Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev


Download 0.85 Mb.
bet70/150
Sana21.10.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1714849
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   150
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev-www.hozir.org

KASSA DAFTARI

Kassa 20___ yil "____" ________________ uchun




q
i


r
q
i
sh
ch
i
z
i
g‘
i










Hujjat
raqami




Kimdan
olingan
yoki kimga
berilgan


Korrespon-
dentsiyalangan
hisobvaraq
raqami


Kirim




Chiqim




Hujjat
raqami




Kimdan
olingan
yoki kimga
berilgan


Korrespon-
dentsiyalangan
hisobvaraq
raqami


Kirim




Chiqim




Kun boshidagi qoldiq










































































































Kun mobaynida jami:


















Kun oxirida qoldiq:


















Shu jumladan:


















Kassir







































(yozuv bilan)












Kassa daftaridagi yozuvlarni tekshirdi va hujjatlar soni












kirimini va




chiqimini qabul qildi














(yozuv bilan)








Kassir kassa daftariga yozuvlarni har bir kassa orderi bo‘yicha pullar olingandan yoki naqd pullar tarqatilgandan keyin darhol kiritadi. Har ish kuni oxirida kassir:



  • bir kunlik operatsiyalar hisobini chiqaradi;


  • kassadagi naqd pullar qoldig‘ini keyingi ish kuniga o‘tkazadi;


  • ikkinchi qirqiladigan varaqni kassirning hisoboti sifatida kassa kirim va chiqim hujjatlari bilan birgalikda buxgalteriyaga kassa daftariga imzo qo‘ydirgan holda topshiradi.


Agar kuniga unchalik katta bo‘lmagan operatsiyalar (umumiy summasi eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorigacha) amalga oshirilsa, kassir buxgalteriyaga hisobotlarni 3-5 kunda bir marta topshirishi mumkin.


Elektron kassa daftari va kassir hisobotining varaqlari yil boshidan boshlab o‘sib borish tartibida raqamlanib, elektron tarzda amalga oshiriladi. Ammo yil yakunida daftar baribir bosmadan chiqarilishi, varaqlarning umumiy soni rahbar hamda bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanishi, tashkilot muhri bilan muhrlanishi lozim bo‘ladi.
Kassirning ishlov berilgan hisoboti asosida buxgalteriyada 5000 hisobvarag‘ining krediti bo‘yicha 1-jurnal-orderda va debeti bo‘yicha 1- vedomostda kassa muomalalarining hisobi yuritiladi.
Kassa operatsiyalarini aks ettiruvchi buxgalteriya o‘tkazmalari:
Bankdagi hisobraqamdan pul mablag‘lari kassaga kelib tushdi (ish haqi, nafaqa, mukofotlar va shu kabilarni berish uchun):
Debet 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari”
Kredit 5110–“Hisob-kitob schyoti”
Hisobdor shaxslar tomonidan ishlatilmagan oldin olingan bo‘naklarning qaytarilishi aks ettirildi:
Debet 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari”
Kredit 4200 “Xodimlarga berilgan bo‘naklarni hisobga oluvchi schyotlar”
Mahsulot, tovar, ish va xizmatlarning naqd pulga sotilishi aks ettirildi:
Debet 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari”
Kredit 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”
9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”
9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar”
Pul mablag‘larining kassadan bankdagi hisob-kitob schyotiga o‘tkazilishi aks ettirildi:
Debet 5110–“Hisob-kitob schyoti”
Kredit 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari”
Hisobdor summalarning berilishi aks ettirildi:
Debet 4200 “Xodimlarga berilgan bo‘naklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
Kredit 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari”
Hisoblangan mehnat haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (mukofot va shu kabilar) berilishi aks ettirildi:
Debet 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar”
Kredit 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari”
Puli berilgan holda sotilgan tovarlarning qaytarib olinishi aks ettirildi:
Debet 9040 “Sotilgan tovarlarning qaytishi”
Kredit 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari”


11.3. Kassadagi naqd pullarni inventarizatsiya qilish va natijalarini rasmiylashtirish tartibi
Kassa inventarizatsiyasi bir oyda bir marta o‘tkazilib, unda haqiqatda bo‘lgan pul mablag‘lari sanaladi. Hech qanday hujjatlar yoki tilxatlar naqd pul qoldig‘iga kiritilmaydi. Hisoblab chiqish albatta kassir hozirligida amalga oshiriladi. Kassirning kassada mazkur korxonaga tegishli bo‘lmagan pul mablag‘lari va boshqa boyliklarning borligi to‘g‘risida bayonotlari e’tiborga olinmaydi. Inventarizatsiyalash paytida nafaqat seyfdagi, balki umuman butun kassa xonasidagi qimmatliklarning hisobi yuritilishi sababli ushbu joyda o‘zning shaxsiy pullarini saqlashga ruxsat etilmaydi.

Kassa daftaridagi yozuvlarning hujjatlar bilan asoslanganligi ham tekshiriladi. Ular to‘g‘ri rasmiylashtirilgan kirim va chiqim kassa orderlari bilan tasdiqlanishi kerak. Kassa daftarini elektron (dasturiy) uslubda yuritiladigan tashkilotlarda hujjatlarga ishlov berish tizimining to‘g‘ri yuritilishi tekshiriladi.


Kassa inventarizasiyasini o‘tkazish muddatlari kompaniyaning xususiyatidan kelib chiqan holda mustaqil belginaladi.27
Tekshirishni amalga oshirish jarayonida buxgalter quyidagi tartibga rioya qilishi kerak:
  • kassani tekshirish kassir ishtirokida amalga oshiriladi;


  • kassani tekshirish paytida barcha kassa jarayonlari to‘xtatiladi. Agar xo‘jalik yurituvchi subyektda bir nechta kassa mavjud bo‘lsa, o‘tkazish holida buxgalter barcha kassalarni muhrlaydi. Kassa kaliti kassirda, muhr esa bosh buxgalterda qoladi;


  • kassadagi naqd pullar va qimmatbaho qog‘ozlar kassir va bosh buxgalter ishtirokida birma-bir sanab chiqiladi. Pullar qanday holda bo‘lishidan qat’iy nazar, to‘liq sanab chiqilishi lozim. Bank o‘ramidagi pullar ham o‘ramidan olib, sanaladi. Sanash tugagach, dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada kassadagi pullar belgilari bo‘yicha alohida ko‘rsatiladi va ularning to‘liq summasi yoziladi. Dalolatnomaga taftish hay’ati, bosh buxgalter va kassir imzo chekadi. Kassa xarajat orderi bilan rasmiylashtirilmagan turli xildagi tilxatlar, vedomostlar va schyotlar tekshirish jarayonida hisobga olinmaydi;


  • kassadagi sanalgan pullarning va qimmatbaho qog‘ozlarning hammasi shu xo‘jalik yurituvchi subyektga tegishli hisoblanadi, chunki boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar va shaxslarning pullari va qimmatbaho qog‘ozlarini xo‘jalik yurituvchi subyekt kassasida saqlash taqiqlanadi;


  • kassadagi kamomad yoki ortiqcha pul mablag‘lari to‘g‘risidagi ma’lumotni auditor dalolatnomada yoritadi, pul mablag‘larining pul mablag‘i yoki kam chiqishi sabablari to‘g‘risida kassirdan tushuntirish xati oladi. Kamomad summasi yoki suiiste’mol qilingan pul miqdori haddan ziyod bo‘lsa, buxgalter bu haqda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariga xabar beradi;


  • kassani tekshirish vaqtida kassadagi qimmatbaho qog‘ozlar (aktsiyalar, obligatsiyalar, sertifikatlar), yoqilg‘i-moylash TMZlarini olish talonlari, qat’iy hisobot blankalari, dam olish uylari, sihatgohlarga yo‘llanmalar va boshqa pul hujjatlari miqdori dalolatnomada ko‘rsatiladi.


Kassani inventarizatsiyalash natijalari “Naqd pul mablag‘larini inventarizatsiyalash dalolatnomasi”da aks ettiriladi. Unda inventarizatsiyalash kunida qimmatliklarning inventarizatsiyalash natijasi bo‘yicha haqiqatdagi qoldig‘i va hisob ma’lumotlari bo‘yicha qoldig‘i ko‘rsatiladi. Kamomad yoki ortiqcha naqd pul aniqlanganda dalolatnomada uning summasi va paydo bo‘lish sabablari ko‘rsatiladi. Dalolatnomani inventarizatsiyalash komissiyasi a’zolari va moddiy javobgar shaxs imzolaydilar. Dalolatnomaning bir nusxasi tashkilot buxgalteriyasiga topshiriladi, ikkinchi nusxasi moddiy javobgar shaxsda qoladi. Moddiy javobgar shaxslar almashganda dalolatnoma uch nusxada tuziladi.


Ortiqcha pul mablag‘lari kirim qilinishi, kamomad esa aybdor shaxsdan undirilishi kerak.
Inventarizatsiya natijalari o‘z vaqtida buxgalteriya hisobvaraqlarida aks ettiriladi:
  • ortiqcha pullar chiqqanda, ushbu summa kassaga qaytadan kirim qilinadi:


Debet 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari”


Kredit 9390 “Boshqa operasion daromadlar”
  • kamomad aniqlanganida:


Debet 4730 “Moddiy zararni qoplash yuzasidan xodimlarning qarzi”


Kredit 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari”
  • kamomad summasini kassir bevosita kassaga to‘laganida:


Debet 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari”


Kredit 4730 “Moddiy zararni qoplash yuzasidan xodimlarning qarzi”
  • kamomad summasi kassirning ish haqidan ushlab qolinganida:


Debet 6710 “Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlar”


Kredit 4730 “Moddiy zararni qoplash yuzasidan xodimlarning qarzi”



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling