Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev
Korporativ plastik kartochka
Download 0.85 Mb.
|
Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.6. Hisob-kitob va chet el valyutasi schyotlaridagi pul mablag‘lari bo‘yicha muomalalar hisobi
Korporativ plastik kartochka korxonaga karta hisobvarag‘ida hisobda turgan pul mablag‘larini tasarruf etish, tovarlar, ishlar yoki xizmatlar uchun naqd pulsiz shaklda to‘lovlarni amalga oshirish huquqini beruvchi bank kartasi. Korporativ bank kartalari yordamida hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi maxsus “Yuridik shaxslar tomonidan milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom29 bilan belgilangan.
Korporativ kartochkalar yuridik shaxslarga, shuningdek yuridik shaxsni tashkil etmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlarga beriladi. Ular yordamida Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizomga30 muvofiq korxonaning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatida zarur bo‘lgan hamma narsa uchun haq to‘lash mumkin. Korporativ kartochkadan bankomat orqali naqd pul olish, unga ish haqi va ish haqiga tenglashtirilgan to’lovlar, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va dividendlarni o’tkazish uchun foydalanish mumkin emas. 11.6. Hisob-kitob va chet el valyutasi schyotlaridagi pul mablag‘lari bo‘yicha muomalalar hisobi Korxonaning bankdagi hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larining mavjudligi va xarakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish 5110–“Hisob-kitob schyoti”da amalga oshiriladi. Pul o‘tkazish yo‘li bilan (naqd pulsiz) hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘lar: ishlar, tovarlar, xizmatlar uchun haq to‘lash; qarz va kreditlar; ustav fondiga hissalar va hokazolar tarzida kelib tushadi. naqd pul mablag‘lari hisobraqamga korxona kassasidan: naqd pul tushumi qabul qilinganidan keyin; ish haqini deponentlash, pul mablag‘larini hisobdor shaxslardan qaytarish va boshqa shunga o‘xshash vaziyatlarda kelib tushadi. 5110–“Hisob-kitob schyoti”ning debeti bo‘yicha korxonaning hisob-kitob schyotiga pul mablag‘larining kelib tushishi aks ettiriladi. 5110–“Hisob-kitob schyoti”ning kreditida korxonaning hisob-kitob schyotidan pul mablag‘larining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bank ko‘chirmasini tekshirish natijasida korxonaning hisob-kitob schyoti debeti yoki kreditiga xatolik bilan olib borilgan summalar 4860 “Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar” yoki 6960 “Da’volar bo‘yicha to‘lanadigan schyotlar” bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobida hisob-kitob schyoti bo‘yicha operatsiyalar bank ko‘chirmalari va ularga ilova qilinadigan pulli va hisob-kitob hujjatlari asosida aks ettiriladi. Hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar (5100) bo‘yicha analitik hisob milliy valyutadagi pul mablag‘larini saqlash uchun banklarda ochilgan har bir schyot bo‘yicha yuritiladi. Korxona o‘zining hisobraqami bo‘yicha barcha operatsiyalarni shaxsiy hisobvaraqning holatiga doir ko‘chirmalar yordamida tekshirishi mumkin. Bu bank taqdim etadigan ko‘chirmaning odatdagidek qog‘oz shakli ham, elektron hujjat ham bo‘lishi mumkin. Korxona tanlagan bank hisobraqamiga xizmat ko‘rsatish tizimidan qat’i nazar, ko‘chirma bank tomonidan hisob-kitob raqami bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazilgan har bir kun uchun qog‘oz shaklida beriladi. Bank operatsiyalarni o‘tkazishi uchun asos bo‘lganhujjatlarning nusxalari ko‘chirmaga ilova qilinadi. Pul mablag‘lari harakatini aks ettirganda buxgalteriya hisobida hisobvaraq debeti bo‘yicha qoldiq vakirim, hisobvaraq krediti bo‘yicha – chiqim hisobga olinadi. pul mablag‘lari harakatini aks ettirganda buxgalteriya hisobida hisobvaraq debeti bo‘yicha qoldiq va kirim, hisobvaraq krediti bo‘yicha – chiqim hisobga olinadi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriyasi hisob-kitob schyotidan ko‘chirma va unga ilova qilingan hujjatlarni har tomonlama tekshirgandan so‘ng, hujjatlar qayta ishlanadi. Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklini qo‘llovchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda hisob-kitob schyotining krediti bo‘yicha yozuvlar 2-jurnal-orderga, debeti bo‘yicha yozuvlar esa 2-vedomostga yozib boriladi. Jurnal-order va vedomostga yozuv bankdan olingan ko‘chirma va unga ilova qilingan hujjatlar asosida yoziladi. Jurnal-order va vedomostning oylik jami summasi “Bosh kitob”ga ko‘chiriladi. 18-jadval Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling