Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev
Hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning bog‘lanishi
Download 0.85 Mb.
|
Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xo‘jalik muomalalarining mazmuni Debet Kredit
Hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning bog‘lanishi
Chet el valyutasi deganda O‘zbekiston milliy valyutasi – so‘mdan farq qiladigan har qanday valyuta tushuniladi. Korxonalarga bir bankda – muayyan chet el valyutasida faqat bitta valyuta hisobvarag‘ini ochishga ruxsat berilgan. O‘zbekiston Respublikasi va chet mamlakatlar hududidagi banklar schyotlaridagi chet el valyutasidagi pul mablag‘larining naqdligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 5210 “Mamlakat ichida valyuta schyotlari”; 5220 “Chet eldagi valyuta schyotlari”; 5210 “Mamlakat ichida valyuta schyotlari” va 5220 “Chet eldagi valyuta schyotlari” schyotlarining debetida valyuta schyotlariga pul mablag‘larining kelib tushishi, kreditida esa pul mablag‘larining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bank ko‘chirmasini tekshirish natijasida aniqlangan korxonaning valyuta schyotining debeti yoki kreditiga xatolik bilan o‘tkazilgan summalar 4860 “Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar” yoki 6960 “Da’volar bo‘yicha to‘lanadigan schyotlar” schyotlari bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobida valyuta schyoti bo‘yicha operatsiyalar bank ko‘chirmalari va ularga ilova qilinadigan pulli hamda hisob-kitob hujjatlari asosida aks ettiriladi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling