Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev


Quyidagilar qayta baholanmaydi


Download 0.85 Mb.
bet80/150
Sana21.10.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1714849
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   150
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev-www.hozir.org

Quyidagilar qayta baholanmaydi:
a) xo‘jalik yurituvchi subyektning chet el valyutasiga xarid qilingan asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, o‘rnatiladigan uskunalari, kapital qo‘yilmalari, tovar-moddiy zaxiralari;
b) ustav kapitali miqdori va xo‘jalik yurituvchi subyektning, shuningdek chet el investitsiyalariga ega bo‘lgan korxonalarning ta’sischilari (qatnashchilari) ulushlarining nisbatlari.
Balansning valyuta moddalarini har oy qayta baholash natijasida vujudga keladigan kurs farqlari to‘g‘ri olib borish usuli qo‘llanilganda moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalariga hisobdan chiqariladi va buxgalteriya hisobida quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
a) ijobiy kurs farqi — 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” schyotining kredeti bo‘yicha;
b) salbiy kurs farqi — 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyotining debeti bo‘yicha.
Buxgalteriya hisobida chet el valyutasini sotib olish quyidagi tartibda aks ettiriladi:
a) valyuta bozoridagi bitim kursi bo‘yicha hisob-kitob schyotidan so‘m mablag‘larini o‘tkazish (ko‘chirish):
Debet 5530–“Boshqa maxsus schyotlar”
Kredit 5110–“Hisob-kitob schyoti”
b) chet el valyutasini Markaziy bank kursidan yuqori bahoda xarid qilinganda:
Debet 5210–“Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari”
Debet 9620–“Valyutalar kurslari farqidan zararlar”
Kredit 5530–“Boshqa maxsus schyotlar”
c) chet el valyutasini Markaziy bank kursidan past bahoda xarid qilinganda:
Debet 5210–“Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari”
Kredit 5530–“Boshqa maxsus schyotlar”
Kredit 9540–“Valyutalar kurslari farqidan daromadlar”
Buxgalteriya hisobida chet el valyutasini sotish quyidagi tartibda aks ettiriladi:
a) chet el valyutasini Markaziy bank kursi bo‘yicha valyuta schyotidan o‘tkazilishi (ko‘chirilishi):
Debet 5530–“Boshqa maxsus schyotlar”
Kredit 5210–“Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari”
b) chet el valyutasini Markaziy bank kursidan yuqori bahoda sotilganda sotilgan chet el valyutasining so‘mdagi ekvivalentini hisob-kitob schyotiga kirim qilinishi:
Debet 5110–“Hisob-kitob schyoti”
Kredit 5530–“Boshqa maxsus schyotlar”
Kredit 9540–“Valyutalar kurslari farqidan daromadlar”
c) chet el valyutasini Markaziy bank kursidan past bahoda sotilganda sotilgan chet el valyutasining so‘mdagi ekvivalentini hisob-kitob schyotiga kirim qilinishi:
Debet 5110–“Hisob-kitob schyoti”
Debet 9620–“Valyutalar kurslari farqidan zararlar”
Kredit 5530–“Boshqa maxsus schyotlar”



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling