Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev


Download 0.85 Mb.
bet73/150
Sana21.10.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1714849
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   150
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev-www.hozir.org

To‘lov topshiriqnomasi — mijozning unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka o‘z hisobvarag‘idan topshiriqnomada belgilangan summani mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirig‘i nazarda tutilgan hisob-kitob hujjati.
To‘lov topshiriqnomalari bilan tovarlar (ishlar, xizmatlar), soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshirilishi mumkin.
To‘lov topshiriqnomalari bankka:
a) mablag‘larni to‘lovchi va mablag‘larni oluvchiga bitta bank tomonidan xizmat ko‘rsatilganda, to‘lov topshiriqnomalari uch nusxada taqdim qilinadi. Bunda to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, to‘lov topshiriqnomasining:
birinchi nusxasi — bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi;
ikkinchi nusxasi — mablag‘larni oluvchining shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirmaga ilova qilingan holda mablag‘larni oluvchiga taqdim qilinadi;
uchinchi nusxasi — mablag‘larni to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirmaga ilova qilingan holda mablag‘larni to‘lovchiga taqdim qilinadi;
b) mablag‘larni to‘lovchi va mablag‘larni oluvchiga turli banklar tomonidan xizmat ko‘rsatilganda — to‘lov topshiriqnomalari ikki nusxada taqdim qilinadi. Bunda to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, to‘lov topshiriqnomasining:
birinchi nusxasi — bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi;
ikkinchi nusxasi — mablag‘larni to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirmaga ilova qilingan holda mablag‘larni to‘lovchiga taqdim qilinadi.
Mijozlardan umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari orqali olingan elektron to‘lov topshiriqnomasi dasturiy nazoratdan o‘tkaziladi va bank amaliyot kunida qayta ishlash uchun uzatiladi. Elektron to‘lov topshiriqnomasi to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng, ro‘yxat ko‘rinishida chor etiladi va bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi.
Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi orqali yuborilgan elektron to‘lov topshiriqnomalarning qog‘oz ko‘rinishidagi asl nusxasi bankka taqdim etilmaydi. Elektron to‘lov topshiriqnomalarining rasmiylashtirilishi va ulardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun mijoz javobgar hisoblanadi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling