Xom-ashyoni daval asosida qayta ishlash muomalalarini aks ettirish
№
|
Muomala mazmuni
|
Summa
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
“Paxta tozalash” AJning paxta xom-ashyosini qayta ishlash uchun daval asosida “Amu paxta tozalash” AJga berish
|
17000000
|
1070
|
1010
|
2
|
Paxta xom-ashyosini daval asosida qayta ishlash shartnomasida ko‘rsatilgan avans to‘lovlari amalga oshirish
|
720000
|
4310
|
5110
|
3
|
“Amu paxta tozalash” AJ tomonidan kaytarilgan chigitni kirim qilish
|
2000000
|
1090
|
1070
|
4
|
Daval asosida qayta ishlashga berilgan paxta xom-ashyosini qiymatini ishlab chiqarish xarajatlariga o‘tkazilganda
|
15000000
|
2010
|
1070
|
5
|
Daval asosida berilgan paxta xom-ashyosini qayta ishlash bo‘yicha bajarilgan ish va xizmatlarni qiymatini ishlab chiqarish xarajatlariga o‘tkazilganda
|
18000000
|
2010
|
6010
|
6
|
Daval asosida berilgan paxta xom-ashyosini qayta ishlash bo‘yicha bajarilgan ish va xizmatlarni qiymatidan hisoblangan va qoplashga qabul qilingan QQS summasiga
|
360000
|
4410
|
6010
|
7
|
Oldin berilgan avanslarni qoplashga qabul qilish
|
720000
|
6010
|
4310
|
8
|
Daval asosida berilgan paxta xom-ashyosini qayta ishlash bo‘yicha bajarilgan ish va xizmatlari va QQS summasi uchun “Amu paxta tozalash” AJ ga pul mablag‘lari o‘tkazib berilganda
|
1440000
|
6010
|
5110
|
9
|
Oldin to‘langan QQSni qoplashga qabul qilish
|
360000
|
6410
|
4410
|
Qayta ishlovchi korxona qayta ishlashga qabul qilingan daval xom ashyo va materiallarni balansdan tashqari 003 “Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar” schyotida shartnomalarda ko‘rsatilgan narxlar bo‘yicha hisobga olib boradi.
Balansdan tashqari 003 “Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar” schyoti qayta ishlovchi tomonidan to‘lanmaydigan va qayta ishlashga qabul qilingan buyurtmachining xom ashyo va materiallarining mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Bunda balansdan tashqari 003 “Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar” schyotida analitik hisobi daval beruvchilar, xom ashyo va materillarning turlari, soni va ularningsaqlash joylari bo‘yicha yuritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |