25-jadval
Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarning aks ettirilishi
№
|
Muomalalar mazmuni
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Ish haqi hisoblandi
|
2010; 2310;
2510; 9410
va boshq.
|
6710
|
2
|
Ish haqidan ushlammalar (daromad solig‘i, aliment) aks ettirildi
|
6710
|
6410;
6990
|
3
|
Hisoblangan daromad solig‘i summasidan xodim ShJBPHga hisoblandi va o‘tkazildi
|
6410;
6530
|
6530;
5110
|
4
|
Ish haqi to‘landi
|
6710
|
5010
|
5
|
Xodimning bank plastic kartasiga o‘tkazish yo‘li bilan
|
6710
|
5110
|
2018 yil 1-yanvardan 31-dekabrgacha JShDSning quyidagi stavkalari amal qilgan: nol stavkali; eng kam stavka – 7,5%; o‘rtacha stavka – 16,5%; eng yuqori stavka – 22,5%.37
Butun yil davomida JShDSni va EKIH baravarida nazarda tutilgan imtiyozlarni hisoblab chiqarishda 2018 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra belgilangan EKIH – 172 240 so‘m qo‘llanilgan.
2018 yilda fuqarolarning ShJBPHga majburiy oylik badallari stavkasi xodimga hisoblangan ish haqi (daromad) soliq solinadigan summasining 2%ini, nol stavkasida (EKIH 1 baravari) soliq solinadigan daromad chegirilgan holda, tashkil etgan.
2019 yilda belgilangan stavkadan kelib chiqib hisoblangan va O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga to’lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i summasi fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga o’tkaziladigan har oylik majburiy badallar summasiga kamaytiriladi. Ushbu badal miqdori jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i solinadigan daromadlaridan 0,1 foiz miqdorida hisoblab chiqariladi.
2018 yil uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga fuqarolarning majburiy sug‘urta badallari stavkasi xodimga hisoblab yozilgan, badallar undiriladigan ish haqi (daromad) summasining 8%i miqdorida belgilangan.
26-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |