Korxona xodimiga qarz berish
4730-“Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” hisobvarag‘ida korxona xodimi tomonidan pul mablag‘lari va tovar-moddiy qiymatliklarning kamomadi va talon-taroj qilinishi, yaroqsizlik natijasida etkazgan moddiy zararni qoplash bo‘yicha hisob-kitoblar, shuningdek boshqa turdagi zararlarni qoplash bo‘yicha hisob-kitoblar hisobga olinadi. Moddiy zararni qoplash bo‘yicha qarzlar hisobi “Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risida”gi nizom va 21-son BHMSga muvofiq yuritiladi.
4730-“Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” hisobvarag‘i aybdor shaxslardan undirilishi lozim bo‘lgan summalarga 5910-“Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar” schyoti bilan korrespondentsiyada debetlanadi.
4730-“Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” hisobvarag‘ining kreditida, to‘langan to‘lovlar summasiga pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar va moddiy zararni qoplash uchun mehnat haqidan ushlab qolinadigan summaga 6710-“Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar” schyoti bilan korrespondentsiyada yozuvlar amalga oshiriladi.
33-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |