bo‘lmasligini tushunib yetadi. U korxonani muqarrar inqirozdan saqlab qolish hamda farzandining avtomobil ishlab chiqarish orzusini amalga oshirish maqsadida bir qarorga keladi: 1929 yilda avtomatlashgan dastgohlar ishlab chiqarish patentini Britaniyaning Platt Brothers kompaniyasiga sotib yuboradi.
Bu pullarga uning o‘g‘li Kichiro Toyoda to‘quv dastgohlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan korxonaning bir bo‘limini avtomobil ishlab chiqarishga ixtisoslashtiradi.
1930 yildan boshlab kompaniya benzinda harakatlanadigan avtomobillarni ishlab chiqarishni boshlaydi. 1934 yilda Toyoda o‘zining birinchi A dvigatelini ishlab chiqaradi. Bu dvigatellar 1935 yil may oyida ishlab chiqarilgan A1 rusumli yengil avtomobil va o‘sha yilning avgust oyida ishlab chiqarilgan G1 rusumli yuk mashinalarida ishlatilgan.
1939 yilda Ikkinchi jahon urushi boshlanib, unda mag‘lublar qatorida bo‘lgan Yaponiya og‘ir ahvolga tushib qoladi. O‘sha paytlarda kompaniya xodimlari qo‘shinni yuk mashinalari bilan ta'minlash uchun tun-u kun tinimsiz ishlar edi. Mahsulot zaxirasi tanqisligi bois yuk mashinalari eng arzon variantda ishlab chiqarila boshlagan. Masalan, bitta farali, eshiklari yog‘ochdan bo‘lgan yuk mashinasi juda ham sifatsiz edi, ammo vaziyat shuni taqozo qilardi.
1956 yilda ishlab chiqarilgan Toyota Crown – Amerikaga eksport qilingan eng birinchi yapon mashinasi bo‘ldi. Amerikadan keyin Braziliya, sekin-asta Yevropa davlatlari ham Toyota mashinalarini xarid qila boshladi.
Buning ortidan Toyota kompaniyasi xalqaro mashhurlikka erishib, Yaponiya iqtisodiyotiga katta foyda keltira boshladi. 1959 yilda kompaniya joylashgan Koroma shahri mamlakatning eng muvaffaqiyatli biznesi sharafiga Toyota deb o‘zgartirildi.
Kompaniya yillar mobaynida rivojlanib, dunyoning turli davlatlarida o‘z filiallarini, mashinalar savdosiga mas'ul bo‘limlari va bir qancha kichik kompaniyalarini ochib, korporatsiya darajasiga yetdi. 1989 yilda Toyota Motor Corporation hozirgi kunda barchamiz bilgan yangi logotipini e'lon qildi
Toyota Motor Corporation hozirgi kunda nafaqat avtomobil, balki harbiy qurollar, skafandrlar, hatto tibbiy texnikalar ham ishlab chiqaradi; ilmiy tadqiqotlar, Formula-1 va boshqa poyga musobaqalarida ham ishtirok etib keladi.
Toyota 2007 va 2009 yillarda dunyodagi mashina ishlab chiqaruvchi eng katta korporatsiya maqomida bo‘ldi, 2012 yilda Volkswagen va General Motors'dan o‘zib ketib, yana bir bor bu unvonga sazovor bo‘ldi.
Kompaniya 2013 va 2015 yillarda eng qimmat avtomobil ishlab chiqaruvchi brend deya tan olingan.

E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 302.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling